Arxiv

O‘zbekistonda «Gazprombank» vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi
24 yanvar 2022, 19:50

O‘zbekistonda «Gazprombank» vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi

Markaziy bank «Gazprombank» (Rossiya Federatsiyasi) vakolatxonasini akkreditatsiya qildi. Vakolatxona bankning O‘zbekistonda xalqaro biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish, amalga oshirilayotgan tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgani aytildi.

Termizda «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan ikki kishi uzoq muddatga qamaldi
24 yanvar 2022, 19:23

Termizda «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan ikki kishi uzoq muddatga qamaldi

Termizdagi masjidlar atrofida «hijrat» va «jihod» g‘oyalarini targ‘ib qilgan hamda kelgusida Suriya va Falastindagi janglarda qatnashishni rejalashtirgan ikki erkak uzoq muddatga qamaldi.

Alisher Usmonovning USM holdingi sho‘ba korxonasi «Ohangaronsement» aksiyalarining 98,6 foizini sotib oldi
24 yanvar 2022, 19:14

Alisher Usmonovning USM holdingi sho‘ba korxonasi «Ohangaronsement» aksiyalarining 98,6 foizini sotib oldi

Alisher Usmonovning USM holdingiga qarashli kompaniya tomonidan tashkil etilgan Akkermann Cement CA «Ohangaronsement» aksiyalarining 98,6 foizini sotib oldi. «Bu yerda olinadigan barcha foyda O‘zbekistonda qoladi va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltiriladi», — dedi Akkermann Cement kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Anton Selyavko.

«Bozorga katta miqdorda soxta valyuta chiqib ketgan» — MB raisi
24 yanvar 2022, 18:58

«Bozorga katta miqdorda soxta valyuta chiqib ketgan» — MB raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston bozoriga «katta miqdorda soxta valyuta chiqib ketgani» haqida xabar berdi. Bankomatlar soxta kupyuralarni farqlamagani bois, ularning faoliyati vaqtincha cheklangan. Nurmuratov, shuningdek, xususiy valyuta ayriboshlash shoxobchalariga doir o‘z qarashlarini ham bildirib o‘tgan.

Helvetas Swiss Intercooperation filiali O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tdi
24 yanvar 2022, 18:22

Helvetas Swiss Intercooperation filiali O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tdi

Shveysariyaning Helvetas Swiss Intercooperation mustaqil tashkiloti Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tib, O‘zbekistonda o‘zining filialini ochdi. Tashkilot allaqachon, 4,8 mln franklik loyihani amalga oshirishni boshlab yuborgan.

Afg‘oniston transafg‘on temir yo‘lining yo‘nalishini tasdiqladi
24 yanvar 2022, 18:00

Afg‘oniston transafg‘on temir yo‘lining yo‘nalishini tasdiqladi

«Tolibon» hukumati O‘zbekistonni Pokiston portlari bilan bog‘laydigan Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘l yo‘nalishi Bag‘lon va Bomiyon orqali o‘tishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonga kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibi bekor qilindi
24 yanvar 2022, 17:47

O‘zbekistonga kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibi bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi 25 yanvardan xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlarida fuqarolardan koronavirus infeksiyasiga ekspress test olish tartibini bekor qildi. Bunda tashrif buyuruvchilar kamida 48 soat oldin topshirgan manfiy PZR-test ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim.

Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi
24 yanvar 2022, 17:41

Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi

Antikorrupsiya agentligi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va uning turmush o‘rtog‘i, qizi hamda o‘g‘li ta’sischilari bo‘lgan Sevimli TV o‘rtasida shartnomalar tuzish va subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo davlatlari — Xitoy» onlayn sammitida qatnashadi
24 yanvar 2022, 16:37

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo davlatlari — Xitoy» onlayn sammitida qatnashadi

25 yanvar kuni «Markaziy Osiyo davlatlari — Xitoy» onlayn sammiti bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.

2026-yilgacha dori ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshiriladi
24 yanvar 2022, 16:33

2026-yilgacha dori ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshiriladi

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilgacha dori vositalarini ishlab chiqarishni 3 barobarga oshirish vazifasi belgilandi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlar ichki bozorning 80 foizini egallashi ko‘zda tutilmoqda. Farmasevtika sohasida rejalashtirilgan muhim o‘zgarishlar haqida.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
24 yanvar 2022, 16:26

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,02 so‘mga pasayib, 10 825 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pastladi. Ushbu o‘zgarishlar 25 yanvardan kuchga kiradi.

AQSh Davlat departamenti o‘z xodimlarining Ukrainani ixtiyoriy ravishda tark etishiga ruxsat berdi
24 yanvar 2022, 15:50

AQSh Davlat departamenti o‘z xodimlarining Ukrainani ixtiyoriy ravishda tark etishiga ruxsat berdi

AQSh Davlat departamenti AQShning Kiyevdagi elchixonasi xodimlari va ularning yaqinlariga «Rossiya harbiy harakatlari tahdidi saqlanib qolayotganligi tufayli» Ukrainani ixtiyoriy ravishda tark etishga ruxsat berdi. Ularga tijoriy transportda mamlakatni tark etish tavsiya etildi.

Tajribalar maydonchasi
24 yanvar 2022, 15:41

Tajribalar maydonchasi

O‘tgan haftada OTMlarga kirish test sinovlari tartibini yana o‘zgartiruvchi yangi qarorlar qabul qilindi. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov taklif etilayotgan yangiliklarni umumxalq muhokamasidan o‘tkazish hamda o‘zgarishlarni ilmiy asoslash zarurligi to‘g‘risida yozadi.

Qarshi davlat universitetida 40 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
24 yanvar 2022, 15:36

Qarshi davlat universitetida 40 ga yaqin daraxt kesib tashlandi

Ekologiya davlat qo‘mitasi Qarshi davlat universiteti hududida 40 ga yaqin daraxt noqonuniy ravishda kesilganini ma’lum qildi. Universitet bunga qadar uch marta daraxtlarni kesish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilgan, ammo har gal rad javobini olgan.

Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga hokimlar tayinlandi
24 yanvar 2022, 15:23 1

Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga hokimlar tayinlandi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani hokimi Vosiljon Nazarov Farg‘ona shahriga hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Uning o‘rnini esa viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yusufjon Xusainov egalladi.

DXX kiberxavfsizlik sohasida vakolatli organ etib belgilanishi mumkin
24 yanvar 2022, 14:45

DXX kiberxavfsizlik sohasida vakolatli organ etib belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasida deputatlar «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Hujjatda kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmatini belgilash ko‘zda tutilgan.

Kelgusi 3 yilda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qariyb 77 trln so‘m ajratiladi
24 yanvar 2022, 13:12

Kelgusi 3 yilda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qariyb 77 trln so‘m ajratiladi

Prezident qarori bilan 2022−2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Uni amalga oshirishga esa jami 76,8 trln so‘m, shu jumladan, 2022 yilda — 23,8 trln so‘m ajratiladi. Joriy yilda eng ko‘p mablag‘ ijtimoiy sohalar (5,9 trln so‘m), mudofaa organlari va yopiq qism (4,5 trln so‘m), muhim obyektlarni qurish (3,9 trln so‘m), yo‘l-transport infratuzilmasiga (2,7 trln so‘m) yo‘naltiriladi.

Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi
24 yanvar 2022, 12:52

Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Bunyod ko‘chasidagi omborxonada yong‘in yuzaga keldi. FVV hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi
24 yanvar 2022, 12:38

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida iliq va quruq ob-havo kuzatiladi. Juma kuni esa O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda va respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi mumkin.

Bohadir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi bo‘ldi
24 yanvar 2022, 12:04

Bohadir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi bo‘ldi

Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari sifatida 2019 yildan beri ishlab kelayotgan Bohadir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Jahongir Ibrohimovning o‘rnini egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting