Pandemiyadan so‘ng, aniqrog‘i 2022 yilda yangi trendlar yuzaga keldi. Misol uchun, metaborliq, blokcheyn, telemeditsina, 3D bosma kabi sohalarga bo‘lgan qiziqish ortdi. «Gazeta.uz» 8 ta eng ilg‘or o‘sib borayotgan sohalarning bozordagi o‘rni va hajmi haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.
Prezident tanqididan so‘ng, hokim yordamchilari uchun halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi. Seminarlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari va boshqalar tahlil qilinmoqda.
Ozarbayjon poytaxti Kavkazdagi eng yirik shahar-port sanaladi. Sohillarini Kaspiy dengizi yuvib turadigan shahar ko‘rkam arxitektura, tarixiy maskanlarga boy. “Gazeta.uz” Bokudagi e’tiborga sazovor joylar, yonuvchi tog‘ va loy vulqonlar, ozarbayjon oshxonasi va sayyohlar uchun maslahatlar haqida so‘z yuritadi.
Sirdaryo viloyati Boyovut tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ish joyida osilgan holda topildi. U qimor o‘yinida yutqazib qo‘ygani uchun o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida 23 iyun kuni soat 7:00 dan 20:00 gacha elektr energiyasi vaqtinchalik uziladi. Bu vaqtda elektr uzatish liniyalarining yangi tayanch ustunlari o‘rnatiladi. Manzillar.
Surxondaryoda ikki shaxs faoliyat yuritish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmasa-da At Termiziy University xususiy ta’lim muassasasini tashkil etgani aniqlandi. Ular Telegram orqali targ‘ibot olib borishgani va 73 kishidan qariyb 307 mln so‘m undirgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga bag‘ishlangan beshinchi yig‘ilishda ishchi guruh mamlakatning tashqi savdo rejimiga oid hujjatlarni, shu jumladan respublikaning iqtisodiy va bojxona-tarif siyosati yuzasidan aniq xulosa va ma’lumotlarni muhokama qilishni boshladi. Avvalgi uchrashuv ikki yil oldin o‘tkazilgandi.
22 iyun kuni ertalab Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Evos binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Taxminan 40 daqiqadan so‘ng yong‘in o‘chirildi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, jarohat olganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q.
InterContinental Hotels & Resorts oradan 10 yil o‘tib, Toshkentga qaytishini ma’lum qildi. Brendning yangi mehmonxonasi poytaxt markazidagi Trilliant Business Park majmuasida joylashadi.
«O‘zbekgidroenergo» «To‘palang» suv ombori pastki qismidan katta hajmda suv chiqishiga GESning 2-komponent inshootidagi suv quvuri to‘sini shikastlanishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. GES direktori va tuman FVB boshlig‘i «vahimaga va aholini evakuatsiya qilishga hojat yo‘qligini» ta’kidlashmoqda.
22 iyun kuni tunda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 6,1 magnitudali zilzila oqibatida qariyb 300 kishi halok bo‘lgani, 600 dan ortiq kishi esa jarohat olgani aytilmoqda. Qo‘shni mamlakatdagi yerosti silkinishlari O‘zbekiston hududlarida ham (2−3 ball atrofida) sezildi.
Toshkent shahrida 9 nafar fuqaroga Yaponiya va Rossiyaga uchish uchun qalbaki aviachiptalar rasmiylashtirib berganlikda gumonlangan tadbirkor hibsga olindi. U chiptalarni 2420 dollar va 20,9 mln so‘mga sotgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bir yilda qabul qilingan hujjatlarning 30 foiziga, jumladan tadbirkorlik bilan bog‘liq hujjatlarning 80 foiziga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu qonunchilikning barqarorligiga salbiy ta’sir qilmoqda, «fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda», dedi adliya vaziri.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryodagi To‘palang suv omboridan suv chiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi. FVV buni suv omboridan chiqayotgan suv tashlamasi rejaviy ko‘rsatkichdan oshib ketgani bilan izohladi. «O‘zbekgidroenergo» esa suv ombori to‘g‘oni suv qo‘yib yuborganligi haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi.
Deputat Rasul Kusherbayev O‘zbekiston mahalliy va xorijiy kompaniyalardan sotib oladigan gaz narxlarini ma’lum qildi. U xorij korxonalari narxlarining yuqoriligidan noroziligini bildirib, bu holatni «vatanidan ko‘ra pulni ko‘proq yaxshi ko‘radigan ayrim amaldorlarning qilmishlari» bilan bog‘liq, deb hisoblaydi.
O‘zbekistonga kelgan Ozarbayjon prezidenti va imzolangan 18 ta hujjat, O‘zbekistonning qariyb $500 mlnga kamaygan oltin-valyuta zaxirasi, Samarqandda aholiga ajratilgan 85 tonna un qimmatga sotilgani va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 21 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
BMTTD va Senat hamkorligida ayollarning huquq va erkinliklarini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti o‘z ishini boshladi. Muloqot mamlakatdagi gender tenglik muammolarini hal qilish uchun 14 mintaqadan turli sohalardagi 180 dan ortiq ayollarni birlashtirishni maqsad qilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi.
Toshkentda o‘rtacha oylik miqdor 17 mm ni tashkil etgan bir vaqtda, oy boshidan buyon 22 mm yoki me’yordagidan 130 foiz ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘di. 20 iyun kuni poytaxt markazida 15 mm, xalqaro aeroport hududida 21 mm yomg‘ir yog‘di.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Toshxo‘jayev 70 yoshida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting