Tojikiston hukumati Tog‘li Badaxshondagi «uyushgan terrorchi guruhlar» faoliyatiga chek qo‘yilganini e’lon qildi. Gap 220 ga yaqin kishining hibsga olingani va yana 16 kishining «zararsizlantirilishi» haqida ketmoqda. Avvalroq BMT Tojikistonni Pomir ozchiligiga nisbatan repressiyalarni to‘xtatishga chaqirgan edi.
Prezident va hukumat Toshkent aeroportini shahar tashqarisiga ko‘chirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qilmoqda. Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayevaning fikricha, yangi uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurishning imkoni yo‘qligi sababli havo bandargohining hozirgi quvvatlari uzog‘i bilan 2027 yilgacha yetadi.
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi doirasida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari — Mulla Abdul G‘ani Barodar va Abdusalom Hanafiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2023 yildan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha Xotira turniri, professional sportchilar o‘rtasida prezident va Amir Temur kubogi xalqaro musobaqalari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda qo‘l jangi bo‘yicha mahorat darslari o‘tiladi.
Hududiy Silk Avia aviakompaniyasi ilk parvozlarni joriy yilning sentabr-oktabr oylarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari Rano Jurayeva kechikishni loukaster tashkil etish jarayoni bilan bog‘ladi.
Poytaxtdagi yuqori bosimli magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sababli sakkizta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti seshanba kuni soat 6:00 ga qadar to‘xtatiladi.
O‘zbekiston qonunchiligida bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi, dedi prezident. U Konstitutsiyaga fuqarolarga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklamaslik haqidagi nomrani kiritishni taklif qildi. Hayot daxlsizligi Bosh qonunda mustahkamlanishi kerakligi ham aytildi.
Shahrisabzda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi. Markaz qo‘riqxonaning yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishi hamda yovvoyi tabiat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.
100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Prezident buning uchun Konstitutsiyada qonunchilik takliflarini kiritish institutini qayd etish taklifini ilgari surdi.
20 iyun kuni Toshkent shahrida yog‘gan qisqa muddatli kuchli yomg‘irlar tufayli poytaxt ko‘chalarini suv bosdi. Yomg‘ir hatto savdo markazlaridagi do‘konlargacha kirib bordi.
O‘zbekiston prezidenti hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash vaqti kelganini ma’lum qildi. Hokimlarning kengash raisi maqomini bekor qilish 3 yildan beri ortga surib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev prezidentning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Hisob palatasi rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha vakolatlarini Oliy Majlisga o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki tashkilot avvalambor Senat oldida hisobdor bo‘lishi lozim.
Shavkat Mirziyoyev gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganda, unga huquqlarini tushuntirish bo‘yicha qoidani («Miranda qoidasi») va «Xabeas korpus» tamoyillarini Konstitutsiyada aks ettirish kerakligini ta’kidladi. Ushbu qoidalar O‘zbekiston qonunchiligida allaqachon belgilangan.
Telegram tarmog‘ida oylik faol foydalanuvchilar soni 700 mln ga yetdi. Ushbu munosabat bilan messenjer o‘zining Premium obunasini taqdim etdi. Xo‘sh, uning bepul Telegram versiyasidan farqi nimada?
Prezident Konstitutsiyani parlament vakolati bilan emas, balki referendum o‘tkazish yo‘li orqali o‘zgartirishni taklif qildi. «Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu — haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev «oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi», jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini Konstitutsiyada mustahkamlashni taklif etdi. Davlat rahbari iqtidorli yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlashni mustaqil qoida sifatida belgilash kerakligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev «snos"larga barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolat belgilab qo‘yish kerakligini aytdi. «Sud qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, bu uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev o‘lim jazosini qaytarish haqidagi takliflarga qo‘shilmasligini aytib, uni taqiqlash to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi. «Chunki yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqidir», — dedi u.
Dushanbadan chorshanbagacha respublikaning turli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va do‘l yog‘adi, harorat esa +23…+28 atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud. O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat +39 darajaga ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Yakshanba kuni yana 93 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Shanba kuni esa 108 kishida virus aniqlangandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, hozirda 2 mingdan ortiq bemor kovidga qarshi davolanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting