2023 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlar aqlli suv hisoblagichlarini o‘rnatishlari shart bo‘ladi. Shu bilan birga, ular hisobga olish asboblarini sotib olishlari sababli soliq miqdorini 4 BHMgacha kamaytirish huquqini oladilar. 2023 yildan aholi uchun muddati o‘tgan hisoblagichlarni almashtirish «O‘zsuvta’minot» AJ hisobidan amalga oshiriladi.
15 iyundan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlari yopiladi. Yopilgandan keyingi qoldiq ularning asosiy yoki ikkilamchi hisobiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Germaniyaning Dyuseldorf shahrida Yevropaning C&A kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridagi IT sohasini o‘rganayotgan o‘smir qizlar bilan suhbatlar uyushtirdi. Navbatdagi suhbatdoshimiz, Toshkentdagi al-Xorazmiy maktabi bitiruvchisi Muborakxon To‘ychiyeva IT uchun an’anaviy ta’lim shart emasligi, ko‘plab maktablarda kompyuterlar shunchaki komissiya kelganda ko‘rsatish uchun qo‘yilganligi, qizlarga imkoniyat berilsa, hamma narsani eplab ketishi haqida gapirib, tengdoshlari uchun maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Toshkent — Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-273 reysi samolyoti texnik nosozlik sababli Trabzon aeroportiga majburan qo‘nishni amalga oshirdi. Havo kemasi bortidagi 240 nafar yo‘lovchining hayotiga hech qanday xavf tug‘ilmagani xabar qilindi. Shu sababli HY274 reysi vaqti kechiktirildi.
Chirchiqda keksa erkakni sababsiz kaltaklagan maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ular qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB.
Xonanda Nargiz Zokirova Toshkentdan Moskvaning Domodedovo aeroportiga uchib borishi bilan qo‘lga olindi. U 2072 yilgacha Rossiyaga kirishi taqiqlandi va deportatsiya qilinishi mumkin. Xonandaning amakivachchasi Javohir Zokirov deportatsiyaga uning Ukrainadagi urush haqidagi izohi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, Toshkent xalqaro aeroportidagi pullik navbatsiz o‘tish imkoniyati, Qo‘qonda ishga tushirilgan Yandex Go xizmati, Pastdarg‘omda qo‘lga olingan 2000 tup marixuana yetishtirganlar, hokim bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lishi noto‘g‘riligini aytgan Sodiq Safoyev, pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zgidromet 27−29-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, O‘zbekistonning to‘qqiz viloyatida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi (sel kelishi ehtimoli bo‘lgan hududlar ro‘yxati).
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yordam ikki hafta ichida berilishi kerak.
29 may kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 20 kun davomida Toshkent ahlini shod qilib kelayotgan Tashkent Opera Fest bayramining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi. Natijada mamlakat Xitoyning gaz importyorlari orasida kuchli beshlikka kirdi. Avvalroq, rasmiylar yoqilg‘i eksportin ichki bozor va qayta ishlash foydasiga qisqartirilishi haqida ma’lum qilgan edi.
28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.
Yevropa va Amerikaning bir qator mamlakatlarida maymun chechagi kasalligi bilan zararlanish holatlari kuzatilmoqda. Bu qanday kasallik, u xavflimi? Uning qanday alomatlari bor? Maymun chechagi qanday paydo bo‘ldi?
Jahon banki guruhi 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi. U uchta strategik maqsadga qaratilgan — xususiy sektorda inklyuziv bandlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va «yashil» iqtisodiy o‘sish hisobiga farovonlikni oshirish va barqaror rivojlanish.
Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» direktori etib tayinlandi.
25 may kuni Qo‘qon shahrida Yandex Go taksi xizmati ishga tushdi. Endilikda ushbu xizmat Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarini qamrab oladi.
O‘zbekistonda iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Dastlab buni 2021 yil 1 avgustgacha bajarish rejalashtirilgan edi, muddatlar bir necha bor ortga surildi. Xususiy uylarning 97,7 foizida hisoblagichlar o‘rnatilgan, kvartiralarning atigi 53 foizga qamrab olingan.
Jizzax viloyatining Forish tumanida seldan talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. 100 ga yaqin uy-joylarda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
O‘zbekistonning gullar poytaxti sifatida tanilgan Namanganda 5 iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. 61 yillik bayram munosabati bilan Bobur nomidagi istirohat bog‘iga 2 mln tup gul ekiladi. Bu yil yomg‘irlar bilan o‘tgan festivalning ochilishida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam ham ishtirok etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting