Sinoptiklar may oyidagi ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi. Oyning birinchi haftasida respublika bo‘yicha momaqaldiroqli yomg‘ir kutilmoqda. So‘ngra yog‘ingarchiliklar to‘xtab, havo isishni boshlaydi.
«O‘zbekneftgaz» AJdagi ishonchli manbaning «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, 3 maydan boshlab Ai-80 benzinining narxi 4000 so‘m qilib belgilandi. Dizel narxi 1 maydan boshlab 500 so‘mga arzonladi.
Sirdaryoda toshqin hududidagi aholi Sirdaryo va Jizzax viloyatidagi maktab, kollej, xususiy korxonalar hamda aholi xonadonlariga joylashtirilmoqda. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanali orqali Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.
Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 29 nafarga ko‘payib, jami 2075 kishiga yetdi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangani sababli uning vazifasini vaqtincha Andrey Belousov bajarib turadi. «Gazeta.uz» e’tiboringizga Andrey Belousovning siyosiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Turkiya O‘zbekistonga shifokorlar uchun 5000 komplekt shaxsiy himoya vositalari: kombenzonlar, ko‘zoynaklar, niqob, qo‘lqop va baxillalar taqdim etdi.
Shavkat Mirziyoyev to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘lgan Sardoba suv omborini ko‘zdan kechirish uchun Sirdaryo viloyatiga keldi.
Turkiy kengash davlatlari transport vazirlari Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuk tashishda o‘zaro imtiyozlar berishga kelishib oldi.
Jahon banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
«Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi sababli suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi. 11 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Voqea joyiga xukumat rahbari yetib borgan.
1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelishi oqibatida Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.
Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2046 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 904 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
Yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, jami COVID-19 holatlar 2039 taga yetdi. Kun davomida 37 kishi infeksiya aniqlandi, xuddi shuncha odam kasallikdan butkul xalos bo‘ldi.
O‘zbekistonda 37 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, mamlakat bo‘ylab infeksiyadan butunlay sog‘ayganlar soni 1133 nafarga yetdi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus bilan kasallandi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov uning vazifasini bajarib turadi.
Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Fuqarolarga kerakli yordamlar ko‘rsatilib, qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni va yo‘qotishlar o‘rni qoplanadi. Barcha chora-tadbirlar uchun davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirda kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz inson sog‘ligi inqiroziga bog‘liqligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ushbu inqiroz bir vaqtning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanishi aytilmoqda. Kasallik tarqalishiga bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklar qaror qabul qilish uchun katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aytilmoqda.
Jahon banki O‘zbekistonning Mega-Mebiko kompaniyasini firibgarlik uchun o‘z loyihalarida ishtirok etishdan 30 oyga chetlashtirdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 1 nafar bemor, jami 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 1103 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Videodarslarning ta’limni isloh qilishdagi o‘rni va noan’anaviy ta’lim uslublari — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting