Arxiv

Toshkent viloyatida 14 yoshli yigit suvga cho‘kib, halok bo‘ldi
10 iyun 2024, 12:35

Toshkent viloyatida 14 yoshli yigit suvga cho‘kib, halok bo‘ldi

Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.

May oyida ham O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi
10 iyun 2024, 12:09

May oyida ham O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

May oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 36,6 mlrd dollarga yetdi. Zaxiradagi oltinning fizik hajmi 3,1 tonnaga kamaydi. Zaxiralar tarkibida birinchi marta 35 mln dollarlik qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘ldi.

2024-yilning mayi eng nam may oylari beshligiga kirdi — O‘zgidromet
10 iyun 2024, 11:58

2024-yilning mayi eng nam may oylari beshligiga kirdi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda o‘tgan may oyida hatto eng issiq kunlarda ham harorat o‘zining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi, +25…+30 daraja atrofida bo‘ldi. Ko‘plab hududlar bo‘yicha oy eng nam may oylari beshligiga kirdi, yog‘ingarchilik me’yordan 1,3−2,8 marta ko‘p bo‘ldi.

Hafta boshida harorat +41 darajagacha isiydi
10 iyun 2024, 11:18

Hafta boshida harorat +41 darajagacha isiydi

Haftaning birinchi yarmida harorat +41 darajagacha ko‘tariladi. So‘ngra +32…+35 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1−2 darajaga yuqori. Ayrim tog‘li hududlarda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, joylarda chag-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

AQSh savdo vakili O‘zbekistonga keladi
10 iyun 2024, 11:01

AQSh savdo vakili O‘zbekistonga keladi

AQSh savdo vakili Ketrin Tay 11−12-iyun kunlari Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Ostonada bo‘lib o‘tadigan AQSh va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi Savdo va investitsiyaviy hadli bitim yig‘ilishida ishtirok etadi.

O‘zbekistonda maktablarning birinchi sinfiga qabul 20-iyundan boshlanadi
10 iyun 2024, 10:50

O‘zbekistonda maktablarning birinchi sinfiga qabul 20-iyundan boshlanadi

20-iyundan yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boshlandi. Jarayonlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Maktab ta’limi vazirligining eslatishicha, bu yil birinchi sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

O‘zbekiston va Xitoy tashabbusi bilan 10-iyun Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilindi
10 iyun 2024, 10:04

O‘zbekiston va Xitoy tashabbusi bilan 10-iyun Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilindi

BMT Bosh assambleyasi 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida Xitoy va O‘zbekiston ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi. Maqsadlar sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirishdan iborat.

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi (foto, video)
10 iyun 2024, 09:59

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi (foto, video)

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi”ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

Tojikistonda bo‘lgan kuchsiz zilzila O‘zbekiston janubida ham sezildi
10 iyun 2024, 08:35

Tojikistonda bo‘lgan kuchsiz zilzila O‘zbekiston janubida ham sezildi

Dushanba kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Viloyat tumanlarida sezilish kuchi 2 ballni tashkil qildi.

Chirchiq daryosiga tushib ketgan yuk mashinasi yo‘lovchisi halok bo‘ldi
9 iyun 2024, 23:06

Chirchiq daryosiga tushib ketgan yuk mashinasi yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etdi, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tarmoqlarda hodisa poyga sabab yuz bergani aytilmoqda.

Yozda quyosh urishidan qanday himoyalanish mumkin?
9 iyun 2024, 15:15

Yozda quyosh urishidan qanday himoyalanish mumkin?

SSV yoz faslida oftob urishi, xalq tilidagi dam o‘tishi holati ko‘p uchrashini inobatga olib, undan saqlanish bo‘yicha bir necha tavsiyalar berdi. Ko‘proq suyuqlik ichish, yopiq joylarda bo‘lish, ochiq rangli liboslar va bosh kiyim kiyish shular jumlasidandir.

Toshkentdagi barcha mozaikali uylar reklama bannerlaridan tozalandi
9 iyun 2024, 12:06

Toshkentdagi barcha mozaikali uylar reklama bannerlaridan tozalandi

Toshkent shahrida barcha mozaikali turar joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi, deb xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi. Dastur boshlangan 2021-yildan buyon jami 70 ta (shundan 40 tasi ikki oy ichida) panno reklamalardan xalos etildi.

Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qoldi
9 iyun 2024, 10:49

Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qoldi

Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Oqibatda bola tos suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, holatni bolalar ombudsmani nazoratga oldi.

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketdi
9 iyun 2024, 09:59

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketdi

Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Lada Largus mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish bilan kasalxonaga yotqizildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushirdi
9 iyun 2024, 09:12

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushirdi

10-iyundan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushiradi. Ariza beruvchilar endi suhbatga yozilishdan oldin viza to‘lovlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Telegram`da global uzilish yuz berdi
9 iyun 2024, 08:54

Telegram`da global uzilish yuz berdi

Shanba kuni tunda Telegram messenjeri faoliyatida global va uzoq davom etgan nosozlik yuzaga keldi. Muammolar O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlarida kuzatildi.

O‘zbekiston ilk marta Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashiga saylandi
8 iyun 2024, 23:35

O‘zbekiston ilk marta Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashiga saylandi

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashi a’zosi o‘rinbosari bo‘ldi. Tanzila Narbayeva buni o‘zgarishlar natijasi deb atadi va qaror davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilish borasidagi harakatlarini kuchaytirishni talab qilishini aytdi.

Toshkentda Captiva urib yuborgan erkak halok bo‘ldi
8 iyun 2024, 20:28

Toshkentda Captiva urib yuborgan erkak halok bo‘ldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida Captiva bilan to‘qnashuv oqibatida 39 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Haydovchi mast edi. Mashina do‘kon devori oldida o‘tirgan erkakni bosib ketgan.

O‘zbekistonda 24 yoshli yigit notkoin sotgani uchun 10 sutkaga qamaldi
8 iyun 2024, 18:40

O‘zbekistonda 24 yoshli yigit notkoin sotgani uchun 10 sutkaga qamaldi

Chilonzor tumani sudi Telegram orqali notkoin yig‘ib, uni 800 ming so‘mga sotgan 24 yoshli TerDU talabasini 10 sutkaga qamash to‘g‘risida hukm chiqardi. Kriptoaktivlar aylanmasidagi qonunchilikni buzishda ayblangan surxondaryolik yigit bu ishi noqonuniy ekanini bilmaganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi
8 iyun 2024, 18:08

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) a’zoligiga saylandi. 54 ta a’zodan iborat kengash BMTning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting