O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
DXX Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Andijondagi holatda korxona rahbari va tadbirkor kelishib, issiqxonaga ajratilgan yerni kottej qurishga moslab berish evaziga xaridordan $230 ming so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan $30 ming olganida ushlandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Mashina to‘liq yonib ketgan, jarohatlanganlar yo‘q.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Toshkent metrosining gavjum bo‘lgan 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi. Metrodagi birinchi jamoat hojatxonasi 2022-yilda ochilgandi.
O‘zbekistonda 2022-yilda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan 84 ta holat 120 nafardan ko‘proq odamning o‘limiga olib keldi. 2023-yilda shu kabi 46 ta, 2024-yildan hozirgacha 32 tadan ko‘p is gazi chiqishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. FVV aholiga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Jamoat transportlari ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Ko‘pchilik bu xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi mumkin, deb hisoblaydi. Ba’zilar tiqilinchni bartaraf etish uchun boshqa choralarni taklif qiladi. “Gazeta.uz” bu borada odamlar fikri bilan qiziqdi.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida elektr qarmoq yordamida Qizil kitobga kiritilgan 20 ta Turkiston mo‘ylovdorini, shuningdek, yana 25 ta zog‘orabaliqni ovlagan 4 nafar shaxs tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.
YTTB va YIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun asos solingan Sarimay Solar kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi.
Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab aylanmadan soliqning qat’iy stavkalari bekor qilinishi mumkin. Ular 2023-yilda mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq tizimini soddalashtirish uchun yagona 4 foizli soliq stavkasiga muqobil sifatida joriy qilingandi.
JSTga a’zo bo‘lishdagi to‘siqlarga to‘xtalgan prezident maxsus vakili, propan narxi oshishiga qarshi cheklov, boqilishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati, sement zavodlariga imtiyoz sabab budjetga kelib tushmagan mablag‘lar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Markaziy Osiyoda elektr energiyasini sotib olish va sotish bo‘yicha yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda, dedi energovazir o‘rinbosari. Shuningdek, u O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi, avtomatlashtirish va energiyani saqlash bo‘yicha zaxira quvvatlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi.
O‘zbekistonda suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurish imkoniyatini qayd etdi.
2024-yilda sement ishlab chiqaruvchilarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq rejalashtirilgan 2 barobar o‘rniga 4 barobar kamaytirilgandi. Bu imtiyoz hisobiga joriy yilda ularning ixtiyorida 250 mlrd so‘m qoladi. Ayrim qurilish materiallari uchun alohida soliq stavkalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
2024-yilda o‘rtacha global harorat rekord darajaga yetishi kutilmoqda. 2015-yilgi Parij kelishuvi doirasida mamlakatlar global isishni 1,5 daraja Selsiygacha cheklashga kelishib olgan, ammo bu yil ko‘rsatkich mazkur chegaradan oshishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika bo‘yicha o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayotganini ta’kidladi. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida esa bu ko‘rsatkich 2−3 barobar yuqori. To‘rtta viloyatda nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.
Endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi. Shuningdek, musiqa fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Havoning kuchli ifloslanishi saqlanib qolayotgani sababli Pokistonning Lahor shahrida yuzlab odamlar nafas olish muammolari bilan kasalxonaga yotqizildi. Hukumat maktablardagi barcha sinflarni onlayn ta’limga o‘tkazdi va aholini yanvar oyi oxirigacha ko‘chalarda niqob taqishga chaqirdi.
JSTga a’zolik masalasida “tashkilotga yaqinda a’zo bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralar olib borish osonroq, chunki ular bu jarayon naqadar murakkab ekanini hali unutishmagan”, — dedi prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov. U, shuningdek, notarif to‘siqlar muammosiga ham to‘xtaldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting