1 noyabrgacha Toshkentning Amir Temur, Nukus, Mirobod, Shevchenko va boshqa ko‘chalarida (jami — 11 ta) avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tashkil etiladi. Shuningdek, 5 yil ichida 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan.
Payshanba kuni O‘zbekistonda 272 ta holatda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu oldingi kunga nisbatan 31 taga ko‘p. Shu vaqtgacha sakkiz kun ketma-ket pasayish kuzatilayotgandi.
«Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilda bir oylik harbiy xizmatga borish uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan chaqiriluvchi karantin choralari sababli 27 yoshga to‘lishidan oldin harbiy xizmatga safarbar qilinmagan. U Mudofaa vazirligidan harbiy xizmatni o‘tashga ruxsat berishni so‘ramoqda, chunki 2020 yilda vazirlik xuddi shunday vaziyatdagi 27 yoshdan oshganlarga harbiy xizmatga ruxsat bergan. Deputat Rasul Kusherbayev bunday fors-major holatlarda masala fuqaro foydasiga hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkentning Gagarin ko‘chasida ham rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu yerda allaqachon yo‘lak plitalari olib tashlangan, uylarning fasadlari yangilanadi, o‘rindiqlar o‘rnatilib, yangi yashil maydonlar barpo etiladi. Gagarin maydoni Madaniy meros agentligidan ruxsat olinganidan keyin ta’mirlanadi.
Nasibulla Mo‘minov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, viloyatning Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga hokimlar tayinlandi.
Toshkent shahar «Yangi Sergeli» ko‘chasidagi yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do‘konida yong‘in chiqdi. Hodisa natijasida do‘konning 900 kv.m maydonida ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirishda gumonlanayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Uning Telegram-akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Rashod Qori va boshqalarning ma’ruzalarini tanishlariga tarqatib kelgani aniqlangani ham ma’lum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayramini umumxalq sayillari shaklida o‘tkazishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi. Jumladan, Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dasturlar asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram arafasida umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vaqti-vaqti bilan nafaqat befoyda, balki zararli bo‘lgan, vaziyatni yaxshilashga yordam bermaydigan tashabbuslar bilan chiqmoqda. Ulardan biri — yo‘llarga o‘quvchilar mulyajlarini o‘rnatishdir. YHXB va hokimiyatlar hatto mutaxassis bo‘lmaganlar ham ko‘rib turgan kamchiliklarni payqaganlari yo‘q.
AQSh Rossiyadan xavfsizlik choralari bo‘yicha javobni qabul qilgani, Donbassda sukunat rejimini buzish holatlari keskin oshgani, Turkmaniston prezidentligiga ikkinchi nomzodning ma’lum qilingani, Belgiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
YTHlar soni yil davomida 43 foizga, o‘lim esa 24 foizga ko‘paygani, 3 yil bir postda ishlagan bojxonachilarning rotatsiya qilinishi, $100 ming pora bilan ushlangani aytilgan Jizzax pedinstitut xodimi, Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan Shomurodov, rekonstruksiya qilinadigan Bobur ko‘chasi, MOQ raisligidan ketgan Rustam Shoabdurahmonov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident farmoniga muvofiq, 1 apreldan nogiron bo‘lib qolgan muddatidan qat’iy nazar imkoniyati cheklangan shaxslarga bir xil miqdorda — 622 ming so‘mga teng nafaqa tayinlanadi. 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi ona-otalarga minimal iste’mol xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda (500 ming so‘m) yangi nafaqa joriy etilmoqda.
Afisha.uz barcha ijtimoiy tarmoqlarda verifikatsiya belgisini olgan O‘zbekistondagi madaniy-ko‘ngilochar hayot haqidagi birinchi OAVga aylandi.
Jahon banki O‘zbekistonning milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha besh yillik loyihaga 50 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratadi. Ushbu mablag‘lar qisman 2023−2024 yillarda o‘tkaziladigan aholini va uy-joy fondini hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga ham yo‘naltiriladi.
«O‘zavtosanoat» va Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD Auto Industry o‘rtasida O‘zbekistonda elektromobil va elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. UzAuto rahbari o‘rinbosari Azizbek Shukurov buni «elektromobillar kelajagi sari birinchi qadam» deb atadi.
KFCning O‘zbekistondagi vakillari barcha taomlarning “Halol” standartlariga muvofiqligi haqida xabar berdi.
Yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmuratovdan 2021 yil oktabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping sinamasidan taqiqlangan Furosemid moddasi aniqlangan. Sportchi 2025 yil 22 dekabrga qadar sportdan chetlatildi.
Kadastr agentligi direktori Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Boburmirzo Oblakulovning o‘rnini egalladi.
DXX Nukus davlat pedagogika instituti qurilishida pudratchi «Jayhun Universal Qurilish» va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining «Yagona buyurtmachi xizmati» mansabdorlari 12,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganini ma’lum qildi. Boshqa bir holatda esa pudratchi kompaniyalar ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun budjetdan ajratilgan 17,5 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
Germaniyaning Transfermarkt sayti Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol terma jamoalari reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 31,80 mln yevroga baholanib, mintaqa reytingida peshqadam bo‘ldi. Eldor Shomurodov (12 mln yevro) esa ushbu mintaqaning eng qimmat futbolchisi deya qayd etilgan. Reytingda oxirgi o‘rinni Turkmaniston jamoasi egallagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting