Samarqand viloyati hokimi qarori bilan maktab va bolalar bog‘chalari joylashgan ko‘chalarda transport vositalari tezligi 30−50 km/s etib belgilandi.
Bugun maktablardagi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida o‘quv laboratoriyalar yo‘q. Prezident xalq ta’limi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktab laboratoriyalarini jihozlash va ulardagi mashg‘ulotlar sonini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qo‘yliq bozori qarshisidagi gril tayyorlash va sotish do‘konida yong‘in kelib chiqdi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.
1 apreldan Toshkent va poytaxt viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish uchun doimiy propiska talab qilinmaydi. Propiska mexanizmlarini «raqamlashtirish» rejalashtirilmoqda, u bilan bog‘liq xizmatlar «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha taqdim etiladi.
Advokat Otabek O‘rinov Shayxontohur tumani ma’muriy sudining sudyasi Sardor Rahmuddinov ajrimidan norozi bo‘lib, sudyani rad qildi. Sudya advokatning ovoz yozib olish to‘g‘risidagi iltimosini qanoatlantirmagandi.
4 martdan Farg‘ona — Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Harakat vaqti 22 soatni tashkil etadi.
60 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz mashina sotishni va’da qilgan Avto 60 oy kompaniyasi qariyb 19 ming kishini chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi. Jami zarar 57,4 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Yan Szechi prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lib, unga Si Szinpinning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan shaxsiy maktubini yetkazdi.
O‘zbekiston quyosh energetikasiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma imzolanganiga ikki yil bo‘lganiga qaramasdan, hukumat energiyani sotib olish haqida kafolat taqdim etmadi. Kompaniya O‘zbekistondan yanada jozibali takliflar paydo bo‘lgan taqdirda ham o‘z majburiyatlarini bajarishni so‘radi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Mirishkor tuman hokimi Baxtiyor Rajabovning so‘kong‘ichligini tan oldi. Hokim ishini tegishli tashkilotlar o‘rganmoqda.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev ayrim tuman filial rahbarlarini ishdan olmoqda. U «tozalash»ni Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazdi.
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi fuqarolarni vatanga qaytishga chaqiriqlarga berilmaslikka chaqirib, Janubiy Koreya hukumati koronavirus aniqlangan taqdirda bepul davolanishni kafolatlashini eslatib o‘tdi.
«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturi 284ta band bilan tasdiqlandi.
O‘zbekistonda Raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etilishi mumkin. Bu haqdagi prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Yaqin kunlarda havo haroratining bir oz pasayishi kutilmoqda. 5 mart kuni mamlakatning katta qismida yomg‘ir yog‘adi.
Bojxonachilar «Oqpanja gibbon» va olti bosh «Yavana makkakasi» zotiga mansub maymunlarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi. Jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
O‘zbekiston Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Fuqarolarga ushbu mamlakatlarga sayohat qilmaslik tavsiya etiladi.
Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olgani munosabati bilan 1 martdan Tokio va Rimga aviaqatnovlarni to‘xtatadi.
Maktab darsliklari: ular qanday yaratiladi, kim ularga buyurtma beradi va saralaydi hamda ular sifatini qanday qilib oshirish mumkin — Komil Jalilov maqolasida.
Bojxonachilar xonadonlardan birining yerto‘lasiga sertifikati bo‘lmagan 669 million so‘mlik tibbiy niqoblar yashirib qo‘yilganini aniqladi. Mahsulotlarni chet elda qayta sotish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting