Arxiv

Abdulla Aripov Minsk shahriga tashrif buyurdi
28 may 2021, 16:49

Abdulla Aripov Minsk shahriga tashrif buyurdi

Bosh vazir Abdulla Aripov MDH hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Minsk shahriga tashrif buyurdi. Hukumat rahbarlari avvaliga, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘lishgan. «Belarusga internet orqali bo‘layotgan hujumlarga qaramasdan, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, bu yerdagi vaziyat tinch», — degan u.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
28 may 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 8,38 so‘mga pasaydi va jami 10 580,65 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.

2025 yilgacha aholi jon boshiga YAIMni $2500 ga yetkazish rejalashtirilmoqda
28 may 2021, 16:22

2025 yilgacha aholi jon boshiga YAIMni $2500 ga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati aholi jon boshiga YAIMni hozirgi paytdagi 1700 dollardan 2025 yilgacha 2500 dollarga va 2030 yilgacha bo‘lgan muddat ichida 4200 dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Qurollangan brakonerlar Qoraqalpog‘istondagi «Janubiy Ustyurt» bog‘i inspektorlariga hujum qilishdi
28 may 2021, 16:04

Qurollangan brakonerlar Qoraqalpog‘istondagi «Janubiy Ustyurt» bog‘i inspektorlariga hujum qilishdi

Qoraqalpog‘istonda jayron ovlagan ikki brakoner «Janubiy Ustyurt» tabiat bog‘i inspektorlarining mashinasiga hujum qildi. Ovchilar qurol bilan tahdid qilib, mashina g‘ildiraklarini teshishgan va xodimlarning telefonlarini olib qo‘yishgan. Orol dengizi atrof-muhitni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Sirdaryoda 22 yoshli ayol poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi
28 may 2021, 15:43

Sirdaryoda 22 yoshli ayol poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Xovos tumanida 22 yoshli ayolni poyezd urib yubordi. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Reklama bannerlarini buzish bo‘yicha qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan — biznes-ombudsman
28 may 2021, 15:34

Reklama bannerlarini buzish bo‘yicha qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan — biznes-ombudsman

Toshkentda reklama bannerlarining buzilishi masalasini o‘rgangan biznes-ombudsman poytaxt xalq deputatlari kengashining bu to‘g‘risidagi qarorining loyihasi adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.

O‘zbekistonda Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universitetining filiali ochiladi
28 may 2021, 14:55 2

O‘zbekistonda Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universitetining filiali ochiladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi N. I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni imzoladi. Mamlakatda mazkur ta’lim muassasasining filiali ochiladi.

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi
28 may 2021, 14:48

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi

Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020 yilda davlat byudjetiga qancha daromad tushganini ochiqladi. Yil boshidagi prognozga nisbatan davlat byudjetiga QQSdan 13 trln so‘m kam mablag‘ tushgan. Vazir kamomadlar nimaning hisobiga qoplanganligini ham ma’lum qildi.

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda
28 may 2021, 13:45

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

Dam olish kunlari iliq havo kirib kelishi kuchayadi, juda issiq ob-havo O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati 36−39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40−42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etiladi
28 may 2021, 13:31 1

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etiladi

Toshkentda bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etiladi, viloyatlardagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bolalar gematologiyasi va onkologiya bo‘limlari ochiladi. Respublika gematologiya va onkologiya va radiologiya markazlari yangi binolarga ko‘chib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi. Tuman poliklinikalarida ayollarni ommaviy tekshiruvdan o‘tkazish uchun «Onko-nazorat» xonalari tashkil etiladi.

O‘zbekiston xalqaro moliya institutlaridan 200 mln dollar qarz jalb qiladi
28 may 2021, 13:10

O‘zbekiston xalqaro moliya institutlaridan 200 mln dollar qarz jalb qiladi

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 40 yilga 100 mln dollar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan esa 30 yilga 100 mln dollar qarz oladi. Mablag‘lar O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish loyihasi doirasida sarflanadi. Jumladan, 35 mln dollarga 1000 ta tez tibbiy yordam mashinasini xarid qilish rejalashtirilgan.

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarfladi?
28 may 2021, 12:38

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarfladi?

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.

Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan
28 may 2021, 12:11

Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan

Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi
28 may 2021, 11:31

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi miqdori $23,2 milliardni tashkil etib, yil boshiga nisbatan $133,7 millionga kamaygan.

Toshkentdagi ikkita YTHda 2 nafar fuqaro vafot etdi
28 may 2021, 11:31

Toshkentdagi ikkita YTHda 2 nafar fuqaro vafot etdi

27 may kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida Nexia va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi vafot etdi. Xuddi shu kuni Yashnobod tumanida piyoda Matiz urib yuborishi natijasida vafot etdi.

Toshkentda 24 yoshli kar-soqov ayol uch nafar shaxs tomonidan kaltaklandi
28 may 2021, 10:54 1

Toshkentda 24 yoshli kar-soqov ayol uch nafar shaxs tomonidan kaltaklandi

Poytaxtning Mirobod tumanida 3 nafar ayol 24 yoshli kar-soqov bo‘lgan ayolni kaltaklab, tan jarohati yetkazishdi. Jabrlanuvchi tez tibbiy yordam mashinasini to‘xtatib, qo‘l harakatlari bilan tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi kamayib, depozitlar hajmi o‘smoqda
28 may 2021, 10:42

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi kamayib, depozitlar hajmi o‘smoqda

Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi, deya izoh berdi Markaziy bank. 2021-yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
28 may 2021, 10:20

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda 1,8 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

Bashar Asad to‘rtinchi marotaba Suriya prezidenti etib saylandi
28 may 2021, 10:07

Bashar Asad to‘rtinchi marotaba Suriya prezidenti etib saylandi

Suriyadagi prezident saylovlarida amaldagi davlat rahbari Bashar Asad 95,1% natija bilan g‘alaba qozondi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatni boshqarib kelmoqda.

1 iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 may 2021, 10:04

1 iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Haydovchilik guvohnomalari uchun imtihonni xususiy sektor ham o‘tkazishi, bolalar qator dorilar bilan bepul ta’minlanishi, ichki bozorda ba’zi tovarlarning faqat birja orqali sotilishi, Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarini boshqa aeroportga ko‘chirishi, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar — 1 iyundan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting