«Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etish uchun nafaqa endilikda davlat byudjeti hisobidan beriladi.
O‘zbekistonda 2020 yil fevralidan iste’mol xususiyatini yo‘qotgan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini olish boshlanadi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonning beshta siyosiy partiyasidan ilgari surilgan 750 nafar deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik va haroratning keskin o‘zgarishi kutilmaydi. Havo bulutli bo‘ladi, kunduzi havo harorati + 10 … + 15 darajagacha isiydi.
Prezident 2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Saudiya Arabistoni jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. JCH-2022 saralash bosqichi o‘yini 2:3 hisobida yakuniga yetdi.
«LUKOYL» rahbar xodimi tomonidan ishchilarning haqorat qilinishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Ivan Shilov kompaniyaning Moskvaga kasbiy etika bo‘yicha majlisga chaqirilgan.
O‘zbekiston hukumati bilan Koreya hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim prezident qarori bilan tasdiqlandi.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi besh erkak tomonidan zo‘rlangan ayol masalasi nazoratda ekanini ma’lum qildi.
Qashqadaryodagi «Jarquduq» majmuasida ishchilarning haqorat qilingani yuzasidan dastlabki izoh berildi. «Lukoyl» MCHJ vaziyat atayin uyuushtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Bunga qadar Aloqa vazirligi huzuridagi Axborot va jamoat xavfsizligi markazi rahbari lavozimida ishlab kelgan Asadjon Xo‘jayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.
«Adolat», O‘zLiDeP partiyalari va «Yuksalish» harakati «Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani» kompaniyasi rahbarlarini ishchilarni haqoratlagan xodimga nisbatan chora ko‘rishga chaqirdi.
AOKA rahbari Komil Allamjonov bloger Nafosat Olloshukurovaning shifoxonaga yotqizilishi uning faoliyati bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilib, jazolovchi psixiatriya qo‘llangani haqidagi gaplar provakatsiya ekanini ta’kidladi.
O‘zbekistonlik Abdulhay Shorahmatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. U Tayson Fyuri promouteri bilan ishlaydi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha onalar o‘limi, gender notengligi va maishiy zo‘ravonlikni batamom tugatish majburiyatini zimmasiga oldi.
Shavkat Mirziyoyev chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashi xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy tuzilmalar, xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari rahbarlari va vakillaridan tuziladi.
«Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra prokuratura organlarida 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Chegara qo‘shinlari yosh yigit chegarchilar tomonidan kaltaklangani yuzasidan izoh berar ekan, uning qonunbuzarlik sodir etilgan joyda harbiylarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting