Arxiv

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi
8 aprel 2021, 13:47

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi

Abdugofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.

Metroning Sergeli yo‘nalishida poyezd to‘xtab qoldi
8 aprel 2021, 12:50

Metroning Sergeli yo‘nalishida poyezd to‘xtab qoldi

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar estakada orqali evakuatsiya qilindi. Metro yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent shahrida vaksinaning nojo‘ya ta’sirlarini davolash uchun 4 ta shifoxona tayyorlab qo‘yilgan
8 aprel 2021, 12:27

Toshkent shahrida vaksinaning nojo‘ya ta’sirlarini davolash uchun 4 ta shifoxona tayyorlab qo‘yilgan

Toshkent shahrida emlangan fuqarolarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlarni davolash uchun 4 ta shifoxona tayyorlab qo‘yilgani ma’lum qilindi. Bunga qadar, SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 6 kun ichida respublika bo‘yicha 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar qayd etilganini ta’kidlagandi.

Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
8 aprel 2021, 12:07

Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «ochiq osmon» rejimidan foydalanishga yuqori qiziqish bildirdi.

Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari qayta tiklandi
8 aprel 2021, 11:28

Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari qayta tiklandi

4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi. 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.

«O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi
8 aprel 2021, 10:59

«O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi

Mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarni saqlash uchun «O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi. Fond byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Zominda turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi
8 aprel 2021, 10:26

Zominda turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan «Zomin» turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi. Hududda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari, sportning ekstremal turlari uchun sharoit yaratilishi reja qilingan.

Surxondaryoda bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
8 aprel 2021, 10:07

Surxondaryoda bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Surxondaryoda bolalarga baqirib, qo‘pol ravishda muomala qilgan tarbiyachining videosi tarqalganidan so‘ng, u vazifasidan ozod etildi. Yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazo chorasi qo‘llandi.

Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi
8 aprel 2021, 09:42

Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi

Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi. Prokuratura va DXX xodimlari uni pullarni olgan vaqtida qo‘lga olishgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan ish ochildi.

To‘rt avtomobil ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi
8 aprel 2021, 08:46

To‘rt avtomobil ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi

Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

«Ayrim tanqidlar ochiq qolayapti» — prezident matbuot kotibi
8 aprel 2021, 08:15

«Ayrim tanqidlar ochiq qolayapti» — prezident matbuot kotibi

Chorshanba kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan uchrashdi. «Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolayapti», — dedi u. Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida «prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olingan».

Jahon yangiliklari dayjesti
7 aprel 2021, 22:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaqin Sharqda 50 mlrd tup daraxt ekilishi, Turkiyaning Istanbul kanali qurilishidan voz kechmasligi, Efiopiyada jamoalararo to‘qnashuvda 100 dan ortiq odamning halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkentdagi manzillar bilan bog‘liq muammolar
7 aprel 2021, 22:00

Toshkentdagi manzillar bilan bog‘liq muammolar

Shahar — bu ko‘chalar, binolar, bog‘lar va boshqa ob’ektlardan tashkil topgan murakkab mexanizm. Bu ob’ektlarning barchasiga o‘ziga mos nom berish kerak. Bu uchun aholi punktlariga manzillar reyestri kerak. Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassisi Anvar Djabbarov manzillar reyestri nima ekanligi va poytaxt manzillari bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib beradi.

Emlashdan keyingi nojo‘ya ta’sirlar 71 kishida kuzatildi — Nurmat Otabekov
7 aprel 2021, 20:35

Emlashdan keyingi nojo‘ya ta’sirlar 71 kishida kuzatildi — Nurmat Otabekov

SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov emlashdan keyingi nojo‘ya ta’sirlar 71 kishida kuzatilganini ta’kidladi. Ularning orasida ko‘proq tana haroratining 37,5 darajadan ortishi hamda tanadagi og‘riqlar qayd etilgan. Shu bilan birga, inyeksiya qilingan joyda qichish, og‘riq, asabiylashish, xolsizlik va qo‘rqish ham kuzatilgan.

GTL zavodini avgustda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda
7 aprel 2021, 20:33

GTL zavodini avgustda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda

Qashqadaryodagi GTL texnologiyasi asosida sun’iy yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini avgustda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

726 ta mahallada uy xo‘jaliklari o‘rganiladi
7 aprel 2021, 20:03

726 ta mahallada uy xo‘jaliklari o‘rganiladi

Statistika qo‘mitasi va YUNISEF ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni boshladi. Kuzatuvlar 726 ta mahallada olib borilib, 4 oy davom etadi.

Farg‘ona vodiysi osmonida yorqin chaqnoq qayd etildi
7 aprel 2021, 18:36

Farg‘ona vodiysi osmonida yorqin chaqnoq qayd etildi

Andijon va Namangan viloyatlarida seshanba kuni osmonda yorqin chaqnoq qayd etildi. Mazkur hodisa Qirg‘iziston hududidan ham ko‘rindi. Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti hodisaga izoh berdi.

Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida ayblangan misrlik kapitan-ayol
7 aprel 2021, 17:15

Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida ayblangan misrlik kapitan-ayol

Marva Elselexdar Misrdagi birinchi ayol kapitan hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida aynan u aybdor ekanligi haqida ko‘p mish-mishlar tarqalgan edi. Nima uchun Marva haqida bunday gaplar bo‘ldi? Misrda ayol kapitan lavozimiga qanday munosabat bildiriladi?

Hisob palatasi 2020 yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlarini aniqlagan
7 aprel 2021, 16:55

Hisob palatasi 2020 yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlarini aniqlagan

2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida davlat byudjeti va jamg‘armalari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy xarajatlar va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Halq ta’limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik va o‘zlashtirish holatlari kuzatilgan.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
7 aprel 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga qimmatladi va jami 10 479 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana arzonladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting