Arxiv

DXXning sobiq binosi, “Malika”, “Sijjak” va boshqa obyektlar sotuvga qo‘yildi
11 aprel 2021, 20:45

DXXning sobiq binosi, “Malika”, “Sijjak” va boshqa obyektlar sotuvga qo‘yildi

“Brodvey"dagi DXXning sobiq binosi, “Malika” bozori va boshqa obyektlar, shu jumladan birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish zonasini sotib olishga arizalar qabuli boshlandi.

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi
11 aprel 2021, 17:29

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 aprel 2021, 16:20

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz prokurori 16 yoshli o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. O‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, «mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida» jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qurilish vazirligi «Navro‘z» qabullar uyi avariya holatida bo‘lganini ma’lum qildi
11 aprel 2021, 12:48

Qurilish vazirligi «Navro‘z» qabullar uyi avariya holatida bo‘lganini ma’lum qildi

«Navro‘z» qabullar uyi buzilishi boshlanganidan ikki kun o‘tib Qurilish vazirligi bino poydevori 27 smga cho‘kkanini ma’lum qildi. Majmua avariya holatida bo‘lgani sababli uni rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.

Emlash ro‘zani buzadimi — O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati javobi
11 aprel 2021, 11:35

Emlash ro‘zani buzadimi — O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati javobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan emlash, shuningdek, ukol qilish ro‘zani buzadimi, degan savolga javob berdi.

O‘simlik yog‘i narxi oshishining sababi ma’lum qilindi
10 aprel 2021, 23:00

O‘simlik yog‘i narxi oshishining sababi ma’lum qilindi

O‘simlik yog‘i narxining o‘sishi tashqi bozorda narxlar oshishi bilan bog‘liq, deya xabar qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi. Qo‘mita mamlakatda yog‘ zaxiralari yetarlicha ekanini va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Metro eshigi ochiq holda harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch xodim ishdan bo‘shatildi
10 aprel 2021, 21:35

Metro eshigi ochiq holda harakatlanishiga sabab bo‘lgan uch xodim ishdan bo‘shatildi

Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi. Eletkrodepo rahbari o‘rinbosari oyligining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi «Toshkent metropoliteni».

Turizm va sport vazirligi rahbariyati tayinlandi
10 aprel 2021, 19:19

Turizm va sport vazirligi rahbariyati tayinlandi

Prezident farmoni bilan Aziz Abduhakimov nomzodi bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri sifatida tasdiqlandi. Qolaversa, prezident qarorlari bilan uning o‘rinbosarlari ham tayinlanmoqda.

Sport sohasida hafta davomida sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 aprel 2021, 14:05

Sport sohasida hafta davomida sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

YeCHL o‘yinlari natijasi, Namanganda futbol muxlislarining tartibsizligi, medallar olgan o‘zbekistonlik dzyudochilar, «Nasaf»ni OFK Kubogi guruh bosqichiga «olib chiqqan» AGMK va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Metropoliten harakat vaqtida vagonlardan birining eshigi ochiq qolganini o‘rganishni boshladi
10 aprel 2021, 12:58

Metropoliten harakat vaqtida vagonlardan birining eshigi ochiq qolganini o‘rganishni boshladi

«Toshkent metropoliteni» vagonlardan birining eshigi yopilmay qolgani uchun kechirim so‘rab, xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 aprel 2021, 22:17

Jahon yangiliklari dayjesti

Misrda uch ming yillik shahar topilgani, Yaponiyaning Fukusimadan tozalangan radioaktiv suvni okeanga oqizishi, Norvegiya bosh vazirining karantin cheklovlarini buzganligi uchun jarimaga tortilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan
9 aprel 2021, 20:13

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan

Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
9 aprel 2021, 18:33

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasiga o‘tdi. Uning avvalgi lavozimiga Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov tayinlandi.

Dunyo metrolaridagi 5 ta eng yirik halokatlar
9 aprel 2021, 17:59

Dunyo metrolaridagi 5 ta eng yirik halokatlar

Dunyo metropoliteni tarixida ko‘plab avariyalar yuz bergan. Ularning ba’zilari texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ba’zilarida insonning katta xatosi sabab bo‘lgan. Metrolarda ro‘y bergan eng yirik 5 ta halokat haqida qisqacha ma’lumotlar.

2021 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
9 aprel 2021, 17:37

2021 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2021 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.

«Navro‘z» qabullar uyi o‘rnida «ulkan kutubxona» quriladi
9 aprel 2021, 17:17

«Navro‘z» qabullar uyi o‘rnida «ulkan kutubxona» quriladi

Toshkent hokimligi Milliy bog‘ hududida madaniy-ma’rifiy kompleks qurilishi boshlanganligi haqida xabar berdi. Bu yerda joylashgan «Navro‘z» to‘yxonasining buzilishi poytaxt aholisi uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning o‘rniga 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona qurilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri qurilish joyida bo‘ldi.

Qirolicha Yelizavetaning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filip olamdan o‘tdi
9 aprel 2021, 16:24

Qirolicha Yelizavetaning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filip olamdan o‘tdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filip 99 yoshida vafot etdi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
9 aprel 2021, 16:23

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 478 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz arzonladi.

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
9 aprel 2021, 15:27

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi
9 aprel 2021, 14:39

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi

Dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7−12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17−22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2−3 daraja past bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting