Polsha «siyosiy aloqalar va insonparvarlik zaruratlari nuqtai nazaridan» O‘zbekistonga 250 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi.
O‘zbekiston tizimda profilatika ishlari olib borilayotgani sababli eletkron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Hasan Oxund, harakat rahbariyati kengashi rahbari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga Abdul G‘ani Baradar tayinlandi.
“Adolat” partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblashi, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining O‘zbekistondagi sinovlari natijasi e’lon qilinishi, O‘zbekiston aholisi 35 mlndan oshishi — “Gazeta.uz"ning 7 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Salvadorda bitkoinning rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olingani, Tojikiston rahbarining harbiylarni jangovar tayyorgarlikni oshirishga chaqirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish darajasi tahlikali darajaga chiqdi — mamlakat o‘z suv zaxiralarining 169 foizidan foydalanmoqda, deya xabar qildi FAO.
UzAuto Motors 2021 yilning olti oyida 1,9 trillion so‘mlik (177,6 million dollar) bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini oldi. Gap prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ta’minlangan bojxona boji, aksiz va QQS bo‘yicha imtiyozlar haqida ketmoqda.
Toshkent va Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Leningrad blokadasi bilan bog‘liq monumentlar yaratilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi Sankt -Peterburg ma’muriyati.
8 sentabrdan dollarning rasmiy kursi 10,16 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 10 695,23 so‘mga etib belgilanadi. Shuningdek, yevro ham so‘mga nisbatan o‘sgan bo‘lsa, rublning rasmiy kursi 0,43 so‘mga arzonlashdi.
Seshanba kuni poytaxt metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida yangi metro poyezdlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri mazkur poyezdning vagonlarida bo‘lib, ulardagi yangi imkoniyatlar bilan tanishdi.
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Britaniya vaziri Dominik Raab o‘tgan hafta evakuatsiya bo‘yicha strategiya yo‘qligi uchun tanqid qilingandi, unga o‘rnak sifatida Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish vaqtida Toshkentga shaxsan tashrif buyurgan TIV rahbari ko‘rsatilgan edi.
O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegara hududda joylashgan «Termiz» dala o‘quv maydonida o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, diniy mavzuda chiqishlar qiladigan ayrim shaxslar tomonidan ayollarning huquqlarini cheklash, hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlarga nisbatan nafrat uyg‘otish, dunyoviylik prinsipidagi qonunlarni shubha ostiga olish holatlari aniqlangan. «Insonlar xulq-atvoriga alohida shaxslarning axloqiy-diniy qarashlari bilan emas, balki amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan baho berilishi lozim», — deya ta’kidladi vazirlik.
Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Mazkur sammit O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyoda ilk marotaba o‘tkaziladi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yaqin orada O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Uchrashuv doirasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
sentabrning yettinchi kunida O‘zbekiston aholisining soni 35 mln nafardan oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi xabar berishicha, ularning 17,5 mln nafarini erkaklar, 17,4 mln nafarini ayollar tashkil etmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi «o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish va hududlarda tegishli ishlarni tashkil etish uchun» hokim o‘rinbosarlariga Chevrolet Malibu va Tracker avtomashinalarini sotib oldi.
O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining uchinchi bosqich sinovlarida 2757 kishi preparat bilan emlangan, ulardan 20 kishi (0,73%) koronavirus bilan zararlangan. Platsebo olganlar orasida 2763 kishidan 73 nafari (2,64%) koronavirus yuqtirgan.
«Adolat» partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda aybladi. Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi sudlarni birlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarini Adliya vazirligiga o‘tkazish hamda Tergov qo‘mitasini tuzish g‘oyalarini o‘g‘irlagani iddao qilinmoqda. Milliy tiklanish esa bunga munosabat bildirib, «Adolat» partiyasining siyosiy saviyasiga shubha bilan qaradi.
Prezidentlik saylovlariga XDPdan nomzod Maqsuda Vorisova amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev «juda katta inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirganini» ta’kidladi. U asosan prezident qabul qilgan «juda to‘g‘ri qarorlarning» ijrosi ta’minlanmasligini tanqid qilishini qayd etdi. «Asosiy e’tirozimiz ijro organlariga», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting