Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 889 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 512 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Sergeli tumanida omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Omborxonadan tashqari, korxona ma’muriy binosi ham vayron bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
Uzbekistan Helicopters tijoriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan ikkita Airbus H125 vertolyoti taqdimotini o‘tkazdi. Yil yakuniga qadar yana ikkita vertolyot xarid qilish rejalashtirilgan. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, 4 kishilik mazkur vertolyotda 1 soat parvoz qilish 12 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Vertolyotlar tasnifi, sohadagi monopoliya va boshqalar «Gazeta.uz» fotoreportajida.
«Agarda fuqaro vaksina olishni rad qiladigan bo‘lsa, hech kim uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, tibbiy muassasaga olib borib vaksina qilmaydi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning ta’kidlashicha, fuqaro rad qilsa, huquqiy oqibatlari bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘ladi. U ish beruvchi esa emlanishni xohlamagan xodimini ma’lum muddat ishdan chetlashtirish va o‘sha davr uchun ish haqi to‘lamasligi mumkinligini aytib o‘tdi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida Lacetti avtomashinasi yuqori tezlikda uy devoriga urildi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Shuningdek, Urgut tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi baxs-munozaralardan so‘ng, prezident saylovi logotipiga ayrim imloviy tuzatishlar kiritdi. Qolaversa, ushbu logotipni yaratishga mablag‘ sarf etilmagani qo‘shimcha qilindi.
Senatorlar aholining ayrim toifalarini majburiy profilaktik emlashni qonuniylashtirish hamda ish beruvchiga profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ishchini ishga qo‘ymaslik huquqini berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishni ma’qulladilar.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova 56 yoshida vafot etdi. U 2020 yil 4 martdan beri Bo‘ston tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
2021 yilning 6 oyi davomida 4,5 mingdan ortiq daraxt noqonuniy kesilgan, natijada o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Senat raisi Tanzila Narbayeva moratoriy davrida ham daraxtlarning kesilishiga tizimdagi sustkashliklar sabab bo‘layotganligi ta’kidladi. «Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti», — dedi u.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar dzyudo, boks va o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda qatnashishdi. Bokschilar Elnur Abduraimov va Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa, qolgan sportchilar musobaqada o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
«Svetayevskiy» va yozgi piroglar, qovun va malina qo‘shilgan smuzilar — Zira.uz shaftolidan tayyorlanadigan shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
30 iyul kuni O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlandi: 924 nafar kishida ushbu infeksiya qayd etilgan. 8 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, juma kuni 559 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar dzyudo bo‘yicha jamoaviy musobaqalarda hamda boks va o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi.
Afg‘onistonda BMT missiyasiga hujum qilingani, Belarusda namoyishlardan so‘ng deyarli 4,7 ming jinoiy ish ochilgani, Tokio yaqinidagi uchta prefekturada favqulodda holat rejimi joriy etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushman bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etish uchun Surxondaryoga yetib keldi.
O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, mamlakatga 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishi, yangi qaror va qonun imzolanishi — “Gazeta.uz"ning 30 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Antikorrupsiya agentligi O‘zbekistonning bir nechta hududlarida davlat xaridlari bo‘yicha qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 63,6 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha tenderlar qonunga zid ravishda e’lon qilingan. Bundan tashqari, qator hududlarda 29,5 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bo‘yicha tenderlarning g‘olibi aniqlamay turib, qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan yoki tugatilgan.
Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Rayhona Qodirova keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.
Prezident qarori bilan bakalavr va magistrlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida ta’lim krediti ajratiladi. MBning asosiy stavkasi pasaytirilsa ta’lim krediti foizi ham kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Kredit olish uchun talabalarning oila a’zolari kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting