Arxiv

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi
23 iyul 2021, 11:34

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.

Dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘ladi
23 iyul 2021, 10:52

Dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘ladi

Ushbu haftaning oxiri va keyingi haftaning boshida havo harorati juda issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kun davomida havo +44 darajagacha issiq bo‘ladi. Shamol va changli bo‘ronlarning kuchayishi kutilmoqda.

Navbatdagi antirekord: kecha 738 kishida koronavirus aniqlandi
23 iyul 2021, 10:42

Navbatdagi antirekord: kecha 738 kishida koronavirus aniqlandi

22 iyul kuni O‘zbekistonda yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich — 738 kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, 462 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi
23 iyul 2021, 10:42

Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish masalalarini o‘rganuvchi Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi. Hujjatga asosan, davlat organlari va tashkilotlari Agentlikning so‘roviga ko‘ra birlamchi statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.

Toshkentda 65 yoshli piyoda Matiz urib yuborishi oqibatida vafot etdi
23 iyul 2021, 10:20

Toshkentda 65 yoshli piyoda Matiz urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Poytaxtning Yashnobod tumanida Matiz 65 yoshli piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi dam olish kuni videoselektor o‘tkazdi
23 iyul 2021, 09:03

Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi dam olish kuni videoselektor o‘tkazdi

22 iyul, dam olish kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan prezident nutqida belgilangan vazifalarni muhokama qilish maqsadida videoselektor o‘tkazildi. Unda koronavirusdan xavf osti guruhiga kiritilgan fuqarolar ham qatnashgan. Shu kuni bosh vazir boshchiligida ham mehnat vaziri va boshqa rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Osvensim o‘lim lagerida 100 dan ziyod o‘zbekistonlik saqlangan — tadqiqot
22 iyul 2021, 21:27

Osvensim o‘lim lagerida 100 dan ziyod o‘zbekistonlik saqlangan — tadqiqot

Aushvits-Birkenau (Osvensim) nemis konslager va o‘lim lagerlari majmuasida 100 nafardan ziyod o‘zbekistonliklar saqlangan, deyiladi Polshada o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 iyul 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkentning bir qator tumanlarida sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi (ro‘yxat)
22 iyul 2021, 20:55

Toshkentning bir qator tumanlarida sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi (ro‘yxat)

23−24 iyul va 26−27 iyul kunlari Toshkent shahrining bir qator tumanlarida suv quvurlarini ko‘chirish munosabati bilan sovuq suv o‘chiriladi va suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Kecha O‘zbekistonga yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
22 iyul 2021, 20:29

Kecha O‘zbekistonga yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

21 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 9 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.

Andijonda $6 ming evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22 iyul 2021, 13:20

Andijonda $6 ming evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida Koreyaga ishga yuborishni va’da berib, buning evaziga 6 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Antirekord: Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 700 dan oshdi
22 iyul 2021, 12:07

Antirekord: Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar 700 dan oshdi

Chorshanba kuni koronavirus holatlarining rekord darajada o‘sishi qayd etildi — 719 kishi kasallikka chalindi. Qariyb 500 nafar fuqaroda pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 bilan og‘riganlarning yana 4 nafari vafot etdi.

Farg‘onada to‘rt kishi, jumladan uch nafar voyaga yetmagan bolalar taksi haydovchisini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda
22 iyul 2021, 12:03

Farg‘onada to‘rt kishi, jumladan uch nafar voyaga yetmagan bolalar taksi haydovchisini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

Farg‘ona viloyatida taksi haydovchisi jonsiz holda topildi. To‘rt kishi, jumladan uch nafar voyaga yetmagan bolalar (ikki nafari o‘quvchi) uni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.

«Asakabank» xodimlari $2 mlnlik kredit ajratishda firibgarlikka yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda
21 iyul 2021, 19:11

«Asakabank» xodimlari $2 mlnlik kredit ajratishda firibgarlikka yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda

Ikkita kompaniya hamda «Asakabnk» bosh ofisi va filiali xodimlari 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur mablag‘lar Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilingan.

Namanganda sel: ko‘priklar va avtomobillarga shikast yetdi, uylarni suv bosdi
21 iyul 2021, 16:23

Namanganda sel: ko‘priklar va avtomobillarga shikast yetdi, uylarni suv bosdi

Namangan viloyatida sel kelishi va suv toshqinlari natijasida ikkita ko‘prik va bir qancha avtomobilga zarar yetdi, uylarni suv bosdi. 130 nafardan ortiq kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Shuhrat Otaboyev Xalq bankiga rahbar bo‘ldi
21 iyul 2021, 15:54

Shuhrat Otaboyev Xalq bankiga rahbar bo‘ldi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida besh oydan kamroq muddat ishlagan Shuhrat Otaboyev Xalq banki boshqaruv kengashi raisi bo‘ldi.

Ramazon hayitidagi gavjum va Qurbon hayitidagi boʻm-boʻsh Minor masjidi
21 iyul 2021, 13:30

Ramazon hayitidagi gavjum va Qurbon hayitidagi boʻm-boʻsh Minor masjidi

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida masjidlarda Qurbon hayiti namozini ado etmaslik boʻyicha qaror qabul qilindi. Shu sababli, may oyida nishonlangan Ramazon hayitida gavjum boʻlgan masjidlar Qurbon hayiti kuni huvillab qoldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxtdagi Minor masjidining 2021 yilgi Ramazon va Qurbon hayitlari kunidagi suratlarini taqdim etadi.

Kecha O‘zbekistonga 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
21 iyul 2021, 13:29

Kecha O‘zbekistonga 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

20 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 8 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.

Toshkentda qurilish firmasi boshlig‘iga 65 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi
21 iyul 2021, 13:09

Toshkentda qurilish firmasi boshlig‘iga 65 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi

Toshkentda 5 nafar fuqaro harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini qurilish firmasi boshlig‘iga olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdorida pul berishini talab qilgan. Ular oldindan 30 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Toshkent viloyatida yana bir shunga o‘xshash holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida fuqaroni noqonuniy tarzda o‘qishga kirib qo‘yish hamda Sirdaryo viloyatida kredit berish evaziga pul talab qilish kabi holatlar aniqlandi.

20 iyul kuni qariyb 700 nafar koronavirus bemorlari aniqlandi
21 iyul 2021, 12:37

20 iyul kuni qariyb 700 nafar koronavirus bemorlari aniqlandi

20 iyul kuni O‘zbekistonda 698 ta koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari aniqlandi. Bu 2021 yil boshidan eng katta ko‘rsatkich. Shuningdek, 478 kishida pnevmoniya aniqlangan. 4 nafar koronavirus bemori vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting