Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida mahalliy tadbirkorga tegishli qo‘ylar podasi tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi. Tadbirkor tuman ma’muriyatidan talab qilgan yerni ajratmaganidan norozi bo‘lgan. Hokimlik unga ikkita yer maydonini tanlashni taklif qilishganiga aniqlik kiritdi, ammo u taklif qilingan variantlardan bosh tortgan.
O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi haqidagi qonun, yangi tayinlovlar, Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatilishi, kameraning xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilayotgan matbuot xizmati xodimi — «Gazeta.uz»ning 15 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Amirliklarning davlat boshqaruvi tajribasi bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Qolaversa, delegatsiya tomonidan Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha yangi loyiha taklifi bildirilgan.
Joriyning yilning besh oyi mobaynida auksion orqali boshlang‘ich narxi 422,8 mlrd so‘m bo‘lgan 11 918 ta mulk 570,6 mlrd so‘mga sotildi. Ushbu mulk egalariga 3,4 trln so‘m investitsiya kiritish majburiyati ham yuklatilgan.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.
2020 yilda Toshkent metropolitenining yer usti Halqa yo‘li va Sergeli yo‘nalishi ishga tushirildi, Yunusobod yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shildi. Toshkent metrosining yangi va eski bekatlaridagi yo‘l ko‘rsatkichlaridagi noaniqliklar, u yerdagi tashkilotchilik, bekat va uning tashqarisidagi navigatsiya — Og‘abek Samisov va Yevgeniy Sorochin reportajida.
O‘zbekistonda qozonxonalarni modernizatsiya qilish jarayoniga Tataristonning «KER-Holding» kompaniyasi jalb qilinadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Xidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, 1970 yillarda qurilgan mamlakatdagi ko‘plab qozonxonalar allaqachon eskirgan. Birinchi loyiha doirasida Toshkentdagi «Vodnik» qozonxonasi 42 mln dollarga modernizatsiya qilinadi.
Chet elliklar uchun Rossiyada noqonuniy bo‘lish muddati 15 iyundan 30 sentyabrga qadar uzaytirildi. Noqonuniy migrantlar 30 sentyabrga qadar deportatsiya qilinmaydi va ularga jarima solinmaydi. Ushbu sanaga qadar ular o‘z maqomlarini qonuniylashtirishlari yoki mamlakatdan erkin chiqib ketishlari mumkin.
Dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 616,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Tapil Mahamadziyayev Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Toshkent hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi boshqaruv xizmati kompaniyasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu taklifni prezidentga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kiritdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi yutuqlarga qaramasdan, pandemiya biznesga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzi 3,4 barovarga, muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63%ga oshdi. Respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan.
Toshkentdagi 7-uy ishi bo‘yicha avvalgi instansiyalar sudlarining qaroriga qarshi Universal Packing Master va Jemchug House`larning murojaati qanoatlantirilmadi. Oliy sud shahar aholisi foydasiga qaror chiqardi.
Shaxnoza Mirzayeva 10 yoshida avtohalokatga uchrab, oyog‘ining bir qismidan ajraldi. Baxtsiz hodisaga qaramasadn, u sportni tanladi va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
Urganch shahrida al-Xorazmiyning yangi haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Prezident yodgorlikning variantlari va uni o‘rnatish rejalashtirilgan joyga oid taqdimot bilan tanishdi. Ulardan biri Jaloliddin Manguberdi haykali joylashgan hudud hisoblanadi.
Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari vazifasiga Vaxobjon Rajapov tayinlandi. U bungacha Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Deputatlar Toshkent viloyatining shahar va tumanlarini chegaralarini o‘zgartirish, jumladan, viloyatning 17359,1 gektar maydonini bir xududdan boshqa xudud tarkibiga o‘tkazishga oid masalani ko‘rib chiqdi. Bu anklav hududlarni tugatish va mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Respublika chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ayollar uchun go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi. Ma’lumotga ko‘ra, har bir konteynerda 7 nafardan ayol ishlaydi va bu orqali «Ayollar daftari» dagi fuqarolarning 350 nafari ish bilan ta’minlanadi.
Prezident O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. 2005 yilgacha mamlakatga kelgan, shuningdek, mamlakatda 15 yildan beri muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari deb tan olinishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting