Arxiv

8-oktabrdan “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi vaqti bir soat oldinga ko‘chiriladi
7 oktabr 2024, 15:50

8-oktabrdan “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi vaqti bir soat oldinga ko‘chiriladi

“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovlari vaqti 8-oktabrdan boshlab bir soat oldinga ko‘chiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohlagandi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi
7 oktabr 2024, 15:13

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Mamlakat rahbari MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel genlarni boshqaruvchi molekulalarni kashf etgan olimlarga berildi
7 oktabr 2024, 15:11

Tibbiyot bo‘yicha Nobel genlarni boshqaruvchi molekulalarni kashf etgan olimlarga berildi

Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.

Srechko Katanets salomatligi sabab Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda terma jamoani boshqarmaydi
7 oktabr 2024, 15:01

Srechko Katanets salomatligi sabab Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda terma jamoani boshqarmaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sabab Eron va BAAga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi. Uchrashuvlarga jamoani yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi.

Namanganda o‘quvchilar ijaraga olgan Gentra YTHga uchradi, o‘smirlardan biri vafot etdi
7 oktabr 2024, 14:38

Namanganda o‘quvchilar ijaraga olgan Gentra YTHga uchradi, o‘smirlardan biri vafot etdi

Namangan shahrida 5 nafar o‘quvchi ijaraga olgan Gentra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, katta tezlikda yuk mashinasiga urildi. Oqibatda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir vafot etdi, qolgan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

“200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlillardan kelib chiqib kiritilgan” — energetika vaziri
7 oktabr 2024, 14:19

“200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlillardan kelib chiqib kiritilgan” — energetika vaziri

Energetika vaziri elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayotganini aytdi. “200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlil qilib, barchasini o‘rganib, iste’mol va me’yorlardan kelib chiqib kiritilgan”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

9 oy ichida tez yordamga 10 millionga yaqin chaqiriq kelib tushdi
7 oktabr 2024, 14:15

9 oy ichida tez yordamga 10 millionga yaqin chaqiriq kelib tushdi

Respublika tez tibbiy yordam markazi yanvar-sentabr oylarida 9,9 millionta chaqiriq qabul qildi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona vodiysi va Toshkentda, eng kami esa Jizzax, Buxoro hamda Xorazm viloyatida qayd etildi. Chaqiruvlarning 2,5 milliontasida bemorlar surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.

Qozog‘istondagi referendumda qatnashgan 71,1 foiz fuqaro AES qurilishini yoqlab ovoz berdi
7 oktabr 2024, 13:05

Qozog‘istondagi referendumda qatnashgan 71,1 foiz fuqaro AES qurilishini yoqlab ovoz berdi

Qozog‘iston Markaziy komissiyasi AES qurish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan 5,56 million yoki 71,12 foiz fuqaro AES qurishni yoqlab ovoz berdi.

O‘zbekistonda propan narxi nega oshib ketdi? Energetika vaziri bu savolga javob berdi
7 oktabr 2024, 13:01

O‘zbekistonda propan narxi nega oshib ketdi? Energetika vaziri bu savolga javob berdi

Energetika vaziri apreldan sentabrgacha propanning birja narxi 2 baravarga oshgani haqidagi savolga javob berdi. Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bunga jumladan propan-butan ishlab chiqarish yetarli darajada oshmagani, propanda harakatlanuvchi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar oshgani sabab bo‘lgan.

Fotoreportaj: Braziliya — futzal bo‘yicha olti karra jahon chempioni
7 oktabr 2024, 12:39

Fotoreportaj: Braziliya — futzal bo‘yicha olti karra jahon chempioni

Braziliya futzalchilari 6-oktabr oqshomida “Humo Arena”da qit’adoshlari Argentina 2:1 hisobida yengib, 2024-yilgi mundial g‘olibiga va olti karra jahon chempioniga aylandi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqaning eng so‘nggi bahsidan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportaj tayyorladi.

Fotoreportaj: Ukraina futzal bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi
7 oktabr 2024, 11:57

Fotoreportaj: Ukraina futzal bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston mezbonlik qilgan 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning bronza medallari uchun bahsda Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu uchrashuvdan fotoreportaj tayyorladi.

Narkotiklarning noqonuniy aylanmasi uchun jazo kuchaytirildi
7 oktabr 2024, 11:15

Narkotiklarning noqonuniy aylanmasi uchun jazo kuchaytirildi

Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, shuningdek, bu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etganlik uchun jazolar kuchaytirildi. Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha moddalar qo‘shildi. Yangi moddalar va ularda belgilangan jazolar bilan ushbu materialda tanishish mumkin.

Swiss Re ”O‘zagrosug‘urta”ning yangi xalqaro hamkoriga aylandi
7 oktabr 2024, 11:00

Swiss Re "O‘zagrosug‘urta"ning yangi xalqaro hamkoriga aylandi

"O‘zagrosug‘urta" yangi xalqaro hamkori Swiss Rye bilan birgalikda fermerlarning sug‘urta xatarlarini qayta sug‘urta qilish masalasini muhokama qildi.

Shaffof sement sanoat’ga manipulyatsiya harakatlarini sodir etgani uchun chora ko‘rildi
7 oktabr 2024, 10:58

Shaffof sement sanoat’ga manipulyatsiya harakatlarini sodir etgani uchun chora ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat’ga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan, bu harakat esa manipulyatsiya deb baholanadi.

“Bizga baribir katta reaktor kerak” — Jo‘rabek Mirzamahmudov AES qurilishi haqida
7 oktabr 2024, 10:17

“Bizga baribir katta reaktor kerak” — Jo‘rabek Mirzamahmudov AES qurilishi haqida

Energetika vaziri O‘zbekiston umumiy energoquvvatining juda kichik qismini tashkil qilishiga qaramay mamlakatda kichik AES qurilishi rejalashtirilayotgani haqidagi savol berdi. “Bizning maqsadimiz keyinroq kattasini qurish”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi halok bo‘ldi
7 oktabr 2024, 10:03

Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi halok bo‘ldi

Pastdarg‘om tumanida mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan “GAZ53” yuk mashinasi “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

Prezident amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi
6 oktabr 2024, 19:56

Prezident amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi

O‘zbekiston prezidenti 7−8-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi. 8-oktabr kuni u yerda MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Haydovchilar uchun qaysi gaz “zapravka” ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘ladi
6 oktabr 2024, 15:51

Haydovchilar uchun qaysi gaz “zapravka” ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘ladi

Haydovchilar uchun qaysi gaz “zapravka”lar ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘ladi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U ilova bepul bo‘lishi va uni ishlatish AGTKSHlar uchun ihtiyoriy bo‘lishini ta’kidladi.

Qoraqalpog‘istonda Lacetti urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi
6 oktabr 2024, 15:02

Qoraqalpog‘istonda Lacetti urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

Nukus-Shumanay-Taxtako‘pir yo‘lida belgilanmagan joydan o‘tayotgan velosiped haydovchisini Lacetti urib yubordi. Oqibatda 32 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi.

Qish uchun gaz omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlandi — energetika vaziri
6 oktabr 2024, 14:47

Qish uchun gaz omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlandi — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qish mavsumi uchun “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilgi hajmga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting