O‘zbekistonda o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoaga murabbiylik qilgan Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. O‘FA jamoaning musobaqadagi ishtirokini tanqid qildi. O‘zbekistondagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish, turnirlarga jalb etish tavsiya qilindi.
Serbiya qurilish sohasida ishlovchi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda. Oylik maosh 700−800 yevro bo‘lib, nomzodlar 50 yoshgacha va 3−5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
1-noyabrdan 2025-yilning 1-apreliga qadar onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etiladi. Markaziy bank ushbu tartib firibgarlik holatlarining oldini olish uchun ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda diniy taassublik tufayli, bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol yoki xavfli narsalar yordamida qasddan badanga yengil shikast yetkazish jazosi kuchaytirildi.
1-oktabrdan Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etildi. Bu tibbiyot xodimlari va aholi uchun nimani o‘zgartirishi haqida “Gazeta.uz” “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori Eldor Adilov bilan suhbatlashdi.
O‘zbekistonda 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada vazir Hilola Umarova va Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Olmaliq shahrida Nexia 3 haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
Toshkent shahri Uchtepa tumanida 5 ta transport vositasi — Nexia, 2 ta Lacetti, Spark va Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTH oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
AES qurilishi masalalari haqida gapirgan energetika vaziri, yana rekord o‘rnatgan oltin-valyuta zaxiralari, narkotiklar aylanmasi uchun kuchaytirilgan jazo choralari, ko‘mir koni kengayishi sabab kompensatsiya oladigan Chinniobod aholisi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Ukraina qo‘shinlari Rossiya armiyasini og‘ir janglarda imkon qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinmoqda, biroq bu taktika muvaffaqiyatli bo‘ladimi yo yo‘q — hozircha noma’lum, deb yozdi New York Times Kiyevning harbiy strategiyasi tahlilida.
Ko‘mir konining kengaytirilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidagi Chinniobod mahallasi aholisiga uylarini ko‘chirish yoki buzish uchun 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi. Hokimiyat barcha mulkdorlar bilan kelishuvga erishdi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.
O‘zbekistonda 8−10-oktabrda ob-havo “komfort” bo‘ladi — ammo baribir kechki mahal yengil kiyinib yurolmaysiz. Dam olish kunlari havo sezilarli sovishi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiyda mavsumdagi ilk “sovuq urishi” hodisalari yuz berishi kutilmoqda. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.
O‘zbekistonda ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar qonunlarda kafolatlangan huquqlaridan bexabar qolib ketmoqda. Nogironlar huquqi faoliga ko‘ra, ular yuridik yordam va maslahat olishda ham to‘siqlarga uchrayapti. Shu sababli bunday muammolarga yechim sifatida huquqplus.uz huquqiy axborot portali ishga tushirildi.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord ko‘rsatkichni o‘rnatdi. sentabrda oltin narxining o‘sishi fonida zaxiralar 2 mlrd dollarga oshib, 41,1 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan oy MB oz miqdorda qimmatbaho metall sotdi, ammo oltin zaxirasining qiymati sezilarli darajada ortdi.
Mahallabay ishlash agentligi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Bandlik vazirligiga o‘tkazildi. Vazirlik, shuningdek, ishsizlar hisobini yuritadi, ishga joylashtiradi, kasbga va tillarga o‘qitadi. Kasbiy malaka markazlari tashkil etiladi, bitiruvchilar xalqaro sertifikatlar olishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Uni aeroportda RF prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqalar kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida MDH sammitida qatnashadi.
Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida yuk mashinasiga yonilg‘i quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Davr Bank tashkil etilganining 23 yilligini nishonlaydi hamda mijozlarni bayram va sovrinlar o‘yinida ishtirok etishga taklif qiladi.
O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarim yilligida sudlarda bolani oilaga farzandlikka olish bilan bog‘liq 2701 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, undan 2543 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting