Istanbul va Toshkent o‘rtasida obodonlashtirish sohasi bo‘yicha memorandum imzolandi. Shaharlar gul va ko‘chatlarni ekishning yangi texnologiyalari, yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasi start oldi. U mamlakatning barcha 47 prefekturalarida bo‘lib o‘tadi va Tokioda tugaydi.
Sport va jangovar sambo bo‘yicha Jahon chempionati 12−14 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Sportchilar 21 medallar to‘plami uchun kurash olib boradilar.
Bo‘stonliq tumani «Amirsoy» dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lning 19−20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi. Transport harakati to‘xtatilib, dam olishga bormoqchi bo‘lganlardan sihatgoh tomon harakatlanmaslik so‘ralmoqda.
Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi tarqalishi e’lon qilindi, 2-turdagi poliovirus bilan kasallangan bolalarda falaj kasalligining to‘rtta holati qayd etildi. JSST epidemiyani ikkinchi darajali favqulodda holat deb tasniflamoqda.
AQSHda hujum qurollarini sotishga taqiq qo‘yilishi mumkinligi, Slovakiyada hukumat inqirozi sababli bir necha vazirning iste’fosi, Germaniyada Pasxa ta’tillaridagi cheklovlarning bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida bosh prokuror o‘rinbosari 2020 yilda O‘zbekistonda manzilli dasturlarga yo‘naltirilgan 10 trln so‘mning 845 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganiga e’tibor qaratdi.
Joriy yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari hamda ipoteka dasturlarini moliyalashtirishga 3 mlrd dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Prezident ushbu mablag‘lar tashqi qarz ko‘paymagan holda ajratilishini ma’lum qildi.
Prezident respublikada eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallalari mavjudligini aytdi. 4 mingdan ziyod mahallaning elektr ta’minoti qoniqarsiz ahvolda.
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sherzod Asadov prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlandi.
Samarqandda deyarli 1700 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Bu viloyatdagi eng yirik maktab hisoblanadi. Maktabda 60 ta o‘quv xonasi, ikkita sport zali, shuningdek, futbol, voleybol maydonlari va tennis korti mavjud.
Buxoro va Jizzax neft bazalarida moliyaviy intizom buzilganligi — kamomad va xodimlarga asossiz to‘lovlar, shuningdek, debitorlik qarzlari (33 mlrd va 35 mlrd so‘mdan ortiq) aniqlandi.
Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 507,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Yangihayot tumanida 8 oylik chaqalog‘ini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.
Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook saytida O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan. Shu bilan birga, odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Energetika vazirligining tadbirkorlarning elektr tarmog‘iga ulanishi uchun bir martalik 14,7 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovni joriy etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishilmaganini ma’lum qildi. Loyihaning dastlabki versiyasida to‘lovlar kamroq miqdorda bo‘lgan, qolaversa, unda maishiy iste’molchilarning ham to‘lov qilishi nazar tutilgan edi.
Navro‘z kuni yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan olti ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan uch nafari 15 sutkaga qamaldi.
UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Equinox va Chevrolet Tracker modellarini sotuvga chiqarishni boshladi.
Navoiy viloyatida ayol 3 nafar qiz farzandini temir yo‘l iziga olib chiqqan. Poyezd urilishi natijasida ayol olgan tan jarohatidan vafot etdi, 2016 yilda tug‘ilgan farzandi shifoxonada davolanmoqda.
Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Jumladan, qariyb 3 ming km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 60 foiz mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting