To‘rtko‘l tumanida to‘rt kishidan iborat oila va ularnikiga kelgan mehmon is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Saxovat» hamda «Muruvvat» internat-uylarida sharoitni yaxshilash, xodimlarning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Nuroniylarning holidan xabar olib turish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalar, maktablar biriktirilishi mumkin. SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligini Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
UzAuto Motors Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari ish haqi keskin kamayganidan va undan ushlab qolinayotganidan shikoyat qildilar. Kompaniya ish haqi bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligini ta’kidlab, xodimlarning ish haqidan kredit to‘lovlari ushlab qolinganligini va sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda oilaviy ajrimlar soni yuqori bo‘lib qolayotgani achchiq haqiqat ekanligini va o‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgani buning isboti bo‘lganini ta’kidladi. «Avvallari biror oila ajrashsa, mahallada duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi. Ajrim — bu katta fojia», — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev murakkab pandemiya sharoitida xizmat qilgan ayol shifokorlar, hamshiralar va o‘qituvchilarni tabrikladi. «Siz azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun, odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi», — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda 2021 yilda ham ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes yuritishi va boshqa kasblar bo‘yicha o‘qishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari davom etishini aytdi. Prezident «bironta ham ayol davlat va jamiyat e’tiborisiz qolmaydi» deb ta’kidladi.
Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi «Eng yaxshi aeroport — 2020» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mazkur aeroport «pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo‘lovchi va yuk tashishda faollik ko‘rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan havo darvozasi» sifatida e’tirof etildi.
Imkoniyat bo‘lishi bilan hamma joyni to‘siq bilan o‘rab olishni yaxshi ko‘ramiz. O‘rab qo‘yilgan universitetlar bizga mamlakatda oliy ma’lumot, tibbiyot muassasalari — ularning xizmatlari, davlat idoralari — amaldorlarning odamlarga naqadar yaqinligiga ishora qiladi. To‘siqlar “o‘zimiznikilar"ni “begonalar"dan ajratib turadi. Nima uchun ular bunchalik ko‘p, ularga muqobil yechim bormi va ularni qayerlarda qoldirish mumkin — dizayner Azamat Shamuzafarov maqolasida.
Toshkent viloyatida o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, fuqaroni 5 ming dollarga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Zira.uz ayollar kuni uchun eng mazali va nafis salatlar retseptlari to‘plamini taqdim etadi.
O‘zbekistonda kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi. Birinchisi 2:52 da Toshkent viloyatining Pskent tumanida, ikkinchisi esa Qirg‘izistonda Farg‘ona viloyati bilan chegaraga yaqin joyda qayd etildi.
Xitoyda pensiya yoshining oshirilishi, Kambojada COVID-19'ni qasddan yuqtirganlarga 20 yillik qamoq jazosi berilishi, Qozog‘istonda kondan 260,9 ming dollar qiymatidagi oltin o‘g‘irlangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Gruziya O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga manfiy PZR-test natijalari bilan mamlakatga havo yo‘llari orqali kirishga ruxsat berdi.
Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelgan Vladimir Tyurdenevning o‘rnini egalladi.
Prokuror Toshkent viloyati bosh infeksionisti Gulhajon Yo‘ldoshevani 3 yilgacha muayyaan huquqdan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi. Advokatlar esa boshqacha fikrda. Yo‘ldoshevaning himoyachilari jinoyat ishi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda Chirchiq shahar prokurori tashabbusida qo‘zg‘atilganini aytmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 490 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Olgan Bekarni qabul qildi.
Yakkasaroy tumanida 22 yoshli fuqaro boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» 2 nafar piyodani urib yubordi. Olgan jarohatlari tufayli ulardan biri, 58 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi.
Takroran Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan elchi Sharlotta Adrian Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting