Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha tekshiruvlar sabab Star Med Center klinikasi 11 martdan vaqtincha yopilishi aytilgandi. Biroq bundan bexabar klinika ishlashda davom etaverdi. Ogohlantirish xati olingach, muassasaning o‘zi 10 kunga vaqtincha ishini to‘xtatgani haqida SSVga xabar berdi.
Tijorat banklari 15 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 000 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 455 — 11 505 so‘m.
O‘ta yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxs Latviyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Xabarlarga ko‘ra, u o‘zini AQSh elchixonasi xodimi sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda o‘z xizmatlarini taklif qilib kelgan.
Parlament tomonidan ma’qullangan yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida prezident vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish taklif etilmoqda. Avvalroq Konstitutsiya yangilanganidan keyin prezident va qator boshqa mansabdorlar ham xuddi shu lavozimlarga qayta saylanishi mumkinligi xabar qilingandi.
Ko‘cha tozalovchilar ish tashlagani uchun Parij ko‘chalari chiqindiga to‘lgani, Tailanddagi elektr stansiyasida radioaktiv modda bo‘lgan quvurning yo‘qolib qolgani, Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz ustida Amerika razvedkachi «dron»ini urib tushirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘tgan yil iyul oyida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukmlar 17 mart kuni e’lon qilinadi.
Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydagan Shavkat Mirziyoyev, Konstitutsiyaviy qonunni referendumga qo‘yishni ma’qullagan Senat, AYOQSHlarda Ai-92 benziniga 7500 so‘mlik chegirma, YPX xodimlari haqida video olgani uchun qamalgan jizzaxlik fuqaro va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti ota-onalar majburiyatini oshirish maqsadida Surxondaryo tajribasi sifatida shanba-yakshanbani «ota-onalarning farzand qabul kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi.
Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan don shartnomasini 60 kunga uzaytirishga rozi bo‘ldi. Mazkur bitim 2022 yil iyul oyida tuzilgan va noyabr oyida uzaytirilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining «Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami» mavzusida navbatdan tashqari sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga boradi.
Toshkentda kuzatilgan uzluksiz yog‘ingarchiliklar tufayli Olmazor tumanidagi qariyalar uyining devori qulab tushdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi. Faqatgina devor oldida turgan Nexia 3 avtomobili shikastlangan.
Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qulladi. Qonun uch kun ichida matbuot va boshqa OAVlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining qarorida referendumda qanday savolga javob berish so‘ralishi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, Konstitutsiya yangilangandan so‘ng, davlat amaldorlari ushbu lavozimlarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda saylanishi va tayinlanishi mumkinligi tushuntirildi.
Andre Karstens Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari qabul qilindi.
Uzbekistan Airways 23−31 mart kunlari 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi. Chegirma Yoshlar turizmi haftaligi o‘tkazilishi munosabati bilan taqdim etilmoqda.
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi. Adib “Mening bola qalbim”, “Ko‘ngildagi qo‘shiqlar”, “Umidli dunyo” kitoblari muallifi hisoblanadi. “Gunoh” romani mustaqillikning 17 yilligida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovida 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi Boysun-Denov yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l sifati yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, sifatsiz yo‘lda Malibu haydadi. Shavkat Mirziyoyev bu yo‘llarda harakat qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ekspertlar Suv xo‘jaligi, Energetika vazirligi hamda Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini qoniqarsiz deb baholadi. Bunga rahbarlarning ushbu yo‘nalishda shaxsiy tashabbusi yetarli emasligi ham sabab bo‘lgan. Eng yaxshi natija Soliq qo‘mitasida qayd etildi.
To‘raqo‘rg‘onlik erkak o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab, halok bo‘ldi. 54 yoshli fuqaroning nega bunday qilgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting