Noma’lum moddadan zaharlanish oqibatida Toshkent shahrida TATUning 3 nafar talabasi hamda 2 nafar Singapur instituti va Inxa universiteti talabalari vafot etdi.
Toshkentda joylashgan «Shovotlandiya» kafesida chiqqan yong‘in «mazkur kafeda ishlagan va yashagan besh nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan». IIV yong‘inni samarqandlik shaxs qasddan uyushtirgani va qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda 31 ta sudning yangi binosi qurilsa, mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Loyihalarning dastlabki qiymati — qariyb 644 mlrd etib belgilangan.
Germaniya Orolbo‘yi hududini ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi. Buni o‘zida aks ettirgan bitim O‘zbekiston va Germaniya tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, 4 yilga mo‘ljallangan loyiha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston 2020-yilda olma importini 8,5 baravar — 8876 tonnagacha oshirdi. Eng ko‘p yetkazib berish Qirg‘iziston, Xitoy va Eron davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eksport esa 61,8 foiz — 49,9 mingdan 19 minggacha kamaydi. Ekcportning pasayishi, asosan, Qozog‘istonga bog‘liq.
Senat navbatdagi yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud, davlat xaridlari, ekologik audit, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.
27-fevral kuni erta tongda Toshkent shahridagi “Shovotlandiya” kafesida yong‘in chiqdi. Uning oqibatida jabrlanganlar bor. Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura mas’ullari yetib borgan. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.
AQSh Qrimning Rossiyaga qo‘shilib olinganini hech qachon tan olmaydi, deya ta’kidladi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden.
Taomnomangizni Zira.uz taqdim etgan qiymadan tayyorlanadigan noodatiy taomlar ro‘yxati bilan boyiting.
Poytaxtdagi tug‘ruqxonalarda 703 nafar chaqaloqning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomalarini FHDYOga yubormaslik holatlari aniqlandi. Qolaversa, 888 nafar bola muddatidan kechikib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan, deyiladi DXA xabarida. Natijada o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan 14 nafar mansabdor jarimaga tortildi.
«Meni onkologiya sohasidagi muammolar xavotirga solayapti. Biz oxirgi 10−15 yil ichida ushbu soha jilovini qo‘yib yubordik», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, yaqin kunlarda onkologiya sohasidagi muammolar yechimiga qaratilgan muhim qaror qabul qilinadi. Qolaversa, joriy yilda qariyb 9 mln ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda barcha viloyat hokimlari mahalliy byudjet hisobidan 100 nafardan muhtoj qizlar va ayollarning OTM kontrakt pullarini to‘lab beradi, deya tak’idladi prezident. Unig so‘zlariga ko‘ra, «qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan» xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim joriy qilinadi.
Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshlagani, Ispaniya sobiq qirolining soliq qarzi sifatida 4 mln yevro to‘lagani, Turkmanistonda «turkman alabayi» bayrami ta’sis etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident raisligida ayni paytda o‘tayotgan yig‘ilishda xotin-qizlar salomatligi, aholi bandligi, ijtimoiy farovonlik va xavfsizlik muammolari muhokama qilinmoqda. “Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda omma oldida „sazoyi“ qilish holatlari oddiy holatga aylanib bormoqda”, — deya ta’kidladi prezident.
Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining ta’kidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar — qulay investitsiya muhitining yo‘qligi, xususiy mulk huquqlarini tartibga solish va himoya qilish sohasining nomukammalligi bo‘lib turibdi. Amaldagi investitsiya tendensiyalarining shunday davom etishi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni sekinlashtirishi mumkin.
Prezident Farg‘onadagi Shodiyona va Namangandagi Bunyodkor mahallalaridagi vaziyatni «prezident siyosatiga xiyonat» deb atadi. Davlat rahbari «quyidagi» muammolarni tushunish hamda vazifa va topshiriqlarni «to‘g‘riroq» belgilab olish uchun amaldorlarga mahallalarga ko‘chib o‘tishni taklif etdi.
Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan uylarni ekspertizasiz qurishning taqiqlanishi, aholining minimal iste’mol xarajatlari, O‘zbekiston fuqarolari uchun turistik yig‘im, alimentlarni undirishning yangi tizimi — 1 martdan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga arzonladi va jami 10 525 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Prezident yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Unga muvofiq, auditorlik faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarildi. Endi ushbu faoliyat faqat Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi.
Namangan viloyati hokimi prezident tanqid qilgan “Bunyodkor” mahallasida yashashini ma’lum qilgan edi. Hozirda ushbu hududda konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘raldi. Bundan tashqari, uy hovlisida fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham barpo etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting