O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi futbolchilari avstraliyalik raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Qolaversa, terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
2019−2020 yillarda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi bo‘lgan Bahodirjon Sidiqov yana kompaniyaga rahbar bo‘ldi.
SSV vayner Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha laborator tahlil va MSKT tekshiruvlari natijalarini e’lon qildi. Aytilishicha, bemorga rinoseptoplastika amaliyoti uchun narkoz berilgan, biroq operatsiya davrida ahvoli yomonlashib, o‘lim qayd etilgan. Hozirda Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Toshkentda relsdan chiqib ketgan yuk poyezdi vagonlari, yana chang bo‘roni, hali ham shohsupada turgan 47 yoshli atlet Oksana Chusovitina, MIBning yangi rahbari, bosh vazirga matbuot kotibi, Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigitning 15 sutkaga qamalgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Toshkentda Changan yuk mashinasi yo‘l chetida turgan Matiz, so‘ngra Cobalt bilan to‘qnashdi. Hodisa natijasida Matiz’ning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi ilg‘or Yevropa texnologiyalari va Rossiya Ukrainada harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa tovarlar importini keskin oshirgan davlatlarga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Gap Turkiya, BAA hamda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
Bo‘ka tumanidan yunon ma’budasi tasviri tushirilgan ko‘za topildi. Uning miloddan avvalgi III asrga tegishli ekani aytilmoqda.
47 yoshli atlet Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining 3-bosqichida kumush medalga ega chiqdi. Bungacha o‘tgan 2 bosqichda u 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
2023 yilda davlat aktivlarini xususiylashtirish O‘zbekiston davlat budjetiga 10 trln so‘m daromad keltiradi, deb taxmin qilmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Bu oldingi yilgi prognozga nisbatan 66,6 foizga ko‘p. Daromadlar davlat budjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi.
Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.
Prezident farmoni bilan Muzaffar Egamberdiyev Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Toshkent shahrining elektrga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida Yuqori Chirchiq tumanida 2023 yil yakunigacha 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari ishga tushiriladi. Shuningdek, elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasiga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Avstriyaning «eee Austria» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Avstriya va Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashish uchun migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tuzish masalasi muhokama qilindi.
Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘li Sergeli 5-bekatidan «Zangiota-2» yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yildi. Avvalroq xodimlar va bemorlar transport yo‘qligidan shikoyat qilgandi.
Yashnoboddagi 152-maktabda o‘qituvchi darsga xalaqit bergani uchun bolani urib, darsdan chiqarib yubordi. Tuman sudi pedagogga 900 ming so‘m jarima tayinladi. O‘qituvchi esa mazkur holat maktab direktori tomonidan uyushtirilgani va majburiy ishdan bo‘shatilganini aytmoqda.
Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi. Viloyat IIB uning shaxsiga aniqlik kiritib, 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.
Bosh vazir matbuot kotibi lavozimiga avval hukumatning Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri lavozimida ishlagan Bekzod Shukurov tayinlandi.
Pekinda Eron va Saudiya Arabistoni vakillari diplomatik munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha bayonot imzoladi. Rasmiylar ikki oy ichida elchixonalarni qayta ochishga kelishib oldi. Munosabatlar 2016 yil Saudiyada shia ruhoniysi qatl etilishi va Tehrondagi qirollik elchixonasiga o‘t qo‘yilishi ortidan uzilgandi.
Yalpizli aralashma qo‘shib tayyorlangan, bodring va karamli salat, gruzincha, no‘xat va sabzavotli salat va boshqalar — Zira.uz foydali va tez tayyorlanadigan bahoriy salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Tijorat banklari 11 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 335 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 400 — 11 450 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting