Arxiv

Xitoy hukumati JSSTga Vuxandagi ilk COVID-19 bemorlari haqida ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi
13 fevral 2021, 14:59

Xitoy hukumati JSSTga Vuxandagi ilk COVID-19 bemorlari haqida ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi

Xitoy hukumati koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun yetib borgan JSST mutaxassislariga Vuxan shahrida 2019 yil dekabrda aniqlangan ilk COVID-19 bemorlari haqida ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi.

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi
13 fevral 2021, 14:55

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi

Namangan shahrida avtobus haydovchisi bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirgan. Eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi, eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan va voqea joyida vafot etgan.

Nima tayyorlaymiz: stakandagi desertlar
13 fevral 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: stakandagi desertlar

Zira.uz porsiyalarga bo‘lingan noodatiy va juda mazali desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi
12 fevral 2021, 22:54

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi

12-fevral kuni epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Jumladan, epitsentrdan 499 km uzoqlikdagi Toshkentda 2−3 ballik silkinish qayd etildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 fevral 2021, 20:24

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni uzishga tayyorligini ma’lum qilgani, Facebook’ning AQSH hukumatiga Vashingtondagi tartibsizliklar ishtirokchilarini aniqlashda yordam bergani, Turkmanistonda prezident o‘g‘li bosh vazirning o‘rinbosari etib tayinlangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Hamma „kattakon“ uchastka noziriga buyruq beradi» — Shavkat Mirziyoyev
12 fevral 2021, 19:04

«Hamma „kattakon“ uchastka noziriga buyruq beradi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev IIV hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida «hamma „kattakon“ uchastka noziriga buyruq beradi», deya ta’kidladi. Prezident shuningdek, «o‘zi eng katta mehnatkash — profilaktika inspektori» ekanini aytdi. Davlat rahbari IIV xodimlari maoshini 30 foizga, mahallada xizmat qilayotganlarning maoshini esa 60 foizgacha oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev
12 fevral 2021, 18:16

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.

Yaponiyada pandemiya sababli yolg‘izlik vaziri lavozimi joriy etiladi
12 fevral 2021, 17:59

Yaponiyada pandemiya sababli yolg‘izlik vaziri lavozimi joriy etiladi

Yaponiyada yolg‘izlik va yakkalanishga qarshi kurashni boshqaruvchi vazir lavozimi joriy etiladi. Vazir shu bilan birga, keksa yoshdagi va kambag‘al oilalar farzandlarinining ahvolini kuzatib borishi kerak bo‘ladi.

Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori bo‘ldi
12 fevral 2021, 17:31

Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori bo‘ldi

Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.

Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi
12 fevral 2021, 16:51

Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi

«Qoraqalpoqagrokimyohimoya»ning Beruniy tumani filiali mansabdorlari 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bahodir Matlyubov IIV akademiyasi rahbarligidan ozod etildi
12 fevral 2021, 16:35

Bahodir Matlyubov IIV akademiyasi rahbarligidan ozod etildi

Prezident farmoyishiga asosan Baxodir Matlyubov IIV Akademiyasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Ushbu lavozimga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Xatamov tayinlandi.

Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
12 fevral 2021, 16:31

Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Najmiddin To‘raxodjayev vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yaxyojon Abdulxakov esa vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimini egalladi.

Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
12 fevral 2021, 16:06

Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Toshkent prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident
12 fevral 2021, 15:54

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.

“Voqea joyida sudlanuvchilarning hech birini ko‘rmaganman” — “So‘x voqealari” bo‘yicha sudda guvoh ko‘rsatuvi tinglandi
12 fevral 2021, 15:20

“Voqea joyida sudlanuvchilarning hech birini ko‘rmaganman” — “So‘x voqealari” bo‘yicha sudda guvoh ko‘rsatuvi tinglandi

“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.

Dam olish kunlari quruq va iliq havo saqlanib turadi
12 fevral 2021, 15:11

Dam olish kunlari quruq va iliq havo saqlanib turadi

O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati bahoriy ko‘rsatkichlarga qadar ko‘tariladi.

Samarqandda konservadan 5 kishi zaharlandi, bir kishi vafot etdi
12 fevral 2021, 14:39

Samarqandda konservadan 5 kishi zaharlandi, bir kishi vafot etdi

Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

Avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari fuqarolarning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi
12 fevral 2021, 13:57

Avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari fuqarolarning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi

Kam foizli avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari 100 dan ortiq fuqaroning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Unga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda ish vaqtida halok bo‘lgan ikki ishchining oilasiga tovon pullari to‘lanmayotgani ma’lum qilindi
12 fevral 2021, 13:33

Samarqandda ish vaqtida halok bo‘lgan ikki ishchining oilasiga tovon pullari to‘lanmayotgani ma’lum qilindi

Samarqandda maktab qozonxonasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada o‘t yoquvchi halok bo‘lgan. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi esa quvurda ishlayotganda ustiga chiqindi va suv kelib qolishi oqibatida suv ostida qolib vafot etgan. Har ikki holatda ham marhumlarning yaqinlariga bir martalik nafaqa va oylik tovon pullari to‘lab berilmagan. Viloyatda mehnat xavfsizligi borasida qator qoidabuzarliklar aniqlangan.

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri
12 fevral 2021, 12:09

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri

Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting