Arxiv

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yangi direktor tayinlandi
11 fevral 2021, 23:13

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yangi direktor tayinlandi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib Akbar Rizayev tayinlandi. U bunga qadar AOKAda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 51-o‘rinni egalladi
11 fevral 2021, 21:15

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 51-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dunyodagi eng kuchli armiyalarning Global Firepower 2021 reytingida 136 ta davlat orasida 51-o‘rinni egalladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
11 fevral 2021, 20:30

Jahon yangiliklari dayjesti

Germaniyada karantin muddatining 7 martgacha uzaytirilishi, Myanmada namoyishchilarga o‘q uzilgani, AQSHda sobiq respublikachilarning yangi partiya tuzishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qo‘qon davlat pedagogika institutining «chastnaya lavochka»dan farqi yo‘q — vazir
11 fevral 2021, 19:56

Qo‘qon davlat pedagogika institutining «chastnaya lavochka»dan farqi yo‘q — vazir

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi muammolarga to‘xtalib, institutning «chastnыy lavochka»dan farqi yo‘qligini aytdi. Hisobida 100 mlrd so‘m bo‘lishiga qaramasdan, eshik-romlar «kolxoz» idorasinikidan battar ekani, talabalar parta-stullarda o‘tirib bo‘lmasligidan shikoyat qilayotganini aytdi. Rektor xayfsan oldi, bir prorektor ishdan bo‘shatildi. Qolgan prorektorlarga esa bir oy muddat berildi.

2023 yildan boshlab O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi
11 fevral 2021, 18:35

2023 yildan boshlab O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi

2022 yil 1 yanvardan boshlab uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi.

Dunyo bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlar soni 60 milliondan oshdi
11 fevral 2021, 18:28

Dunyo bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlar soni 60 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlar soni 60 mln 120 mingdan oshdi. Shuningdek, infeksiya yuqtirganlar soni 107,4 milliondan, vafot etganlar soni 2,35 milliondan oshgan.

Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi
11 fevral 2021, 18:21

Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi

Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Saidjamol Sultonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi
11 fevral 2021, 18:19

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ma’qulladi.

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda kimlar emlanadi?
11 fevral 2021, 18:15

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda kimlar emlanadi?

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 65 yoshdan oshgan qariyalar, surunkali kasalliklari bor shaxslar, maktab o‘quvchilari, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish organi xodimlari birinchi navbatda emlanishi ma’lum qilindi.

Germaniya bilan aviaqatnovlar cheklovi bekor qilindi
11 fevral 2021, 17:57

Germaniya bilan aviaqatnovlar cheklovi bekor qilindi

Maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aviaqatnovlarga joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi.

Davlat organlariga Digital Holding bilan tenderlarsiz shartnoma tuzishga ruxsat beriladi
11 fevral 2021, 17:23

Davlat organlariga Digital Holding bilan tenderlarsiz shartnoma tuzishga ruxsat beriladi

«USM Telecom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan Digital Holding korxonasiga stansiyalarni qurish uchun doimiy foydalanishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini auksionlarsiz olish imkoniyati, va shuningdek, turli imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, prezident qarori bilan korxonaga bir qator vazifalar qo‘yildi.

Samarqandda 300 ming daraxt va butalar ekiladi
11 fevral 2021, 16:34

Samarqandda 300 ming daraxt va butalar ekiladi

Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.

2023 yildan ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi
11 fevral 2021, 16:10 1

2023 yildan ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi

Hukumat qarori bilan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi. Rasmiy veb-saytlar, mahalliy OAV, internet saytlari, rasmiy hujjatlar va ish qog‘ozlari ham to‘liq lotin yozuviga o‘tkaziladi. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokama uchun ham lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida e’lon qilinishi kerak bo‘ladi.

Andijon viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Andijon tumani hokimi bo‘ldi
11 fevral 2021, 15:51

Andijon viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Andijon tumani hokimi bo‘ldi

Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Bag‘dod tumanida 8 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
11 fevral 2021, 15:33

Bag‘dod tumanida 8 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati «Yermulkkadastr» Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi o‘zini haliyam kadastrda ishlashini aytib, fuqaroga 8 gektar yer olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga esa 8 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushadi.

O‘zbekistondagi eng faol banklar aniqlandi
11 fevral 2021, 15:32

O‘zbekistondagi eng faol banklar aniqlandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi yirik banklarning faollik indeksida «Kapitalbank», Hamkorbank va «Aloqabank» eng yuqori o‘rinlarni egalladi.

Ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini oshiradi — CDC
11 fevral 2021, 14:33

Ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini oshiradi — CDC

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, mahkam jipslangan niqob yoki ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.

6 kgdan ko‘proq giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhlar qo‘lga tushdi
11 fevral 2021, 14:30

6 kgdan ko‘proq giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhlar qo‘lga tushdi

Davlat bojxona qo‘mitasi hamda DXX hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda 6 kgdan ko‘proq giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhlar qo‘lga tushdi. Og‘ular xorij davlatidan sotish maqsadida keltirilgani aniqlandi.

Namanganda sodir etilgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
11 fevral 2021, 13:48

Namanganda sodir etilgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Namangan shahrida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Lacetti katta tezlikda reklama ustuniga borib urildi. Buning oqibatida, haydovchi va mashina ichidagi ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.

Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha qonun buzilmaganini ma’lum qildi
11 fevral 2021, 13:45

Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha qonun buzilmaganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning ishi bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi. Bundan tashqari, bloger ustidan 7 ta holat bo‘yicha murojaatlar kelib tushgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting