Arxiv

Afg‘onistonlik ayollar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini o‘rganishadi
10 iyul 2020, 18:38

Afg‘onistonlik ayollar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini o‘rganishadi

Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.

Yana 134 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 11857)
10 iyul 2020, 17:04

Yana 134 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 11857)

Koronavirus holatlari 134 taga ko‘payib, jami 11857 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlandi.

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi
10 iyul 2020, 16:35

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli termizlik bemor (erkak kishi) miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 53 nafarga yetdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi final bahslariga qur’a tashlandi
10 iyul 2020, 16:31

Yevropa Chempionlar Ligasi final bahslariga qur’a tashlandi

Shveysariyaning Nyon shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahslarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, final o‘yinida Atalanta, PSJ, Leypsig va Atletiko Madrid jamolaridan biri aniq qatnashadi.

AQSH harbiylarining O‘zbekistondagi bazada zaharlangani haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor qilindi
10 iyul 2020, 16:15

AQSH harbiylarining O‘zbekistondagi bazada zaharlangani haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor qilindi

2001−2004 yillar mobaynida Qarshi-Xonobod bazasida bo‘lgan Amerikalik harbiylar zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor etildi. Ma’lumotga ko‘ra, harbiylarning bazaga joylashtirilishidan oldin ushbu hududda Sobiq Ittifoq raketalari yo‘q qilingan.

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi
10 iyul 2020, 14:53

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Yoshlar Ittifoqi raisi lavozimida ishlab kelayotgan va eng yosh Senat a’zosi Alisher Sa’dullayev yangi tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi.

Dam olish kunlari harorat biroz pasayishi kutilmoqda
10 iyul 2020, 13:55

Dam olish kunlari harorat biroz pasayishi kutilmoqda

Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Dam olish kunlari harorat saqlanib turadi. Juma va shanba kunlari poytaxtda va Toshkent viloyatida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida momaqaldiroq va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilishi mumkin.

Majburiy obuna tashkil etish va majburiy mehnatda ayblangan hokim o‘rinbosari sudda yutib chiqdi
10 iyul 2020, 13:31

Majburiy obuna tashkil etish va majburiy mehnatda ayblangan hokim o‘rinbosari sudda yutib chiqdi

O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishda ayblangan hokim o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev birinchi instansiya sudida aybsiz deb topildi.

Qariyb 3750 nafar fuqaro Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi
10 iyul 2020, 13:07 1

Qariyb 3750 nafar fuqaro Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida to‘planib qolgan 3746 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazilib mamlaktga qaytgan. TIV ma’lum qilishicha, hozirda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q va fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

13 iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar to‘xtatiladi
10 iyul 2020, 12:15

13 iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar to‘xtatiladi

10 iyul sanasidan avtobuslar harakati va 13 iyul kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi. Shuningdek, faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi.

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
10 iyul 2020, 11:54

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bank statistika va tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Seul meri o‘lik holda topildi
10 iyul 2020, 11:43

Seul meri o‘lik holda topildi

Seulning bedarak yo‘qolgan meri Pak Von Sun o‘lik holda topildi. O‘limning dastlabki sababi sifatida o‘z joniga qasd qilish aytilmoqda. Uning ish stolida xayrlashuv maktubi topilgan. Avvalroq, Seul meriga qarshi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar ko‘yilgandi.

Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
10 iyul 2020, 10:58

Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Jamshid Abruyev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, u ushbu vazirlikning boshqarmalaridan biriga boshliq bo‘lib kelayotgan edi.

Zarafshonlik koronavirus bemori vafot etdi
10 iyul 2020, 10:13

Zarafshonlik koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli zarafshonlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 52 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari 11,7 mingdan oshdi
10 iyul 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 11,7 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 159 nafarga ortib, jami 11723 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazi, Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 49 nafari aholi orasida.

Koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi yana rekord qayd etdi — 472 ta
10 iyul 2020, 00:02

Koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi yana rekord qayd etdi — 472 ta

9 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar (472 kishi) va o‘lim ko‘rsatkichlari (6 ta) bo‘yicha rekord yangilandi. 190 ta holat aholi orasida aniqlandi. 10 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.

COVID-19: 51-o‘lim Surxondaryoda qayd etildi
9 iyul 2020, 23:55

COVID-19: 51-o‘lim Surxondaryoda qayd etildi

Surxondaryoda koronavirus aniqlangan 35 yoshli erkak bemor hayotdan ko‘z yumdi. U ham o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, uyida mustaqil davolangan. O‘zbekistonda kun davomida 6 kishi, umumiy 51 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Koronavirusdan 50-o‘lim qayd etildi
9 iyul 2020, 22:37

Koronavirusdan 50-o‘lim qayd etildi

Koronavirusdan navbatdagi — 50-o‘lim Buxoroda qayd etildi. 53 yoshli bemor 20 iyundan buyon davolanib kelayotgan edi.

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi
9 iyul 2020, 20:14

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi. Loyiha 18,9 million dollarga baholanmoqda.

“Hozircha birinchi sinflar uchun onlayn ta’limni joriy qilish haqida gap yo‘q” — Sherzod Shermatov
9 iyul 2020, 20:01

“Hozircha birinchi sinflar uchun onlayn ta’limni joriy qilish haqida gap yo‘q” — Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri epidemiologik vaziyat sentyabrgacha yaxshilansa, bolalar maktablarda o‘qishni boshlashini ma’lum qildi. Darslarni televideniye orqali namoyish etish esa to‘xtamaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting