Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 million kishidan ortiq bo‘lgan 18−30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etishini ma’lum qildi. Yoshlar muammolarini hal etish uchun hududlarda sektor rahbarlari mas’ul bo‘ladi. 2021 yilda 500 ming nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.
Oshayotgan ish haqi va aksiz soliqlari, qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvining to‘xtatilayotgani va boshqalar — 1 fevraldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Akshagul Tulegenovaning ma’lum qilishicha, saylovlarning dekabrda o‘tkazilishi saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlar yangi yilning birinchi choragi oxiriga qadar cho‘zilishiga olib kelib, natijada Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlar kechiktirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
26 yanvar kuni imzolangan farmon bilan prezidentga o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish huquqi berildi. Bunda afv etilayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘lishi talab etilmaydi.
Xalqaro mehnat tashkilotining 2020 yilgi «Uchinchi tomon monitoringi» natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda o‘tgan yili tizimli majburiy va bolalar mehnati qayd etilmagani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, hisobot davomida 46 ta majburiy mehnat holati aniqlangani, 42 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgani aytildi.
Samarqand viloyatida «Spark» va «Nexia-3» to‘qnashuv zarbidan yo‘lning chetida turgan piyoda urib yuborildi. Fuqaro tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs 4500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida jamoat joylarida fuqarolardan 567 ta pichok, bir qancha bolta, kastet va bitalar topildi. Sovuq qurollar o‘quv dargohlaridagi o‘smirlarda borligi ham aniqlandi.
AQSH davlat kotibi lavozimiga Senat 58 yoshli Entoni Blinken nomzodini tasdiqladi. Uning nomzodini Senatning 78 nafar a’zosi tasdiqladi
2020 yilda «tez yordam» xizmatlariga 11,5 milliondan ko‘proq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 million marotaba ko‘proq. Eng ko‘p chaqiriqlar Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan.
Qonunchilik palatasi 30 iyulni Xalqlar do‘stligi kuni sifatida belgilaydigan qonunni qabul qildi. 2011 yilda BMT ushbu canani Xalqaro do‘stlik kuni deb e’lon qilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilishda ilk bor rasmiy statistikada hisobga olinmagan yoshlar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish haqidagi moddaga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ta’limda tilni erkin tanlash huquqlarini buzish, davlat tilini mensimaslik uchun jarima miqdori oshiriladi.
DXX, Antikorrupsiya agentligi va DBQ tomonidan Toshkent viloyatidagi «Yallama» postida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish evaziga pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi.
25 yanvar kuni marhum olim Andrey Kubatinning nohaq qamalgani va uning oila a’zolariga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash yuzasidan Uchtepa tumanlararo sudida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ma’naviy zarar undirish bo‘yicha da’voni marhumning opasi Klara Saxarova kiritgan. Javobgar sifatida Toshkent shahar Moliya boshqarmasi sudga jalb etilgan va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirish so‘ralgan.
Qashqadaryoda haydovchi hujjatlari yo‘qligi sababli YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zaro janjalni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, mashina davlat raqamisiz bo‘lgani ma’lum qilingan. Fuqaroga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechishi rejalashtirilmoqda. Qoidabuzarliklarni faqat patrul avtomobillari orqali aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Andijon tumanidagi sanoat hududida 30 sotix yerni tadbirkorga 15 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi. Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oylik axloq tuzatish jazosi tayinlangan.
Rossiya perezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jozef Bayden o‘rtasida birinchi marta telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari «Ochiq osmon» shartnomasi, Ukrainaning ichki kelishuvi va pandemiya davridagi hamkorlik masalalariga to‘xtalishdi.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mln 248 mingdan oshdi. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida bo‘lib turibdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting