2021 yilgi xalqaro jinoyatchilik darajasi indeksida O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha 40-o‘rinni egalladi. 2020 yil yarim yilligi bo‘yicha hisobotda O‘zbekiston 26-o‘rinda edi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 1 martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari respublika bo‘ylab samolyot bilan sayohat qilganda, chipta narxining 30 foizi qaytarilishi (cash back tartibi) mumkin.
O‘zbekistonda pandemiya hukmron bo‘lgan 2020 yilda 175,6 ming kishi vafot etib, bir yil avvalgiga nisbatan 21 mingta (13,58 foiz) ko‘proq o‘lim qayd etildi. Qayd etilgan o‘lim holatlarining 60 foiziga qon aylanish tizimi kasalliklari sabab bo‘lgan.
Finlyandiya koronavirusga qarshi kurashish maqsadida yaqin orada mamlakatga kirish bo‘yicha cheklovlarni kuchaytirmoqda va turistlar qabul qilinmasligi ma’lum qilindi. Avstraliya esa yil ohirigacha chegaralarni to‘liq ochmasligi mumkin.
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 1-martdan gaz importi uchun belgilangan bojxona bojini bekor qilish, elektr energiyasi va gaz ulgurji bozorini shakllantirish orqali sohadagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Daraxt kesishga joriy etilgan moratoriy muddatini 2021 yil oxirigacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatilishi mumkin.
2021-yilgi davlat dasturi loyihasidan yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish taklifi o‘rin olgan. Jamoatchilik bildirgan takliflarda YHXXning asosiy faoliyatini “fuqarolarga ko‘mak berish"ga yo‘naltirish maqsad qilingan. Muhokama 10 kun davom etadi.
1 iyuldan boshlab ishlamaydigan fuqarolar pensiyaga chiqishlari uchun, ularning turmush o‘rtoqlari har oyda o‘z daromadidan ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin bo‘ladi. 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday qo‘shimcha hujjatlar so‘ralmasdan hisoblanadi.
O‘zbekiston bo‘yicha mavjud jami 10 008 ta maktabning 318 tasi (162 ta maktab va 156 ta maktab filiali) qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali isitilmoqda. Qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori.
Buxoro viloyatida shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbari bo‘limga tegishli 24 dona «LED» ekranlarini belgilangan talablarga zid ravishda hisobdan chiqarganliklari aniqlandi. Umumiy hisobda 263,5 mln so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘lgan.
OTMlarga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etilishi kutilmoqda. Grant sohibi bo‘lgan talaba barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lsa, unga prezident granti stipendiyasi to‘lab boriladi.
Samarqand viloyatidagi MTM mudirasi bolani kaltaklayotgani aks etgan videolavha bo‘yicha tergov ishlari boshlandi. Mudiraning izoh berishiga ko‘ra, u bola haqoratli so‘zlarni aytgani uchun qiziqqonlik qilgan.
Haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq havo saqlanib turadi. 22 yanvarda ob-havo keskin o‘zgaradi va respublika bo‘yicha qor yog‘ishi kutiladi.
Shavkat Mirziyoyev 10 kun ichida ikki nafar vazir hamda bir qancha vazir o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilganiga to‘xtaldi. Qolaversa, davlat rahbari ikki nafar bosh vazir o‘rinbosarining “oxirgi xayfsan bilan zo‘rg‘a ishda qolganini” aytdi. “Aravani tortmasa, ketishi kerak”, — dedi prezident.
Tibbiyot tashkilotlarini 2022-yil 1-yanvardan ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy etiladi. Tashkilotlarga oliy, birinchi va ikkinchi toifalarga ko‘ra, akkreditatsiya guvohnomasi beriladi.
O‘zbekistonga AQSHning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming dona vaksina olib kelinadi. Mamlakatda emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.
Toshkentda pandemiya sharoitida chet elga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasallik haqidagi hujjatlarni 1200 dollardan pullagan aviakassa rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi.
2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1148 ta jinoyat ishi ochilgan. Ular yetkazgan moddiy zarar 500 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Qashqadaryo viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari davolanishga jo‘natildi. Ularning o‘rniga vaqtincha yoshlar hokim o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Dollarning rasmiy kursi 27 so‘mga qimmatladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting