Arxiv

Koronavirus bemorlari soni 5561 nafarga yetdi
17 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 5561 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 68 nafarga ortib, jami 5561 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 62 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 6 nafari Surxondaryo viloyatida aniqlandi.

Toshkent davlat transport universitetiga rektor tayinlandi
17 iyun 2020, 09:21

Toshkent davlat transport universitetiga rektor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Odil Abduraxmanov yangi tashkil etilgan Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlandi.

Inqiroz davrida qayerga investitsiya qilish mumkin?
17 iyun 2020, 09:00

Inqiroz davrida qayerga investitsiya qilish mumkin?

Victory Investing kompaniyasining vakillari «UZINVEST.UZ» investitsion maydoni va sarmoya kiritishda uning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.

Kun davomida 230 ta holatda koronavirus aniqlandi
17 iyun 2020, 00:23

Kun davomida 230 ta holatda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda bir kunda 230 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan 196 nafari karantin muassasalarida, 20 nafari aholi orasida, 14 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasida qayd etildi.

Koronavirus holatlari soni 165 taga oshdi
16 iyun 2020, 23:51

Koronavirus holatlari soni 165 taga oshdi

O‘zbekistonda yana 165 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 5493 taga yetdi. Yangi holatlarning 104 tasi Qashqadaryo viloyatida kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etildi.

COVID-19 alomatlari yengil kechayotgan bemorlar uy sharoitida davolanadi
16 iyun 2020, 21:58

COVID-19 alomatlari yengil kechayotgan bemorlar uy sharoitida davolanadi

Prezident koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz o‘tayotgan bemorlarni uy sharoitida ushlash va davolash amaliyotini joriy etishga topshiriq berdi.

Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 trillion so‘mdan ziyod kredit resurslari ajratiladi
16 iyun 2020, 21:06

Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 trillion so‘mdan ziyod kredit resurslari ajratiladi

Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 trillion so‘m yoki 100 million dollar ekvivalentida kredit resurslari ajratiladi. Maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi.

Olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratiladi
16 iyun 2020, 20:04

Olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

57 holatda COVID-19 yuqtirish manbai noma’lumligicha qolayotgani aytildi
16 iyun 2020, 19:58

57 holatda COVID-19 yuqtirish manbai noma’lumligicha qolayotgani aytildi

Toshkentda ikki hafta ichida aholi orasida 482 ta koronavirus holati aniqlangan, ularning 57 tasida virus qayerdan yuqtirilgani noma’lum. Prezident hushyorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshirish lozimligini ta’kidladi.

Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlar sonini ko‘paytiradi
16 iyun 2020, 19:47

Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlar sonini ko‘paytiradi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganchga va Nukusga aviaqatnovlar sonini ko‘paytirib, poytaxtdan Buxoroga reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi
16 iyun 2020, 18:06

Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi

Shuhrat Sattorov Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori etib tayinlandi.

O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatiladi
16 iyun 2020, 17:07

O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatiladi

21 iyun kuni O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatilishi mumkin. Mazkur astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi.

35 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5328 taga yetdi
16 iyun 2020, 17:02

35 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5328 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 5328 taga yetdi. Yangi holatlar karantin markazlari hamda Toshkent shahri va Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.

Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori etib tayinlandi
16 iyun 2020, 16:21

Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori etib tayinlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi. U madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.

KXDR chegaraning o‘z qismidagi Janubiy Koreya bilan aloqa ofisini portlatib yubordi
16 iyun 2020, 15:57

KXDR chegaraning o‘z qismidagi Janubiy Koreya bilan aloqa ofisini portlatib yubordi

Shimoliy Koreyadagi Keson shahrida portlashlar eshitildi va tutunlar ko‘rindi. Ma’lum bo‘lishicha, koreyslararo aloqa idorasi portlatib yuborilgan. Bunga sabab qilib Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari kelayotgani ko‘rsatildi.

O‘zbekiston shaharlarida yana zilzila sezildi
16 iyun 2020, 15:17

O‘zbekiston shaharlarida yana zilzila sezildi

Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Bir kun ichida ikkinchi marta yer osti silkinishlari qayd etildi.

Aholi orasida COVID-19 holatlari qayd etilayotganiga aniqlik kiritildi
16 iyun 2020, 15:01

Aholi orasida COVID-19 holatlari qayd etilayotganiga aniqlik kiritildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi ikki kunda aholi orasida aniqlangan ayrim koronavirus holatlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Infeksiya yuqtirganlar orasida o‘quvchidan tortib talabagacha, bog‘bondan avtomobil ustasigacha bor.

Abdulaziz Kamilov “Bir makon, bir yo‘l” videokonferensiyasida qatnashadi
16 iyun 2020, 14:49

Abdulaziz Kamilov “Bir makon, bir yo‘l” videokonferensiyasida qatnashadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi koronavirusga qarshi kurashishga bag‘ishlangan videokonferensiyada qatnashadi.

Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajarish Kubatbek Boronovga yuklatildi
16 iyun 2020, 14:17

Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajarish Kubatbek Boronovga yuklatildi

Qirg‘iziston parlamenti Muxammedkaliy Abilgaziyev istefosidan so‘ng hukumatning texnik rahbarligiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov nomzodini ma’qulladi.

Samarqand viloyat IIB YHXB noqonuniy jarimaga tortilgan haydovchiga tovon to‘laydigan bo‘ldi
16 iyun 2020, 13:56

Samarqand viloyat IIB YHXB noqonuniy jarimaga tortilgan haydovchiga tovon to‘laydigan bo‘ldi

Samarqand viloyat IIB YHXB asossiz jarimaga tortilgan oqdaryolik haydovchi foydasiga 1,5 mln so‘m ma’naviy zararni to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, dastlab to‘langan davlat boji va pochta xarajati ham IIB YHXBdan undiriladigan bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting