1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l qoidalariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joyida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, niqob taqmagan va jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarliklari dronlar orqali fiksatsiya qilinadi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi oppozitsiya lideri Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘adi. U xayriya sifatida yig‘ilgan 356 million rublni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.
Qirg‘izistonning Bishkek shahri va Chuy viloyatida 176 va 24 o‘rinli ikkita modulli shifoxona ishga tushirildi. Shifoxonalar qurilishi va jihozlanishi O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirildi.
Senati sud hokimiyati faoliyati oid Konstitutsiyaga o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonunni o‘z saytida e’lon qildi. Ushbu qonun matni Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan bo‘lsa-da, jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmagan edi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda karshering tashkilotlari faoliyatiga imkoniyat berildi. 10 yanvardan avtomototransport vositalarini ushbu tashkilotlaridan 30 kungacha ijaraga olish mumkin bo‘ladi. Ushbu tashkilot avtomototransport vositalari maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart.
Xorvatiyada epitsentri Petrinya shahri bo‘lgan 6,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Hozirga qadar 500 dan ortiq fuqaro uysiz qolgan, 7 nafari vafot etgan.
Toshkent viloyati hududidagi temiryo‘llarda ikki nafar fuqaroni yuk poyezdi urib ketdi. Haloqat fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida, quloqchinlarni taqib harakatlanganliklari tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ulardan biri, 32 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan.
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi. Loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan.
Rosselxoznadzor 1 yanvardan boshlab Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 34 ta korxonaga Rossiyaga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berdi.
O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqatgina elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, mamlakat ichida elektromobillarni sotib olishda va ularni vaqtinchalik olib kirishdagi yig‘imlar bekor qilinadi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Andijon va Jizzax viloyatlarida davlat xaridlaridagi «tanish-bilishchilik» aslida yangilik emasligi, bu ikki holat «aysberg»ning uchi ekanligi hamda qonunchilikda davlat xaridlari sohasidagi manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlik yo‘qligini ta’kidladi.
Demokratiyalashuv va erkinlik — bu shunchaki so‘zlar, qadriyatlar va tamoyillar emas. Demokratiyalashuv — iqtisodiy o‘sishning sababi. Tadqiqotchilarning buni qanday isbotlashganligini iqtisodchi Behzod Xoshimovning maqolasida o‘qing.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida eng ko‘p «yoshlar», «ta’lim» va «pandemiya» so‘zlarini ishlatdi. Davlat rahbari nutqida 41% urg‘u iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 28% ijtimoiy sohaga doir masalalarga qaratildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari murojaat bo‘yicha lingvistik va kontent tahlilni taqdim etishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida mamlakatdagi 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartirilishi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgann jazo qisqartirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinishini ma’lum qildi.
UzAuto Motors kompaniya haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda «maxsus buyurtma» asosida turli bo‘hton va asossiz xabarlarning tarqatilganligini tak’idladi. Kompaniya bu nafaqat brend nufuziga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatayotganligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida hukumatga madaniy meros ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha maxsus dasturni qabul qilishni topshirdi. Prezident oxirgi vaqtlarda ba’zi yodgorliklarga beparvo munosabatda bo‘linayotganini qoraladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini o‘tkazish masalasiga to‘xtaldi. «Biz o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalarini milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz», — dedi davlat rahbari.
Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida kelasi yili mamlakatda 2005 yildan beri doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligi berilishini e’lon qildi.
2021 yilda ikkita tezyurar poyezdni ishga tushirish, Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘lini elektrlashtirishni boshlash, aholi punktlaridan viloyatlar markazlariga avtobus qatnovlarini ko‘paytirish hamda yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda. Prezident parlamentga murojaatida 2021 yilga mo‘ljallangan rejalarga to‘xtalib o‘tdi.
Davlat ishtirokidagi aksariyat korxonalar moliyaviy beqarorligi sababli u uchun og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Keyingi ikki yilda davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 baravar kamaytirilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting