OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.
Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3 daraja, sovuq -2 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘ladi, u sovuq fonda qor ko‘rinishida davom etadi. Ayrim hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Andijonda yuk mashinasida umumiy qiymati 738 mln so‘m bo‘lgan pirotexnika mahsulotlari va «Tropikamid» preparati noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi.
2021 yil sentyabr oyiga qadar Samarqand shahrida tezyurar avtobus liniyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 12 kilometrlik uzoqlikdagi liniya uchun Xitoydan katta sig‘imga ega avtobuslar sotib olinishi ko‘zda tutilmoqda.
Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkamlashtirish maqsadida daraxtlar va gullar ekish uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida e’lon qilgan tanlovda My Flower MCHJ yutgan. Mablag‘lar viloyat hokimi Saliyev Ergash farmoyishi bilan mahalliy byudjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Ma’lum bo‘lishicha, sub’ektining 50,80% ulushi Saliyeva Nargiza Ergashevnaga tegishli.
Korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu boradagi qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Qashqadaryo viloyatida ikki shaxs orasidagi adovat tufayli janjal yuzaga kelgan. Ulardan birini himoya qilish uchun kelgan ota tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.
Buxoro viloyatida 29 yoshli ayol, uning 6 va 2 yoshli farzandlari is gazidan zaxarlanish tufayli hosil bo‘lgan nafas va yurak qon tomiri yetishmovchiligidan vafot etdi.
Dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak 2021 yilning ikkinchi choragidan sotuvga chiqarilishi mumkin. Fransiyaning Carmat kompaniyasi ushbu qurilmani yaratish bo‘yicha ishlarni 27 yil oldin boshlagan edi.
Maya Sandu Moldova prezidenti lavozimiga kirishgani, Xitoyning Alibaba Group ustidan tergovni boshlashi, Trampning harbiy byudjet loyihasiga qarshi chiqqani, Isroilda yilning uchinchi lokdauni joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
YUNESKOning ma’lum qilishicha, 2020 yilda o‘z vazifasini bajarish davomida 59 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot pandemiya boshlanishi bilan jurnalistlarning xavfsizligi borasidagi muammolar ham jiddiylashganini aytmoqda.
Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, 2020 yilning dekabr oyiga qadar reabilitatsiya markazlari tomonidan 5 876 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayolga yordam ko‘rsatilgan va 11 138 nafar xotin-qizga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi berilgan.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan, texnologiya, injiniring va matematika (STEM) sohalarida ishtiroki pastligicha qolmoqda. Ish haqi kam bo‘lgan ijtimoiy sohalarda ayollar ko‘proq faoliyat yuritadi, erkaklar ko‘proq maoshli texnik sohalarda ishlaydilar. Buning sabablari va yechimlari to‘g‘risida BMT Taraqqiyot Dasturi va Mahalla vazirligining tadqiqotida.
Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi elchisi Amira Fahmiyni qabul qilib, O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishida muvaffaqiyat tiladi.
Hindistonda ikkinchi va uchinchi klinik sinovlari o‘tkazilayotgan 3 turdagi vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda.
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantin endigina boshlanganida JSSTning o‘zida ham davolash bo‘yicha isbotlangan hech qanday usul bo‘lmaganini aytdi. Shundan kelib chiqib, “AQSh prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi”, — deya ta’kidladi.
Navoiy viloyatidagi xususiy hayvonot bog‘ida hayvonlarning ruxsatnomasiz va sharoitlarida kamchiliklar bilan saqlanayotgani aniqlandi. Hayvonot bog‘i direktori Navoiy shahar ma’muriy sudidan ogohlantirish oldi va unga besh kun ichida kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida buyruq berildi.
Sirdaryoda YPX xodimi uch yil oldin vafot etgan fuqaroga nisbatan bayonnoma tuzgan. Aniqlanishicha, texnik xatolik tufayli jarima ism-familiyasi bir xil bo‘lgan samarqandlik mahrumning nomiga rasmiylashtirib qo‘yilgan.
2019 yilning dekabr oyida Yunusobod metro liniyasi qurilishida tuproq o‘pirilishi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan edi. Toshkent prokuraturasining «Gazeta.uz» so‘roviga javobida ilk bor favqulodda holat yuz berishida sababchi bo‘lgan to‘rt nafar mutaxassisning nomini ochiqladi. Idora nima sababdan ularga nisbatan ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishi tugatilganiga izoh berdi.
Tojikistonning Xo‘jand shahriga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi. Ushbu gaz dastlab shahardagi sanoat korxonalariga, keyinchalik esa aholiga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting