Arxiv

O‘rtacha global harorat 2030-yildayoq 1,5 darajaga ortishi mumkinligi bizni jiddiy xavotirga solyapti — prezident
25 sentabr 2024, 15:56

O‘rtacha global harorat 2030-yildayoq 1,5 darajaga ortishi mumkinligi bizni jiddiy xavotirga solyapti — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rtacha global harorat 2040-yilgacha 1,5 darajaga ortishi prognoz qilinganiga qaramay, hozirgi vaziyatda bu holat 2030-yildayoq yuz berishi mumkinligi mamlakatni jiddiy xavotirga solayotganini ta’kidladi.

“Pulli yo‘l qurishimiz uchun unga muqobil bepul yo‘lni ta’minlab berishimiz shart” — Jamshid Tursunov
25 sentabr 2024, 15:11

“Pulli yo‘l qurishimiz uchun unga muqobil bepul yo‘lni ta’minlab berishimiz shart” — Jamshid Tursunov

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli yo‘lga aylantirilishi haqida gapirib, bu yo‘lning boshqa muqobillari borligini ta’kidladi. “Bugungi kunda Toshkent — Bo‘stonliq yo‘lda muqobillik asosida boriladigan bir emas, ikkita yo‘l bor”, — deydi u.

Toshkentda ikkita Yutong avtobusi to‘qnashdi
25 sentabr 2024, 14:42

Toshkentda ikkita Yutong avtobusi to‘qnashdi

Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining Samarqanddagi yig‘ilishida ishtirok etadi
25 sentabr 2024, 14:12

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining Samarqanddagi yig‘ilishida ishtirok etadi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining Samarqanddagi yillik yig‘ilishida ishtirok etadi. U yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi bo‘ldi
25 sentabr 2024, 13:32

Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi bo‘ldi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi bandlik vaziri bo‘lgandi.

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
25 sentabr 2024, 12:18

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli fuqarolarga qator tavsiyalar berdi. Elchixona xavfsizlik choralarini ko‘rishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi, rasmiy xabarlarini kuzatib borish so‘raldi.

Futzal JCH: Ukraina va Braziliya chorak finalga chiqdi (foto)
25 sentabr 2024, 12:12

Futzal JCH: Ukraina va Braziliya chorak finalga chiqdi (foto)

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal mundialida 24-sentabr kuni nimchorak finalning ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Braziliya Buxoroda Kosta-Rikani tor-mor keltirgan bo‘lsa, Ukraina Toshkentda Niderlandiyani mag‘lub etdi. 25-sentabrda pley-offning Ispaniya — Venesuela va Paragvay — Afg‘oniston uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda sinov muddatidagi o‘qituvchi o‘quvchini urdi. Uning ustidan surishtiruv ketmoqda
25 sentabr 2024, 12:05

Toshkentda sinov muddatidagi o‘qituvchi o‘quvchini urdi. Uning ustidan surishtiruv ketmoqda

Chilonzor tumanidagi maktabda sinov muddatida bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchisi birinchi ish kunida 6-sinf o‘quvchisini unga gap qaytargani uchun urdi. Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda.

O‘zbekistonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi rivojlantiriladi
25 sentabr 2024, 11:36

O‘zbekistonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi rivojlantiriladi

O‘zbekistonda Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi dasturi amalga oshiriladi. “Avitsenna” nomi ostida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi. Davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri shakllantiriladi.

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchiga hukm o‘qildi
25 sentabr 2024, 10:24

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchiga hukm o‘qildi

Sayxunobod tumanida mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qilgan Captiva haydovchisi 4 yil 6 oyga qamaldi. Oldin ham sudlangan shaxs jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.

Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
25 sentabr 2024, 09:49

Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi

Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi (video)
25 sentabr 2024, 09:42

Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi (video)

Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida fuqarolar va vagonlarga shikast yetmagan. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

Farg‘onada poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni tok urdi
25 sentabr 2024, 08:53

Farg‘onada poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni tok urdi

Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch o‘quvchidan ikki nafarini 27 ming voltli tok urdi. Ulardan birining tanasi 65 foiz kuygani, yana birining o‘ng oyoq suyagi singani aytilmoqda.

3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilgani aniqlandi
25 sentabr 2024, 00:36

3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilgani aniqlandi

Antikorrupsiya agentligi avgust-sentabr oylarida 3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Xususan, 1,5 milliard so‘mlik tenderda affillangan shaxslar ishtirok etgan. Ushbu xaridlar natijalari bekor qilindi.

Toshkentda Lacetti va Malibu to‘qnashuvida uch kishi jarohatlandi
25 sentabr 2024, 00:04

Toshkentda Lacetti va Malibu to‘qnashuvida uch kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Malibu-2 va Lacetti mashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilar va yana bir nafar yo‘lovchi jarohatlandi.

“Ular juda-juda uzoq vaqt top darajada qoladi”. Vladimir Kramnik — Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar haqida
24 sentabr 2024, 23:50

“Ular juda-juda uzoq vaqt top darajada qoladi”. Vladimir Kramnik — Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar haqida

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vladimir Kramnik terma jamoa uchinchi o‘rinni egallagan shaxmat olimpiadasi natijalaridan mamnun. Shuningdek, u Nodirbek Abdusattorov boshqa yosh shaxmatchilar bilan birga “juda-juda uzoq vaqt top darajada qolishini” aytdi.

“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak”. Paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda
24 sentabr 2024, 23:36

“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak”. Paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda

Kun.uz Surxondaryo qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining tuman hokimi bilan suhbatda barcha fermerlarni yig‘ib, paxta narxini 6800 so‘mgacha pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar imzolash zarurligini bildirgan audioyozuvini e’lon qildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hokimlik holatga izoh berdi.

Toshkentda tantanali kutib olingan shaxmatchilar — suratlarda
24 sentabr 2024, 22:40

Toshkentda tantanali kutib olingan shaxmatchilar — suratlarda

2024-yilgi shaxmat Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 24-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf ushbu marosimdan fotoreportaj tayyorladi.

24-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
24 sentabr 2024, 22:30

24-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilmoqchi bo‘layotgan O‘zbekiston, kambag‘al oilalar biznesi uchun 30 mln so‘mgacha foizsiz qarzlar, yuqori tezlikda harakatlangani uchun jarimaga tortilgan Olimpiada chempioni, 15 foizgacha oshirilgan aliment to‘lovlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Kasb-hunar maktablari va kollejlar negizida 600 ta texnikum tashkil etiladi, ularning 14 tasida Britaniyaning BTEC dasturi joriy etiladi
24 sentabr 2024, 22:23

Kasb-hunar maktablari va kollejlar negizida 600 ta texnikum tashkil etiladi, ularning 14 tasida Britaniyaning BTEC dasturi joriy etiladi

O‘zbekistonda barcha kollej va kasb-hunar maktablari texnikumlarga aylantiriladi, binolarning bir qismi maktablar uchun beriladi. Texnikumlar qisman akademik mustaqillikka ega bo‘ladi va pullik xizmatlar ko‘rsata oladi. Ulardan 14 tasida Britaniyaning BTEC dasturi joriy etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting