Arxiv

O‘zbekiston 2027−2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishni rejalashtirmoqda
24 sentabr 2024, 12:44

O‘zbekiston 2027−2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatining 20-sammitiga mezbonlik qilishi va harakatga 2027−2029-yillarda raislik qilishi mumkin.

O‘zbekistonda hududlardagi rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi
24 sentabr 2024, 12:14

O‘zbekistonda hududlardagi rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi

O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda tajriba tariqasida, og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbari va ularning har bir o‘rinbosariga har 6 oyda 5 tadan eng og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi.

O‘zbekistonda eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlab olinib, infratuzilmasi yaxshilanadi
24 sentabr 2024, 11:55

O‘zbekistonda eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlab olinib, infratuzilmasi yaxshilanadi

O‘zbekistondagi eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi. Shuningdek, tuman va shaharlarda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilinadi
24 sentabr 2024, 11:47

Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilinadi

2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlarini davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilish boshlanadi. Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan ularning davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi alohida kvotalar ajratadi.

DXX 4 ta viloyatda yerni noqonuniy sotishga uringanlarni qo‘lga oldi
24 sentabr 2024, 11:39

DXX 4 ta viloyatda yerni noqonuniy sotishga uringanlarni qo‘lga oldi

DXX o‘tkazgan reydda 4 ta viloyat: Namangan, Xorazm, Navoiy va Surxondaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov ketmoqda.

Toshkentda Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Tahoe’da 110 tezlikda harakatlandi
24 sentabr 2024, 11:34

Toshkentda Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Tahoe’da 110 tezlikda harakatlandi

Toshkent shahrida Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan Tahoe avtomobilida 110 km/soat tezlikda harakatlandi. U buni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Shaharda tezlik cheklovi 60 km/soatni tashkil etadi.

O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi
24 sentabr 2024, 10:56

O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi

O‘zbekistonda 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi. Bu “mahalla yettiligi” tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.

Jizzaxda 14 nafar ayolni tashiyotgan Damas to‘xtatildi
24 sentabr 2024, 10:50

Jizzaxda 14 nafar ayolni tashiyotgan Damas to‘xtatildi

Jizzax viloyatida Damas 14 nafar yo‘lovchi tashib ketayotgani aniqlandi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilishini ma’lum qilindi.

Samarqandda Tracker “peshexod”dan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi
24 sentabr 2024, 00:04

Samarqandda Tracker “peshexod"dan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi

Samarqand shahrida Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.

Isroil “Hizbulloh” obyektlariga zarba berdi, Livan yuzlab qurbonlar borligini aytmoqda
23 sentabr 2024, 23:15

Isroil “Hizbulloh” obyektlariga zarba berdi, Livan yuzlab qurbonlar borligini aytmoqda

Isroil armiyasi Livan janubida “Hizbulloh” bilan aloqasi borligi aytilayotgan yuzlab nishonlarga havo hujumlari uyushtirdi. Livan rasmiylariga ko‘ra, buning oqibatida 250 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.

23-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
23 sentabr 2024, 22:39

23-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qurilishda korrupsiyaning oldini olish choralari, aholi salomatligi bo‘yicha harakatlar rejasi, qoidabuzar haydovchilar bilan manzilli ishlayotgan “mahalla yettiligi”, uy sotib olishda kafil bo‘ladigan banklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“O‘zbek shaxmati tarixida yorqin sahifa ochdingiz”. Prezident shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilariga tarbik yo‘lladi
23 sentabr 2024, 22:25

“O‘zbek shaxmati tarixida yorqin sahifa ochdingiz”. Prezident shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilariga tarbik yo‘lladi

Vengriyada o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan prezident ularga tabrik yo‘lladi. U o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi va ushbu yutuq “ulkan islohotlarning amaliy natijasi” ekanini aytdi.

“Kino va birdamlik”. Poytaxtda Toshkent xalqaro kinofestivali tarixiga oid ko‘rgazma ochildi
23 sentabr 2024, 21:32

“Kino va birdamlik”. Poytaxtda Toshkent xalqaro kinofestivali tarixiga oid ko‘rgazma ochildi

“Ilhom” teatrida Toshkent xalqaro kinofestivaliga (1968−1988) bag‘ishlangan Destination: Tashkent ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma huquq himoyachisi Anjela Devis, aktyor Raj Kapur va boshqa taniqli shaxslarni uchratish mumkin bo‘lgan arxiv materiallari, kinoxronika va fotosuratlarni o‘z ichiga oladi.

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi
23 sentabr 2024, 20:40

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi

AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.

Prezident hokimlarga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududning master rejasini ishlab chiqishni topshirdi
23 sentabr 2024, 20:16

Prezident hokimlarga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududning master rejasini ishlab chiqishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev aksariyat viloyatlarda tuman va shaharlarning master rejalarini tayyorlash ishlari ortda qolayotganini tanqid qildi va viloyat hokimlariga yil oxirigacha kamida 10 tadan hududning master rejasini ishlab chiqishni buyurdi.

Uy-joy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi — prezident
23 sentabr 2024, 19:34

Uy-joy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi — prezident

Prezident uy-joy sotib olishning yangi mexanizmi — eskrou hisobi joriy etilishini ma’lum qildi. Banklar uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurish hamda uni egasiga yetkazib berishni kafolatlab, quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi tizim bir yil ichida sinovdan o‘tkaziladi.

Prezident qurilishda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi
23 sentabr 2024, 19:08

Prezident qurilishda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi

Yil boshidan buyon qurilishi ro‘yxatdan o‘tkazilmay boshlangan obyektlar soni 2200 taga yetdi, shu bois pala-partish qurilish ko‘paydi, dedi prezident. Qurilish inspeksiyasining boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi paydo bo‘ladi, qurilayotgan obyektlar oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi.

“APEX INSURANCE” AJ futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 ning rasmiy hamkori bo‘ldi
23 sentabr 2024, 19:00

“APEX INSURANCE” AJ futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 ning rasmiy hamkori bo‘ldi

APEX INSURANCE Andijon, Buxoro va Toshkentda o‘tayotgan FIFA Uzbekistan 2024 futzal bo‘yicha o‘ninchi jahon chempionati bilan rasmiy hamkorlikni e’lon qiladi.

“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida
23 sentabr 2024, 18:51

“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida

Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. “Gazeta.uz” vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va kompensatsiya kutayotgan boysunliklar bilan suhbatlashdi.

“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi
23 sentabr 2024, 18:35

“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi

Toshkentda fevral oyida hibsga olingan “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi. Unda 21 kishi (jumladan, ikki avtobus saroyi va “Toshavtota’mirxizmat” rahbarlari) sudlanmoqda. Ularning aksariyati hali ayblov xulosasi olmagani sabab sud ishi bir haftaga kechiktirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting