Toshkent viloyati hokimligi va Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi «Nurafshon siti»ni qurishga kelishib olishdi. Loyiha uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda va investitsiyalar hajmi texnik-iqtisodiy asoslash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Prezident «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga muvofiq, davolanish muddati 18 oydan oshmaydi hamda davlat maslahat berish-tashxis qo‘yish, davolash, psixoprofilaktik, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln so‘mni tashkil qilib, YAIM tarkibida ushbu sohaning ulushi 25,7 foizga yetdi. Respublika bo‘yicha eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqand viloyatida yetishtirilgan.
Respublika maxsus komissiyasi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilganligi haqida ma’lum qildi. Biroq bu xabar hech qaysi rasmiy manbalarda e’lon qilinmagan edi.
Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida «Nobel» sovrindorlari tadqiqoti natijalari asosida eksperiment o‘tkazilmoqda. Kuzatuvlar natijalari O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini aniqlash, «yashash minimumi» va «iste’mol savatchisi» bo‘yicha hisob-kitobni yakuniga yetkazishda qo‘llaniladi.
Vazirlik va davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bo‘yicha statistika e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 849 nafar yoshlar ishlashi va shundan 210 nafari xotin-qizlardan iborat ekani aniqlangan. Eng ko‘p xotin-qizlar Suv xo‘jaligi va Adliya vazirliklarida ishlaydi.
Mobiuz va Perfectum uyali aloqa operatorlari xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida investitsion sharoitlarini oshiradi va Ucell operatsion samaradorligini oshirishi bilan o‘zgaradi.
Kunlik mehnat markazlarini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Ushbu markazlarda bir martalik ishga yollanuvchilarga mehnat qurollari va maxsus kiyimlar beriladi, ularning manfaati himoya qilinadi va ish topishda ko‘maklashiladi. Ishchi va ish beruvchining onlayn muloqoti uchun «Mening ishim» buyurtmalar birjasini yaratiladi.
Parkent tumanida bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi ichimlik suvi rezervuarining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan zarar ko‘rgan dala hovlilarining bino va inshootlari hamda boshqa kommunal tarmoqlarda qurilish-tiklash ishlari boshlandi.
Poytaxt chorrahalariga o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziya muddati tugadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi. Hokimlik kameralarni qayta ishga tushirish uchun AutoCon tizimini mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 mlrd so‘mga sotib olishi kutilmoqda.
Prezident farmoni bilan «O‘zavtosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari», Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va boshqalarning imtiyoz va preferensiyalari xatlovdan o‘tkaziladi va bekor qilinadi.
Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.
Belarusda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish va unda ishtirok etish bo‘yicha 500 dan ortiq jinoiy ishlar ochilgan, ularning aksariyati Minskdagi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq. Prezident Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, «xalq ultimatumi» tugagan kuni miting paytida namoyishchilarni tarqatish to‘g‘risida shaxsan o‘zi buyruq bergan.
Emi Koni Barret sentyabr oyida vafot etgan Rut Beyder Ginzburg o‘rniga AQSH Oliy sudi sudyasi etib tasdiqlandi. Prezidentlik saylovlaridan bir hafta oldin amalga oshirilgan ushbu tayinlov Donald Tramp uchun muhim siyosiy g‘alaba deb aytilmoqda.
Koronavirusga chalingan va uy sharoitidagi reabilitatsiyaga muhtoj bemorlarga vaqtincha foydalanish uchun pulsoksimetr va kislorod konsentratorlari bepul tarqatiladi. Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining ulgurji sotuvi, preparatlarning importi va ishlab chiqarilishi muddatining uzaytirilishiga ruxsat berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi musulmonlarning hissiyotini haqoratlashga yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakatlarga nisbatan «tajovuzkorona emas, balki payg‘ambarga xos bosiqlik va zukkolik» bilan munosabat bildirishga chaqirdi.
274 ta korxona, 109 ta gazeta va nashriyotlar, 26 ta axborot texnologiyalari korxonasi, 27 ta tibbiyot muassasalari, 12 ta yog‘-moy sanoati korxonasi va 31 ta vinochilik korxonasi to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.
Buxoro viloyatida KAMAZ beshta Cobalt va uchta Nexia olib ketayotgan MAN avtoulov tirkamasi bilan to‘qnashdi. Hodisada faqat avtomobillarga zarar yetgan. Yetkazilgan zararni baholashdan so‘ng, avtomobillar zavodga utilizatsiya uchun qaytariladi.
Andijon viloyatida avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalariga gaz yetkazib berish muddati cheklandi. Gaz shoxobchalarga soat 06:00 dan 16:00 gacha yetkazib beriladi.
Tanlov asosida saralab olinadigan beshta oliy ta’lim muassasasiga tajriba tariqasida kontrakt asosidagi talabalar sonini belgilash va imtihonlarni mustaqil o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting