Shavkat Mirziyoyev videoselektorda elektr energetikasi sohasi transformatsiyasi orqali tannarx kamaytirilishi lozimligini ta’kidladi. Soha transformatsiyasini esa tannarxga ta’sir qilmagan holda, harajatlarni kamaytirish evaziga amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdagi yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, karantin talablari buzilganda avtomobil jarima maydonchasiga majburiy joylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil olib kelingan. Shundan 52 tasi Xitoydan import qilingan.
2007 yilda o‘zbekistonlik Doniyor Shamuzafarov milliy kibersport tarixidagi birinchi medalni qo‘lga kiritdi va doping testidan o‘tdi. Bugun u Toshkentda kichik pitseriyaga egalik qiladi, deyarli kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaydi. Doniyor Shamuzafarovning hikoyasi — beparvo yoshlik go‘zalligi va ulg‘ayish jasorati haqida. Kibersport nimani o‘rgatadi, yaqin-qadrdonlar qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati va g‘alaba shukuhi — Sabina Bakayeva reportajida.
Keles yo‘li (Toshkent xalqa yo‘li) ko‘prikdan 9-maktab oldigacha bo‘lgan yo‘l qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Xaritada haydovchilar harakatlanishiga qulay bo‘lishi uchun ikkita yo‘l ko‘rsatilmoqda.
Sardoba hamda Mirzaobod tumanlari tajribasi asosida besh qavatli uylar loyihasi ishlab chiqildi. Xonadonlar joylashuvi va xonalar ichki maydonini maqbullashtirish, qurilish materiallarini loyihaga mos o‘lchamda ishlab chiqish hamda hovli va yo‘laklarga sensorli elektr chiroqlari o‘rnatilishi hisobiga uylarning narxi 30 foizgacha arzonlashishi ta’kidlandi.
Yangi tartiblar, oshirilayotgan maoshlar, keksalar uchun turizm oyligi, bekor bo‘layotgan imtiyozlar, mobil operatorlari uchun imtiyozlar — 1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?
Turkiya prezidentining fransuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqirig‘i, Isroilda COVID-19ga qarshi maxaliy vaksinaning sinovdan o‘tkazilishi, Teslaning o‘n minglab avtomobillarini qaytarib olishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2020 yilda O‘zbekistonning byudjet tashkilotlariga 405,4 ming tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 18,3 foizga ko‘proq ko‘mir yetkazib berildi. Bu gaz qazib olish hajmining qariyb 20 foizga pasayishi sababli yuz bermoqda.
2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 970 ta bekor qilingan oilaning 49,8 foizi farzandsiz, 50,2 foizi esa bir va undan ko‘p farzandli hisoblanadi. Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
Prezident elektr energiyasi raqobatli bozoriga o‘tish bosqichlari va qoidalarini belgilovchi hujjat ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Hozirda investorlar bilan energiyani qat’iy narxlarda xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolanmoqda.
«O‘zarxiv» agentligi Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabrining ochilishi aks etgan ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,4 mln kishini, chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni esa 1,6 mln kishini tashkil etdi. Ushbu davrda chet elga ketganlarning 87,2 foizi o‘z qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida bo‘lgan.
Regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev yil yakuniga qadar Toshkentda «Talabalar ligasi», Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda 3 ta yosh toifasida «Oltin Oval» kubogi o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Jurabek Laboratories remdesivir preparatini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kompaniyadan qariyb 12 milliard so‘mga 39 ming doza sotib oldi. «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kompaniya vakili ushbu dori qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkazilgani, ularning umumiy dori vositasi nima uchun Amerikaning Gilead patent qonunchiligini buzmasligi va JSST remdesivirning samarasizligi haqida bayonot berganini so‘zlab berdi.
Innovatsiyalar vazirligi rahbari Ibroxim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi haqida gapirar ekan, hech kim O‘zbekiston aholisidan «tajriba quyonchalari» yasamoqchi emasligini aytdi. Unga ko‘ra, preparatni qo‘llashdan oldin hamma narsani tekshirish kerak, va ko‘ngillilar kecha-kunduz shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim yaqinda koronavirusdan davolanib chiqqani va stressda qattiqroq gapirib yuborganini aytdi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi.
Chirchiq daryosida, shuningdek, Yangiyol va Zangiota tumanlarida COVID shifoxonalariga tegishli chiqindilar topilgan. Bu hukumat bayonnomasiga muvofiq, tibbiy chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ishi to‘xtatilganidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘lmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa mazkur ma’lumotlarni rad etib, shifoxonalar hududidan chiqindilar chiqmaganini aytmoqda.
Prezident farmoni bilan ToshTA huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti negizida ikki yillik majburiy o‘qitiladigan Harbiy-tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi go‘sht narxining o‘sishiga olib kelgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting