1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 794 nafar 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolar pensiya va nafaqa olishadi. Bir asrdan ziyod umr ko‘rganlarning 131 nafari erkak, 663 nafari ayollardir. Ularning eng ko‘pi — 143 nafari Qashqadaryo viloyatida yashaydi.
Xotinini kaltaklab, unga bolasining najosatini yedirgan erkak o‘z qilmishi sabablarini so‘zlab berdi.
Dollarning rasmiy kursi 24 so‘mga qimmatlab, jami 10 364 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.
11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 90,92% ovoz bilan Tojikistonning amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi rahbari Sa’dulla Hakimov 69 yoshida vafot etdi.
Tovuq filesidan tayyorlanadigan eng mazali va sersuv taomlar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
Deputatlar «Favqulodda holat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi. Shunga o‘xshash loyiha 2016 yilda ham ishlab chiqilgan, ammo qabul qilinmagan edi. Mamlakatda koronavirusga qarshi cheklov choralari qo‘llanilishi bilan favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun zarurligi dolzarb bo‘lib qoldi.
Orqa yon oynani tonirovka qilish narxi arzonlashtirilib, BHMning 5 baravari etib belgilandi. Orqa va old yon oynalar bo‘yicha tusini o‘zgartirish to‘lovi miqdori esa avvalgidek saqlanib qoldi
O‘zbekiston AQSHda joylashgan Sandvine kompaniyasidan vebsaytlarni va ijtimoiy tarmoqlarni bloklaydigan texnologiyalarni xarid qilgan. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Misr, O‘zbekiston, Rossiya va Afg‘oniston kabi davlatlar ushbu kompaniyadan foydalanuvchilarning vebsayt-brauzerlari tarixi bo‘yicha ma’lumot yig‘adigan texnologiyalarni ham sotib olishgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar sonining bir kunlik rekord darajadagi o‘sishini qayd etdi — kuniga 338 mingdan ortiq kishi. Aksariyat holatlar Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda.
9 oy davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 37 mingdan ortiq qonunbuzarliklar aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar hajmi 15 mlrd so‘mdan ortiq deb baholanmoqda. 22 holatda jinoyatchilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qirg‘iziston prezidenti ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan Bishkekda favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Shaharga qo‘shinlar kiritilib, blokpostlar o‘rnatiladi.
Toshkent hayvonot bog‘ining ko‘plab xodimlari sevimli jonivorlariga shunchalik bog‘lanishganki, ular o‘z hayotlarini ishlarisiz tasavvur qila olmaydilar. Biz ular bilan suhbatlashdik va sher nima uchun bu qadar semizligini, plastik qanday xavf tug‘dirishini va hayvonot bog‘i hayvonlarga nisbatan tashrif buyuruvchilar tomonidan qanday munosabatni ko‘rishni istashini bilib oldik.
Tinchlik bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga ochlik bilan kurashish borasidagi sa’y-harakatlari uchun berildi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari qo‘shma bayonotida Qirg‘iziston xalqini mamlakatda tinchlikni saqlash va barqarorlikni tiklash uchun o‘ziga xos donolikni namoyon etishga chaqirib, barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildirdilar.
Dam olish kunlari salqin havo saqlanib turadi, 10 oktyabr kuni kunduz havo harorati 13−17 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi joylarda, tog‘ va tog‘oldi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bosh vazir Kubatbek Boronovning iste’fosini qabul qildi. Bu hukumatning ham iste’foga chiqarilganini anglatadi, ammo hukumat yangi bosh vazir jamoa shakllantirmaguncha ishlashda davom etadi.
Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi atoqli olim, Fanlar akademiyasi akademigi Tursunboy Rashidov 86 yoshida vafot etdi.
Prezident va maxsus maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor etib tayinlandi. TATUning sobiq rektori To‘lqin Teshaboyev esa Toshkent moliya instituti rektori lavozimini egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting