Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 26−27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekistondagi 9 mingdan ortiq maktabda endi rostdan ta’til tugab, darslar boshlandi. Bolalar qalin kiyinib, maktabga yo‘l olishdi. Ko‘plab maktablar yaxshi isitilgan bo‘lsa, ayrimlari sovuqligicha qolmoqda. «Gazeta.uz» poytaxtdagi maktablarga borib, sinfxonalar harorati va o‘quvchilar kayfiyatini o‘rgandi.
Yangibozor tumanida haydovchilik guvohnomasi yo‘q mast fuqaro Damas avtomobilini boshqarib ketayotganda piyodani urib ketdi. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab vafot etdi.
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasi bino va inshootlari auksionga chiqarildi. Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so‘m, bo‘nak puli (zakalat) esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Qarshi shahrida Nexia-3 haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan qochib ketdi. Yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. YTHni Kasbi tumanida yashovchi fuqaro sodir qilgani aniqlandi.
Tijorat banklari 24-yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 365 so‘m.
Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.
Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddatining ma’lum qilingani, Xitoyda bir haftada qariyb 13 ming kishining koronavirusdan vafot etgani, Nursulton Nazarboyevning yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqqani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonda 1991 yilgacha qurilgan 31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkazilib, muqobil energiya manbalari hisobiga issiq suv va elektr bilan ta’minlanadi. Yangi quriladigan uylarga energiya samaradorligi yuqori qurilish materiallari va jihozlaridan foydalanish majburiy bo‘ladi.
Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlari qayta ochildi, ammo nomsiz holda. Peshlavhalarda rus tilida yozilgan «Biz ochiqmiz» so‘zlaridagi «M» harfi esa sariq rangga bo‘yalgan bo‘lib, avvalgi logotipni eslatadi. Taomlar assortimenti va ta’mlari o‘zgarmagan.
VeoliaToshkentda sifatsiz issiqlik ta’minoti uchun to‘lovni mustaqil ravishda qayta hisoblab chiqadi. Biroq agar isitish yoki issiq suv bilan bog‘liq muammolar uy ichidagi infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lsa, unda qayta hisoblash bo‘lmaydi, deya ogohlantirdi kompaniya.
Statistika agentligi davlatlar o‘rtasidagi statistik ma’lumotlardagi tafovutlarni «normal va tabiiy» deb atadi. Bu tovar nomenklaturasi kodlarini belgilashga yondashuvlar bilan tovarlarning bojxona qiymatini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari va tovarlarni hisobga olish vaqtlaridagi farq bilan bog‘liq.
Dunyodagi eng boy, biznes, yashash, o‘qish uchun qulay, korrupsiyadan xoli va “bog‘ ichidagi shahar” tamoyiliga qat’iy rioya etuvchi mamlakatlardan biri Singapurni bugun ayol prezident — Halima Yaqub boshqaradi. Uning asosiy maqsadi — boshqalar qilolmaydigan ishni singapurliklar qilsin.
O‘zgidromet ma’lum qilishicha, 23 yanvar ertalab Toshkentdagi hisoblagichlar havoning yuqori darajada ifloslanganini (jahon AQI reytingida 1-o‘rin) ko‘rsatdi. Zararli ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligi ruxsat etilgan chegaralardan oshmadi, deyiladi xabarda.
Milliarder Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi byurosi a’zoligidan chiqishga ariza topshirdi. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, u «nafaqaga chiqqan va faol mehnat faoliyatini yakunlashga qaror qilgan».
O‘zbekiston va Xitoyning gaz eksporti bo‘yicha ma’lumotlari 159,5 mln dollarga farq qilmoqda. Energetika vaziri Xitoy statistikada turkman gazining tranzitini hisobga olganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» hisoblab, hatto tranzitni qo‘shganda ham statistika keskin farq qilayotganini aniqladi.
Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigidagi 31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.
O‘zbekiston bo‘ylab ariq, daryo, ko‘l, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi. FVV muz qoplamalari qalin bo‘lmagani uchun yorilish ehtimoli yuqori ekanini bildirib, fuqarolarni ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikka chaqirdi.
Energetika vazirligi Afg‘onistonga issiqlik elektr stansiyalari uchun yonilg‘i tanqisligi sababli elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilganini tasdiqladi. 25 yanvardan qo‘shni mamlakatga elektr eksportini tiklash rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting