Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarar ekan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolani urib yubordi. Boshqarma uning voqeadan bir necha kun avval ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Poytaxtning Bektemir tumani hududini Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda. Eng kamida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar qurish mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidagi shaharda 5 yilda 500 ta uy qurish bo‘yicha va’dasini 2,5 yilda bajarganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida yoz oylari davomida 70 km/s tezlik cheklovi o‘rnatilgan joylarda 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi.
Yakshanba kuni yuz minglab ishtirokchilarni jamlagan “Yangi Belorussiya marshi” prezident saylovidan keyin tinch namoyishlar boshlanganidan beri eng katta tadbirlardan biriga aylandi. Namoyishchilar Mustaqillik saroyi va Davlat bayrog‘i maydoniga bordilar, Aleksandr Lukashenko ham u yerga uchib keldi — u vertolyotdan bronejilet va avtomat bilan tushdi.
O‘zbekistonda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universiteti filiali tashkil etiladi. Filialda tayyorlanadigan mutaxassislarning xitoy xalq tabobati ilmini zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga joriy etishlari ko‘zda tutilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy tarzda o‘tkazilgan IBO2020 Challenge — Xalqaro biologiya olimpiadasida bir nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi mamlakat tarixida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi kumush medallar sohibiga aylandi.
Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkentning Bektemir tumani sektor rahbarlari, jumladan, hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Prezident tumanga tashrifi vaqtida ular faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etdi.
Elektron tanlovlar va elektron tenderlarni tashkil etish bo‘yicha yana bir muqobil elektron platforma — tender.mf.uz yaratildi. Endilikda buyurtmachilar elektron saytni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy niqob taqish shart emas, deya xulosa qildi JSST ekspertlari. 6−11 yoshda vaziyatga qarab niqoblar taqish kerak, masalan, yashash joyida infeksiyaning ommaviy tarqalishi yoki xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan doimiy aloqada bo‘lganda. 12 yoshdan boshlab niqoblarni muntazam ravishda taqish tavsiya etiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 noyabrdan xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar va xizmatlar davlat xaridlarida ishtirok etishi vaqtinchalik taqiqlanadi va chegaralanadi. Shuningdek, 5236 ta amaldagi standartlar bekor qilinadi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 16 so‘mga qimmatlab, jami 10 262 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa bir oz arzonladi.
Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova maxsus ixtisoslashtirilgan muassasalardagi bolalarni deinstitutsionalizatsiya qilish vazifalari haqida gapirib berdi.
AQSHdan O‘zbekistonga 200 ta o‘pka sun’iy shamollatish moslamasi yuborildi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.
Samarqandda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri IIO FMB tomonidan himoyaga olingan. Ayolini kaltaklagan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga «himoya orderi» berilgan.
O‘zbekistonda 119 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3803 kishini tashkil etib, ularning 249 nafari og‘ir ahvolda, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Bavariya Chempionlar ligasining finalida PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Myunxenliklar ushbu kubokni oltinchi marotaba qo‘lga kiritdi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda 414 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 39 mingtaga yaqinlashdi.
Koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniyadan so‘ng nafas mashqlari bemorning samarali tiklanishiga yordam beradi. Ftiziatr Nadejda Shklovets kasallik paytida va undan keyin nafas mashqlarini qanday bajarish kerakligi haqida gapirib berdi.
22 avgust kuni O‘zbekistonda 458 ta koronavirus holati aniqlandi va umumiy ko‘rsatkich 38,5 mingdan oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting