O‘zbekistonda 166 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3113 kishini tashkil etib, ularning 279 nafari og‘ir ahvolda, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
27 avgust kuni Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga yordam berish va tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga yo‘l olishdi.
Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra, Belarusga yordam berish uchun harbiy kuch zaxirasini shakllantirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlarini hozircha Belarusda ishlatishga hojat yo‘q.
Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oshirish maqsadida Davgeolqo‘m raisiga geologiya-qidiruv ishlarini 2 barobar kengaytirish, Namangan tajribasi asosida har bir hududda doimiy geologik ekspeditsiyalar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Hukumat qarori bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi. Unda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Rossiyalik bloger va urbanist Ilya Varlamov o‘z videolavhalarining birida chamadonni ko‘zdan kechirayotganda uning krossovkalari bilan qiziqib qolgan, ammo kattaligi mos kelmagani uchun faqat sigaretlarni olib qolgan o‘zbekistonlik chegarachi bilan bog‘liq vaziyatni eslab o‘tdi. Davlat bojxona qo‘mitasi Varlamov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tmaganligini aytdi. Bloger vaziyat 10 yil oldin sodir bo‘lganligini tushuntirib, Davlat bojxona qo‘mitasini Rossiya fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari va sayohat ma’lumotlarini oshkor etmaslikka chaqirdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Jo‘rabek Ahmedov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Yangi Zelandiyadagi ikki masjidga qurollangan holatda kirib, 50 dan ziyod odamni o‘ldirgan Brenton Tarrant umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Unga muddatidan oldin ozod etish tartibi qo‘llanilmaydi. Mamlakat bosh vaziri ushbu shaxs bu jazoga loyiqligini aytib o‘tdi.
Davlat rahbarining farmoni bilan 28 nafar iqtidorli yigitlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
2016 yil «Konstitutsion tuzumga tajovuz» aybi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar qatorida avf etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni 18 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
TikTok bosh direktori Kevin Mayer to‘rt oylik faoliyatdan so‘ng, kompaniyani tark etdi. Mayerning ishdan ketishiga kompaniya va AQSH rasmiylari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat va sotish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Bolalar foydalanayotgan internet-kontentni nazorat qilish shartmi? Bunda nimalarga e’tibor berish kerak va qanday harakatlarni amalga oshirmaslik zarur? «Gazeta.uz» ikki farzandning otasi, restorator Pavel Georganovdan internetdan foydalanishda ota-onalarning nazorati haqidagi fikrlarini so‘radi.
Tojikiston Mustaqil kasabalar uyushmasi federatsiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonni 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ilgari surdi. Yana 4 ta siyosiy partiyalar ham o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi.
Markaziy Osiyoning beshta mamlakati birgalikda XXI asrda mintaqani rivojlantirish uchun do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida davlatlararo hujjatni tayyorlamoqda, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.
Jizzax viloyatida joylashgan Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushdi. Tegishli idoralar yordami orqali ayiq qutqarilib, hozirda unga davolash muolaja ishlari olib borilmoqda.
Crediton.uz smartfon va maishiy texnikalarni operator qo‘ng‘iroqlarisiz va shu kunning o‘zida yetkazib berish xizmati bilan 15 oygacha muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyatini taklif qiladi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Cobalt avtomobil tezligini me’yoridan oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, Spark avtomobili bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Cobalt avtomobilining haydovchi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi, 3 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonda 141 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3338 kishini tashkil etib, ularning 294 nafari og‘ir ahvolda, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 390 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 40 mingtadan oshdi. Sog‘ayganlar soni esa 36,5 mingtadan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting