O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Tesla aksiyalarining o‘sishi hisobiga Ilon Maskning boyligi 6,1 mlrd dollarga ko‘paydi va u dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Uorren Baffet bilan birga yana to‘rt milliarderni ortda qoldirdi.
Turkiya prezidenti Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini muzey maqomidan mahrum qildi. Endilikda, ibodatxona yana masjid sifatida ishlatiladi va 24 iyul kuni o‘z faoliyatini boshlaydi. Ibodatxona 1985 yili YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Iyul oyining boshidan beri O‘zbekistonda yana Facebook ga kirish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Ushbu fonda VPN dasturlarining ommaviyligi yana o‘sdi. «Gazeta.uz» muammo nimada ekanligini aniqlashga harakat qildi.
Toshkentda koronavirus aniqlagan 50 yoshli ayol vafot etdi. Bu mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida qayd etilgan 55-o‘lim holati.
Koronavirus bemorlari soni 179 nafarga ortib, jami 12206 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazi, Toshkent shahri, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shundan 43 nafari aholi orasida.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 12027 taga yetdi. Kun davomida 463 ta holat, jumladan 268 ta karantin muassasalari, 195 tasi esa aholi orasida aniqlandi.
Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining bosh shifokori hibsga olindi. Markaz mansabdor va moddiy javobgar shaxslari qariyb 510 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklarini o‘zlashtirish va talon-toroj qilganlikda ayblanishmoqda. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura jinoyat ishini qo‘zg‘atdi.
Afg‘onistonlik yosh xotin-qizlar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil oladilar. Loyiha doirasida Afg‘onistondan kelgan 50 nafar ayollar Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi ko‘zda tutilgan.
Koronavirus holatlari 134 taga ko‘payib, jami 11857 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlandi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli termizlik bemor (erkak kishi) miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 53 nafarga yetdi.
Shveysariyaning Nyon shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahslarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, final o‘yinida Atalanta, PSJ, Leypsig va Atletiko Madrid jamolaridan biri aniq qatnashadi.
2001−2004 yillar mobaynida Qarshi-Xonobod bazasida bo‘lgan Amerikalik harbiylar zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor etildi. Ma’lumotga ko‘ra, harbiylarning bazaga joylashtirilishidan oldin ushbu hududda Sobiq Ittifoq raketalari yo‘q qilingan.
Prezident qarori bilan Yoshlar Ittifoqi raisi lavozimida ishlab kelayotgan va eng yosh Senat a’zosi Alisher Sa’dullayev yangi tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi.
Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Dam olish kunlari harorat saqlanib turadi. Juma va shanba kunlari poytaxtda va Toshkent viloyatida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida momaqaldiroq va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilishi mumkin.
O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishda ayblangan hokim o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev birinchi instansiya sudida aybsiz deb topildi.
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida to‘planib qolgan 3746 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazilib mamlaktga qaytgan. TIV ma’lum qilishicha, hozirda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q va fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.
10 iyul sanasidan avtobuslar harakati va 13 iyul kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi. Shuningdek, faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi.
Markaziy bank statistika va tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Seulning bedarak yo‘qolgan meri Pak Von Sun o‘lik holda topildi. O‘limning dastlabki sababi sifatida o‘z joniga qasd qilish aytilmoqda. Uning ish stolida xayrlashuv maktubi topilgan. Avvalroq, Seul meriga qarshi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar ko‘yilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting