Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, marhum 26 iyundan tomog‘ida og‘riq, tana harorati ko‘tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 35 nafarga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 123 nafarga ortib, jami 10143 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 43 nafari Karantin markazida, 60 nafari Andijon viloyatida va 20 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.
Paradise Food restorani mazali burger, sendvich, xot-dog, steyk, salat va issiq gazaklarni mijozlarining uyigacha yetkazib beradi. Restoran ochilishi munosabati bilan, iyul oyining oxiriga qadar aksiya asosida har bir buyurtmaga bepul kokteyllar beriladi.
Toshkentda 49 yoshli ayol koronavirus sababli hayotdan ko‘z yumdi. O‘lim ko‘rsatkichi kunlik 3, umumiy 34 taga yetdi.
O‘zbekistonda kun davomida 312 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 10 mingtadan oshdi.
O‘zbekistonda rasmiy tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 107 taga ko‘payib, umumiy 9936 taga yetdi. Yangi holatlarning 33 tasi karantin markazida, 66 nafari Toshkentda (59 tasi aholi orasida) qayd etildi.
Toshkentda koronavirusga chalingan 45 yoshli erkak shifokorga kech murojaat qilgani sababli olamdan o‘tdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni esa kunlik 2, umumiy 33 nafarni tashkil etmoqda.
Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 71 yoshli onaxon olamdan o‘tdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 32 nafarga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 121 nafarga ortib, jami 9829 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 106 nafari Karantin markazida, 7 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida va 1 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Shundan 6 nafari aholi orasida aniqlandi.
Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 65 yoshli erkak olamdan o‘tdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 30 nafarga yetdi.
Tojikistonda sezilgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Uning kuchi Toshkentda 3, Farg‘onada esa 4 balni tashkil etdi.
Toshkentdagi Adju universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga yangi rektorlar tayinlandi.
Yaqin ikki haftada Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA va AQSHdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 19 ta charter reys tashkil etiladi.
O‘zbekistonda yana 104 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 9500 taga yetdi.
Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp iste’foga chiqqani sababli Jan Kasteks yangi bosh vazir etib tayinlandi.
O‘zbekistonda kun davomida 318 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 9390 taga yetdi. 273 ta holat karantin markazlari, 45 tasi aholi orasida qayd etildi.
Toshkentda koronavirusga chalingan va saratondan davolanib kelayotgan 77 yoshli bemor ayol hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda kun davomida 2 nafar, epidemiya boshlangandan beri 29 nafar fuqaro COVID-19 asoratlaridan vafot etdi.
Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vazirining 4 nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bular moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi direktori Ulug‘bek Sobirov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizovlar.
Asakada 9 yoshli qizchaning o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumondor sifatida qo‘shni uyda yashovchi 23 yoshli ayol qo‘lga olindi.
Mashhur UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskvada vafot etdi. Unga koronavirus tashxisi quyilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting