Krem bilan bezatilgan shokoladli kapkeyk, «Qizil baxmal», «Oreo» kapkeyklari, shokolad pastali va atirgulli kapkeyk va boshqalar — Zira.uz dasturxon bezagi bo‘lgan shirin va noodatiy kapkeyklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Respublika Markaziy banki litsenziya olingan kundan boshlab bir yil davomida to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirmagani uchun International Eco Pay, Panda Internet Technology va UGNIS korxonalarining litsenziyalarini chaqirib oldi.
Miting bo‘yicha qonun loyihasi, qotillik sabab 11 yilga qamalgan erkak, elektr korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, hanuz parlamentga kiritilmagan davlat budjeti loyihasi, Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasiga pogrom uyushtirgan erkak sudlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Ukraina energetika obyektlariga ommaviy raketa hujumi uyushtirilishi oqibatida mamlakat yagona energetika tizimining 50 foizi yo‘qotildi. Shuningdek, Krivoy Rogdagi turar-joy binosi ham o‘qqa tutildi.
Joriy yilning yanvar oyida mast erkak Ostonadagi O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirib, katta miqdorda zarar yetkazgan edi. Unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, yetkazilgan zarar miqdori undirildi, shuningdek, ichkilikbozlikdan majburiy davolanish belgilandi.
O‘zbekistonning 47 ta tumanida 70−80 foiz korxonalarda ishchilar soni 1 nafarni tashkil etmoqda. Prezident buning uchun hokimlarni tanqid qilib, nima uchun korxonalar ijtimoiy soliq stavkasi tushirilganiga qaramasdan, «adolatli soliq to‘lashga» o‘ta olmayotganini so‘radi.
Mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish, yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib jarimaga tortilgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, mavjud bo‘lmagan tartib bo‘yicha javobgarlikka tortish qonunga ziddir.
7−8 yanvar kunlari Humo Arena majmuasida «Bremen musiqachilari» muz shousi bo‘lib o‘tadi. 31 dekabrga qadar chiptalarga Yangi yil chegirmalari amal qiladi.
O‘zbekiston Turkmanistondan tabiiy gaz importini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uch oy ichida 1,5 mlrd kub metrga yaqin gaz import qilinishi rejalashtirilgan, bu esa qish mavsumida taqchillikni qoplashga yordam beradi.
Noyabr oyida Respublika onkologiya markazi va uning Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati filiallari elektron-onlayn auksionga qo‘yilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, markazning ikki filiali sotuvdan olingan, markazning o‘zi yangi kompleksiga ko‘chib o‘tadi.
O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjeti 15 dekabrga qadar qabul qilinishi kerak edi, biroq loyiha hanuz jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmadi va parlamentga kiritilmadi. Hukumat ketma-ket to‘rtinchi yil muddatlarni buzmoqda.
Surxondaryoning Muzrabot, Qiziriq, Sherobod va Uzun tumani EKT rahbarlari va boshqa mansabdorlar umumiy hisobda davlatga 7 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda holatlar bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Bir yarim oy davomida Chilonzor tumanidagi oziq-ovqat do‘konidan 42,3 million so‘mlik bir necha qadoq sariyog‘ o‘g‘rilangani ma’lum bo‘ldi. Savdo shoxobchaning doimiy mijozi o‘g‘irlikda gumon qilinmoqda.
Cobalt va Lacetti`dan keyin UzAuto Motors kompaniyasi Damas va Labo avtomobillari bo‘yicha shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Ayni paytda xaridorlar uchun budjetli avtomobillardan faqat yetkazib berish muddati 2023 yil 31 dekabr bo‘lgan Onix mavjud.
Prezident ayrim qonunlarga o‘zgartish kiritish bo‘yicha hujjat imzoladi. Endi davlat tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi. Bunda ayollar va erkaklar soni nisbati o‘rganiladi, tenglikni ta’minlash bo‘yicha holat baholanadi. Shuningdek, qonunchilikka amal qilingan holda yangi takliflar ishlab chiqiladi.
2019 yilda ishlab chiqilgan, biroq qabul qilinmagan Mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi qaytadan jamoatchilikka taqdim etiladi, deya ma’lum qildi IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov. U mitinglar Konstitutsiya, MJtK, JK va VMning 205-conli qaroriga tayanib, tartibga solinayotganini aytdi. Aslidachi?
BMT Bosh assambleyasi Shavkat Mirziyoyev taklif etgan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Dunyoning barcha qit’alaridagi 80 ta davlat hujjatning hammualliflari bo‘ldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha elchisi Rashad Husayn bilan uchrashdi. Elchining ta’kidlashicha, mamlakatda dindorlarning o‘z e’tiqodlarini ifoda etishlari uchun yanada kengroq sharoitlar yaratish radikal qarshi kurashga yordam beradi.
Olmazor tumanida Damas va «GAZel» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida «GAZel» ag‘darilib ketdi. Uning salonida yo‘lovchi bo‘lmagan. Damas haydovchisi jarohatlandi.
Chilonzor tumanida ikki qarindosh erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, biri ikkinchisini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Sud ayblanuvchiga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting