Jizzaxda koronavirus infeksiyasidan vafot etgan 72 yoshli otaxonning turmush o‘rtog‘i ham COVID-19 asoratlaridan vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu infeksiya sababli olamdan o‘tganlar soni 25 nafarga yetdi.
28−29 iyun kunlari aholi orasida 46 kishida koronavirus aniqlandi. Jumladan, Toshkentdagi “Abu Saxiy”, “Megaplanet” va “Tashkent city"da infeksiya yuqtirish holatlari qayd etildi.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,9 foizga oshdi. Xususan, poraxo‘rlik va firibgarlik (tovlamachilik) bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga ko‘paygan.
Davlat xizmatlari agentligi direktori bo‘lib ishlab kelayotgan Xalilillo To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan O‘ktam Salomov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Namangan viloyatining Norin tumanida 16 yoshli o‘spirin Damas haydab ketayotib, uch ayol piyodani urib yubordi. Ulardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkisi jarohatlangan.
1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bir qator cheklovlar joriy etilib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, koronavirus bemorlari toifalanadi va yangicha tartibda davolantiriladi, yirik buyum bozorlari shanba va yakshanba kunlari dezinfeksiya uchun yopiladi, «Qizil» va «sariq» hududlarda ayrim soatlarda jamoat joylarida harakat kamaytiriladi va jamoat transporti harakati kamaytiriladi.
30 iyun kunidan boshlab Nukus shahri “qizil” toifali hududga kiritilishi sababli shaharda bir qator cheklovlar qayta joriy qilinib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, shaharda jamoat transporti, buyum bozorlari, kafe-restoranlar, sartaroshxonalar, avtomaktablar faoliyati taqiqlanadi.
Koronavirus bemorlari soni 76 nafarga ortib, jami 8298 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida va 9 nafari Toshkent shahrida aniqlandi. Shundan 8 nafari aholi orasida qayd etildi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 274 taga oshdi va jami 8222 taga yetdi. Toshkent shahri, Buxoro va Jizzax viloyatlarida 30 ta holatda infeksiya aholi orasida qayd etildi.
Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan 72 yoshli bemor vafot etdi. Bu kun davomidagi ikkinchi o‘lim holati bo‘lib, jami olamdan o‘tganlar 24 nafarga yetdi.
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasiga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtda 656 km piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, Ishbilarmonlik markazlari va biznes-inkubatorlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida organ tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi.
Seshanba kuni tog‘ va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Hafta o‘rtasida ko‘tarilgan harorat dam olish kunlariga borib bir oz pastlaydi.
Buxorolik koronavirus infeksiyasiga chalingan 58 yoshli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu infeksiya asoratlaridan vafot etganlar soni 23 nafarga yetdi.
Jahon bankining katta iqtisodchisi Uilyam Zeyts O‘zbekiston iqtisodiyotidagi holat va uning istiqbollarini tahlil qildi. Ekspertning fikriga ko‘ra, hozir mamlakatga tezkor “yutug‘i kafolatlangan” investitsiyalar, moliyaviy ahvoli tang fuqarolarga ijtimoiy yordam dasturlarini kengaytirish va koronavirusning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
O‘zbekistonda yana 168 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 8199 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 151 tasi karantin markazida qayd etildi. Jizzax viloyatida ham COVID-19 holatlari soni oshdi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi.
Toshkent shahri bo‘yicha 333 ta “yashil”, 87 ta “sariq” va 99 ta “qizil” mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.
Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi uyushtirgan boykotdan so‘ng kompaniya aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi. Mark Sukerberg esa 7,2 mlrd dollar yo‘qotdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting