Oliy Majlis Senati “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida” gi qonunni byurokratik tartib-taomillarni kuchaytirishi, qonunlarni chetlab o‘tishga qaratilgan ko‘plab qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkinligi sababli qabul qilmadi.
Ekoturizmni rivojlantirish uchun Buxoro viloyatidagi “Jayron” qo‘riqxonasida turistik infrastruktura tashkil etiladi. Bu yerda tashrif markazi, muzey, kuzatuv binosi va maydonlari yaratiladi, shuningdek, o‘kuvchilar va talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etiladi.
O‘zbekistondagi 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foizi) ehtiyojmand hisoblanadi. Ularni kambag‘alikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.
Qarshi shahrida muqaddam sudlangan o‘g‘il o‘zaro kelishmovchilik tufayli ko‘zi ojiz va yura olmaydigan keksa otasi va o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Har ikkisi ham og‘ir kuyishdan vafot etdi.
Koronavirus bemorlari soni 88 nafarga ortib, jami 5855 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Sirdaryo viloyatida Captiva haydovchisi Cobalt mashinasini o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘ldi va yo‘l chetidagi ikkita avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi. Jami beshta avtomobil ishtirokidagi YTH natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga yo‘llagan maktubida uning koronavirus kasalligiga chalingani to‘g‘risidagi xabarni katta xavotir bilan qabul qilganini ta’kidladi. O‘zbekiston prezidenti Elboshi virusni qisqa fursatlarda yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekistonda kun davomida 85 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5767 taga yetdi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 64 kishi cho‘kib ketdi. Ularning 20 nafardan ziyodi voyaga yetmaganlardir.
Andijonda qiynoqlardan vafot etgan Alijon Abdukarimovning singlisi Daryo.uz nashriga bergan intervyusida akasi yil boshidan buyon bir necha marta IIBga chaqirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akasini fuqaro kiyimidagi odamlar raqamsiz avtomobilda olib ketgan.
Davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga xalqaro standartlarga bo‘yicha moliyaviy ma’lumotlarni e’lon qilish talabi qo‘yiladi. Jumladan, daromad va xarajatlar, qarzdorlik, kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqa statistik ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.
Karantin davrida Toshkentda FHDYO bo‘limlari tomonidan 3270 ta nikoh qonuniy qayd etildi.
Vazirlar Mahkamasining koronavirus aniqlangan ikki xodimida kasallik klinik belgilarsiz kechayotgani ma’lum qilindi. Ayni paytda hukumat doimiy tartibda ishlamoqda
Rossiya hududida 2018 yildan buyon rasman taqiqda bo‘lgan Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi. Roskomnadzor messenjer asoschisining terrorizm va ekstremizga qarshi kurashga tayyorligini ijobiy baholadi.
Prezident farmoni bilan 1️ avgustdan Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi
Toshkent yana 35 nafar koronavirus bemori tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda 33 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5730 taga yetdi. Yangi holatlarning 23 tasi Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelib, karantinga olinganlar orasida qayd etildi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida “Kamaz” yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urildi. YTH va yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash borasidagi qonunni imzoladi.
Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etiladi. Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting