Arxiv

Jizzax elektr tarmoqlari masjidlardan 58,2 mln so‘m ortiqcha mablag‘ undirgani aniqlandi
12 dekabr 2022, 11:18

Jizzax elektr tarmoqlari masjidlardan 58,2 mln so‘m ortiqcha mablag‘ undirgani aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzaxda masjidlardan elektr energiya uchun ortiqcha mablag‘ undirilganini aniqladi. «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» 2019−2021 yillar mobaynida 58 million 289 ming so‘m noto‘g‘ri hisoblagan.

Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi
12 dekabr 2022, 11:15

Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Qarshi tumanida 77 yoshli fuqaro kelini va nabirasi bilan yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘n ikki nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi
12 dekabr 2022, 11:13

O‘n ikki nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi

Sudyalar oliy kengashining 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan 12 nafar sudyaning ish joyi o‘zgartirildi.

Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya AQShga boradi
12 dekabr 2022, 10:44

Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya AQShga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 12−14 dekabr kunlari AQShga tashrif buyuradi. Strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi, Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokara o‘tkaziladi.

Yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘ylab qurilish kompaniyalari 6,6 trln so‘m soliq to‘lagan
12 dekabr 2022, 10:40

Yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘ylab qurilish kompaniyalari 6,6 trln so‘m soliq to‘lagan

1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 17 467 ta korxona tomonidan 6,6 trln so‘m soliq to‘langan. Xususan, umumiy soliq tushumlarining 41,1 foizi yoki 2,7 trln so‘mi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi.

Yakshanba kuni 122 kishida koronavirus aniqlandi
12 dekabr 2022, 10:33

Yakshanba kuni 122 kishida koronavirus aniqlandi

11 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 122 kishini tashkil etib, ularning 83 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.

Surxondaryoda gaz «zapravka»lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi
12 dekabr 2022, 10:22

Surxondaryoda gaz «zapravka»lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi

Surxondaryoda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.

Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi
12 dekabr 2022, 10:04

Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi

Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi. Rossiyaning “Азимут” aviakompaniyasiga tegishli Moskvadan Qarshiga yo‘l olgan reys Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.

Banklar dollarni sotish va sotib olish kurslarini e’lon qildi
12 dekabr 2022, 09:55

Banklar dollarni sotish va sotib olish kurslarini e’lon qildi

Tijorat banklari 12 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 215 — 11 275 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 315 so‘m.

Angren neft bazasidan 11 500 litr benzin sizib chiqdi
12 dekabr 2022, 09:35

Angren neft bazasidan 11 500 litr benzin sizib chiqdi

Toshkent viloyati Angren neft bazasida 5000 metr kub hajmdagi sig‘im sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab, yorilib ketdi. Oqibatda zavoddan 11 500 litr benzin sizib chiqdi. Korxona rahbari hech kimga jiddiy zarar yetkazilmaganini ma’lum qildi.

«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ekstensiv yo‘lidan voz kechishi kerak» — Yaponiyadagi o‘zbek olimi Aziz Omonov bilan suhbat
12 dekabr 2022, 09:00

«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ekstensiv yo‘lidan voz kechishi kerak» — Yaponiyadagi o‘zbek olimi Aziz Omonov bilan suhbat

Yer kimlarningdir nafsi uchun uvol qilinmay, ishlaydigan odamga berilishi kerak; «chinakam innovatsiyalar» suv tanqisligi oqibatlarini yumshatadi, ammo ular joriy etilmasa, mintaqadagi bo‘lajak agrar muammolardan eng ko‘p o‘zbekistonliklar aziyat chekadi, deb hisoblaydi yapon universiteti doktoranti Aziz Omonov.

Moskvada avtobuslardan o‘zbek tilida rus armiyasiga chaqiriqlar olib tashlandi
12 dekabr 2022, 08:37

Moskvada avtobuslardan o‘zbek tilida rus armiyasiga chaqiriqlar olib tashlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Moskva avtobusi salonida o‘zbek tilida Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish chaqirig‘i efirga uzatilgan lavhalar paydo bo‘lgan edi. «Mosgortrans» bunday xabarlar allaqachon efirdan olib tashlanganini ma’lum qildi.

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi
12 dekabr 2022, 08:08

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Shunday qilib, xaridorlar uchun hamyonbop modellardan faqat Onix qoldi.

«Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi
11 dekabr 2022, 23:19

«Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida o‘tkazilgan energiya resurslari bo‘yicha yig‘ilishda bir qancha soha rahbarlari, xususan, «Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

Qashqadaryodagi tug‘ruqxonada tok o‘chishi natijasida go‘daklar sovuqda qolgani aytilmoqda
11 dekabr 2022, 15:34

Qashqadaryodagi tug‘ruqxonada tok o‘chishi natijasida go‘daklar sovuqda qolgani aytilmoqda

Ko‘kdala tumanidagi tug‘ruqxonada elektr yo‘qligi sabab chaqaloqlar va ularning onalari sovuqda qolgani aytilmoqda. «Hech bo‘lmasa, shifoxonaga „svet“ beringlar», — deydi ayollar. Biroq tuman hokimligi isitishda uzilish bo‘lmaganni aytib, generatorni ishga tushirmagan xodimlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

«Qo‘qonda 14 yoshli bolaning hayotini saqlab qolish uchun lavozimimdan ham voz kechardim» — IIV rahbari o‘rinbosari
11 dekabr 2022, 15:04

«Qo‘qonda 14 yoshli bolaning hayotini saqlab qolish uchun lavozimimdan ham voz kechardim» — IIV rahbari o‘rinbosari

Qo‘qonda Voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli bola vafot etgandi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev vaziyatga munosabat bildirib, bola hayotini saqlab qolish uchun lavozimdan ham voz kechishini ta’kidladi. U hodisa tizimning xatosi bo‘lganini tan oldi.

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
11 dekabr 2022, 13:57

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

O‘zbekistonda ko‘plab tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga cho‘chiydi — mehnat vaziri
11 dekabr 2022, 13:49

O‘zbekistonda ko‘plab tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga cho‘chiydi — mehnat vaziri

Mehnat vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisining 850 mingdan ortig‘ini nogironlar tashkil etadi. Ularning 70 mingga yaqini ishlaydi, yana 100 mingdan ortig‘i mehnat qilish istagida. «Xorijda tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga sharaf deb qaraydi, bizda esa ozgina cho‘chiydi», — dedi Nozim Xusanov.

Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi
11 dekabr 2022, 13:23

Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

«Bodikamera himoya vositasi bo‘lolmaydi». SSV deputat taklifiga munosabat bildirdi
11 dekabr 2022, 13:15

«Bodikamera himoya vositasi bo‘lolmaydi». SSV deputat taklifiga munosabat bildirdi

SSV vakili deputatning shifokorlarni bodikamera bilan ta’minlash haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bodikamera YPX xodimlarini himoya qilolmagandek, «tez yordam» xodimlariga ham yordam berolmaydi. «Bodikameraga qanchalik ehtiyoj borligini chuqurroq o‘ylab ko‘rishimiz kerak», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting