Toshkentdagi Versal restorani binosi 35,33 mlrd so‘mga sotildi. Onlayn auksion 14 daqiqa davom etdi.
Asakada Koreyaga o‘qishga yuborish hamda viza olib berish evaziga fuqarolardan 20,3 ming dollar va 8 mln so‘m olgan o‘quv markazi faoliyatiga chek qo‘yildi.
Dunyo bo‘ylab olimlar, shifokorlar, ishlab chiqaruvchilar va homiylar COVID-19 vaksinasini yaratish ustida ish olib borishmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu jarayon ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirmoqda. Yangi koronavirusga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar, ularni kim ishlab chiqarayotgani va kim birinchilardan bo‘lib emlanishi mumkinligi haqida «Gazeta.uz» maqolasida.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. 13 iyun holatiga ko‘ra Toshkent “sariq” hududda qoldi.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 1,29 so‘mga arzonlashdi va 10 151 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining uch hafta davomida birinchi bor tushishi.
Koronavirus bemorlari soni 23 nafarga ortib, jami 5103 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz ichki ishlar organlari xodimlarining Andijondagi qilmishlarini qat’iy qoralaydi va markaz tomonidan mazkur holat qat’iy nazoratga olingan.
Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra,"sariq" va «yashil» hududlar o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi tiklanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati 1 avgustga qadar tiklanmaydi. Oldinroq, ular 1 iyul kuni ochilishi kutilayotgan edi. Shu bilan birga, xususiy MTTlarda mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.
“Qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.
Tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 57 nafarga ortib, jami 5051 kishiga yetdi. Yangi holatlarning 14 nafari aholi orasida, 42 nafari karantindagilar orasida va 1 holat xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.
15 iyundan boshlab O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi (reyslar “yashil”, “sariq” va “qizil” ga bo‘linadi). Chet elga ish, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda chiqish mumkin.
O‘zbekistonda kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4869 taga yetdi. Yangi holatlar karantin muassasalari, Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.
Toshkentning Olmazor tumaniga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi quriladi. “Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi.
Prezident Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi. «Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyodan ortda qolib ketgan», — dedi va vazirlik yil yakuniga qadar aniq amaliy natijalar ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkentdagi Talabalar shaharchasidagi Matematika institutining yangi binosiga tashrifida ushbu fanni eski uslubini tanqid qilib, matematikada raqobat muhitini yaratish maqsadini qo‘ydi. Endilikda Matematika instituti bolalar bog‘chalari, maktablar va OTMlarda matematikani o‘qitishni muvofiqlashtiradi.
O‘zbekistonda pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun bir qator vaqtinchalik talablar qo‘yildi. Jumladan, maydonga tupurish, qo‘l berib ko‘rishish, jamoa bo‘lib golni nishonlash kabilar taqiqlandi.
Future of Gaming onlayn-taqdimotida Sony kompaniyasi yangi Playstation 5 o‘yin konsolini taqdim etdi. Yangi konsol Dualsense o‘yin qurilmasi (geympad), pult, quloqchin, kamera va geympadlar uchun dok-stansiyaga ega. Shu bilan birga, kompaniya yangi o‘yinlar treylerini ham namoyish etdi.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahri «qizil» hududga kiritildi. Barcha blok-postlarda nazorat kuchaytirilgan.
Xususiy korxonalar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullana oladimi? Agar imtihon savollari maxsus nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan tuzilganida, ularning sifati yaxshilanarmidi? Quyida Komil Jalilovning bu boradagi fikrlari bilan tanishamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting