Sud Sulton Tex Group klasterining Qarshi tuman hokimi va boshqa mansabdorlarga qarshi da’vosini qisman qanoatlantirdi. Hokimning harakatlari, shuningdek, kooperatsiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy deb topildi. Hozircha kompaniyaning klaster sifatidagi taqdiri va kooperatsiyaga berilgan 13 ming gektar yerning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
AQSHning Tesla kompaniyasi aksiyalarining narxi ilk bor $1000 dollaridan oshishi oqibatida Tesla Yaponiyaning Toyota kompaniyasini ortda qoldirib avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi, Ilon Maskning boyligi esa $42,9 mlrd gacha ko‘paydi.
Koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 4717 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 10 nafari Karantin markazidagilarda, 4 nafari Toshkent shahrida, 3 nafardan Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘istonda aniqlangan. Shu bilan birga, COVID-19 dan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi.
Yevropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish va kambag‘allik darajasini kamaytirish maqsadida 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolishga qaror qildi. Bank boshqaruvi bu qarorni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohladi.
S&P Global Ratings reyting agentligi O‘zbekiston bo‘yicha kutilmani «barqaror»dan «salbiy»ga o‘zgartirdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi Nozimjon Ortiqov O‘zbekistonga berilgan reyting nimani anglatishi, reytingning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etishi, kutilmaning «barqaror»dan «salbiy»ga o‘zgarishining asosiy sabablariga to‘xtalib o‘tadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi kunlarda qaysi hududlarda koronavirus aholi orasida qayd etilayotganini ma’lum qildi. Jumladan, Toshkentda ikki nafar soliq inspektori, xususiy klinika kichik tibbiyot xodimi. «Mediapark» sotuvchisi, Yunusobod bozorida ziravor sotuvchisi va boshqalarda aniqlangan.
Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi. Tergov uning faoliyatida moliyaviy piramida alomatlari mavjudligini aniqladi. Fuqarolardan olingan pullarning yarmidan ko‘prog‘ini kirim qilib, qolgan 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan.
Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh vazirlari umumiy chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga va to‘siqsiz yuk tashishni ta’minlashga kelishib oldilar.
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo matbuot anjumanida O‘zbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini aytib o‘tdi. 2019 yilda mamlakatda diniy guruhlarga qarshi qaratilgan birorta ham operatsiya o‘tkazilmagani qayd etilgan.
Telegram messenjerida yozishmalar maxfiyligi va profil xavfsizligi sozlamalarini o‘rnatish bo‘yicha “Gazeta.uz” qo‘llanmasi.
Prezident qarori bilan Oleg Pekos axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Jamol Maxsudov vazirning telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanishdi. Yana uch nafar amaldagi vazir o‘rinbosarining vakolat doiralariga aniqlik kiritildi.
Prezident qarori bilan Rustam Karimjonov xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Oldinroq u vazirlik qoshidagi innovatsion markaz direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Koronavirus bemorlari soni 72 nafarga ortib, jami 4695 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 20 nafari Karantin markazidagilarda va 24 holatda esa aholi orasida aniqlandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 28 nafar ishchida COVID-19 qayd etildi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi.
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Jamaldinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 103 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 4600 tadan oshdi. Shuningdek, 73 kishi sog‘aydi, bir bemor vafot etdi. Ayni paytda davolanayotgan 1072 nafar bemordan 8 nafarining ahvoli og‘ir, biri esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Xorijdan charter reys bilan kelib, kasalligi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas va yurak qon — tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 19 nafarga yetdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Toshkentdagi mahallalar kesimida karantin darajasini e’lon qildi. 513 mahalladan 42 tasi “qizil”, 132 tasi “sariq” va 339 tasi “yashil” hududga kiradi. To‘liq ro‘yxat va xarita.
AQSH prezidenti O‘zbekistonga maktub yo‘llab, unda Sardoba suv ombori to‘g‘oni qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi U AQSH koronavirusga qarshi kurashda yordam berishini ham bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting