Respublika maxsus komissiyasi yo‘lovchilar uchun koronavirus testi natijalari «salbiy» ekani haqidagi ma’lumotnoma talabini bekor qildi. Bunda karantin sharoitida aholining iqtisodiy holati hisobga olindi. Qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida ushbu qaror qabul qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki koronavirus tarqalishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy uskunalar va vositalarni sotib olish uchun O‘zbekistonga 1,36 million dollar miqdorida grant ajratdi.
Yaqin ikki yil ichida Xitoy koronavirusdan qattiq zarar ko‘rgan davlatlarga, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga, yordam sifatida 2 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi. Shuningdek, Xitoy “Katta yigirmatalik” (G-20) tomonidan qashshoq davlatlarning qarzlarini to‘lashga moratoriy joriy etish g‘oyasini ilgari surishini aytdi.
Oqqo‘rg‘on tumanida “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining 153,2 mln so‘mlik xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘tgan yilning yozida Toshkentning Yunusobod tumanida mashinasida 3 o‘smirni urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan ayol ustidan sud jarayoni yakunlandi. Haydovchi Larisa Tolmacheva aybdor deb topilib, to‘rt yilga qamaldi.
O‘zbekistonda havo va temir yo‘l aloqalari qisman ochildi. Yo‘lovchilar koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari kerak. Qayerda test topshirish mumkin va narxi qancha? Sanitariya-epidemiologiya agentligi ma’lumotlari.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 13 kishiga yetdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi. Afg‘oniston siyosiy yetakchilarining kelishuvi muzokaralarga va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi, deyiladi vazirlik bayonotida.
Dushanba va seshanba kunlari momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin. Hafta o‘rtasidan esa quyoshli havo kuzatiladi va harorat +32…+35 darajagacha ko‘tariladi.
Moliya vazirligi I chorak yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yanvar-mart oylarida Davlat byudjeti daromadlari 28,5 trln so‘mni, xarajatlari esa 27,7 trln so‘mni tashkil etib, davlat byudjeti profitsiti 0,8 trln so‘mni tashkil etgan. Koronavirus pandemiyasi iqtisodiyotga katta ta’sir ko‘rsatmadi.
Dollarning rasmiy kurli 7,6 so‘mga arzonlashdi va 10129 so‘m etib belgilandi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta ko‘tarilgan edi.
Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.
Afg‘onistonda siyosiy inqirozga prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh kelishuvi bilan barham berildi. Unga ko‘ra, Ashraf G‘ani prezident maqomini saqlab qoladi va Abdulloh Abdulloh esa Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi bo‘ladi. Shuningdek, sobiq vitse-prezident general Abdulrashid Do‘stumga marshal unvoni berilishi kelishilgan.
Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 2762 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 494 kishi davolanmoqda. Ayni paytda 49 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 502 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Kuchli shamol Xorazmda tashkilotlar va uylarning tomlarini uchirib yubordi. Daraxtlar va elektr tarmoqlariga ham zarar yetdi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor yurak qon -tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Marhum xalqaro yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.
O‘zbekistonda kun davomida 52 ta yangi COVID-19 holati qayd etilib, jami holatlar soni 2738 taga yetdi.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov 1 may kuni Sardoba suv omborida to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida Qozog‘iston so‘roviga javoban suv omborida tezroq suv yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi deb aytilganini “Gazeta.uz"ga tasdiqladi.
Koronavirus bemorlari soni yana 28 nafarga ortib, jami 2719 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 33 taga yetdi.
Italiya hukumati 3 iyundan boshlab mamlakatning bir viloyatidan ikkinchisiga o‘tishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, 18 may kunidan bitta viloyat ichida sayohat cheklovlari bekor qilinadi. Mahalliy hokimlarga ijtimoiy masofalanish tadbirini amalga oshirib bo‘lmaydigan hududlarni vaqtincha yopib ko‘yish vakolati beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting