Arxiv

Gulnora Karimovaning 10 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytarildi
14 may 2020, 15:31

Gulnora Karimovaning 10 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytarildi

Gulnora Karimovaning jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 10 mln dollarlik aktivlari Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Mulklarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.

Bekobodlik “bloger” bozor nazoratchisidan ming dollar undirmoqchi bo‘ldi
14 may 2020, 14:29

Bekobodlik “bloger” bozor nazoratchisidan ming dollar undirmoqchi bo‘ldi

Bekobodda o‘zini bloger deb tanishtirgan shaxs bozordagi kamchiliklarni yoritmaslik uchun nazoratchidan 1000 dollar talab qildi. U aytilgan pulning 700 dollarini olayotganda ushlandi.

Vatanga qaytishni xohlagan yuzlab o‘zbekistonliklar Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yig‘ildi
14 may 2020, 14:16

Vatanga qaytishni xohlagan yuzlab o‘zbekistonliklar Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yig‘ildi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida uyga qaytishni xohlagan yuzlab O‘zbekiston fuqarolari yig‘ildi. Ular vatanga qaytish uchun Qozog‘iston orqali yo‘lak tashkil etilishini talab qilmoqda. Vaziyat Respublika komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 2100 kishidan oshdi
14 may 2020, 13:30

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 2100 kishidan oshdi

Toshkent shahrida 33 nafar koronavirus bemori tuzaldi, Farg‘ona viloyatida so‘nggi koronavirus bemori sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 2110 kishiga yetdi.

Oybek Tursunov Uzcard ta’sischisi bo‘ldi
14 may 2020, 13:18

Oybek Tursunov Uzcard ta’sischisi bo‘ldi

Oybek Tursunov Uzcard ustav fondidagi 75 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oldinroq bu ulush kompaniya direktori Axror Maxmudovga tegishli edi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritildi
14 may 2020, 12:55

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida qator lavozimlar tugatildi va yangi lavozimlar kiritildi.

Farg‘onada internet-nashr xodimi hujumga uchradi
14 may 2020, 12:15 1

Farg‘onada internet-nashr xodimi hujumga uchradi

Farg‘onada Effect.uz sayti operatori hujumga uchragan. Ma’lumotga ko‘ra, operatorning ko‘zlariga gaz sepilib, mashinasining oynalarini sindirilgan, operatorning videokamerasi olib qochilgan. Operatorga hujum qilganlar o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarni voqea joyida unutib qoldirishgani aytilmoqda. Bosh prokuratura tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda Sog‘liqni saqlash vaziri tayinlandi
14 may 2020, 11:01

Qoraqalpog‘istonda Sog‘liqni saqlash vaziri tayinlandi

Atadjan Xamrayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

Bo‘stonliq tumanida sel kuzatildi
14 may 2020, 10:43

Bo‘stonliq tumanida sel kuzatildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatilgan. Natijada tumandagi bir nechta aholi xonadonlarida suv to‘plangan, tan jarohati olganlar yo‘q.

Surxondaryoda sel tufayli 900 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi
14 may 2020, 10:34

Surxondaryoda sel tufayli 900 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi

13 may kuni Surxondaryo viloyati Boysun va Oltinsoy tumanlarida kuchli yomg‘ir sababli sel kuzatilgan. “Oltinsoy” soyining suv hajmi sezilarli darajada oshganligi sababli, ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz hududga vaqtincha ko‘chirilgan. Sel oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Shavkat Mirziyoyev propiska to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
14 may 2020, 10:22

Shavkat Mirziyoyev propiska to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

«Doimiy propiska» tushunchasi o‘rniga «doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasi kiritildi. Er-xotinning nikohdan keyin 1 yil davomida birgalikda yashash sharti va 1 yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar bekor qilindi. Shu va boshqa yangi tartiblar prezident tomonidan imzolangan propiska to‘g‘risidagi yangi qonunda.

Koronavirus bemorlarining soni 2620 kishiga yetdi
14 may 2020, 10:11

Koronavirus bemorlarining soni 2620 kishiga yetdi

Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8 nafarga ortib, 2620 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvol.

UzAuto Trailer «KAMAZ» texnikalariga aksiya e’lon qildi
14 may 2020, 09:00

UzAuto Trailer «KAMAZ» texnikalariga aksiya e’lon qildi

UzAuto Trailer kompaniyasi 30 foizdan 60 foizgacha birlamchi badal bilan muddatli to‘lovga «KAMAZ» texnikalarining butun assortimentini taklif qilmoqda.

Koronavirus aniqlangan hududlar va kunlik COVID-19 holati (13-may)
13 may 2020, 23:58

Koronavirus aniqlangan hududlar va kunlik COVID-19 holati (13-may)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2612 (+16) taga, sog‘ayganlar esa 2076 nafarga yetdi. Koronavirus aniqlangan hududlar, koronavirus statistikasi, kunlik holat.

Samarqand uchta chegaradosh tuman hisobiga kengaytiriladi
13 may 2020, 21:33

Samarqand uchta chegaradosh tuman hisobiga kengaytiriladi

Samarqandning turar joy fondi va infratuzilmalari cheklangani sababli shaharni uchta chegaradosh tuman hisobiga kengaytirish rejalashtirilmoqda. Prezident ishtirokidagi majlisda Samarqand va Qashqadaryo misolida korxonalarni qayta tiklash muhokama qilindi.

Prezident biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi
13 may 2020, 20:53

Prezident biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi

Kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasining tushirilishi, yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilish, bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berish, nafaqa oluvchilar sonini ko‘paytirish, Toshkent shahrida aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasini joriy etish va boshqa choralar. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.

Pensiya va oyliklar naqd pulda beriladi
13 may 2020, 20:37

Pensiya va oyliklar naqd pulda beriladi

Aholi murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalarning, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi.

Koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi
13 may 2020, 20:29

Koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi

Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon -tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Vafot etganlar soni 11 nafarga yetdi.

Samolyot va poyezd qatnovlari qisman tiklanadi
13 may 2020, 20:15

Samolyot va poyezd qatnovlari qisman tiklanadi

O‘zbekistonda Toshkent bilan Nukus, Urganch va Termiz o‘rtasidagi aviaqatnovlar, shuningdek, ayrim viloyatlarda poyezdlar harakatini qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi. Shaharlarda shaxsiy avtomobilda harakatlanish cheklovlarini olib tashlash masalasi o‘rganilmoqda.

Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi dori vositalarini taqdim etdi
13 may 2020, 18:52

Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi dori vositalarini taqdim etdi

Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun dori vositalari, jumladan avvalroq mamlakat hukumati so‘ragan gidroksixloroxin hapdorilarini taqdim etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting